Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


II BOB Aralash bo’lim.Uzunlik o’lchovi va sodda misol va masalalar



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#122429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Nurmetova Nafosat

II BOB Aralash bo’lim.Uzunlik o’lchovi va sodda misol va masalalar 
 
2.1 Uzunlik va uning o‘lchov birliklari 
Bolalar uzunlik jismning davomiyligini narsaning o‘lchamlarini tasvirlaydigan 
xossasi ekanini maktabgacha bo‘lgan davrdayoq tassavur qila oladilar. Bolalar uzunroq–
qisqaroq, keng-tor, baland-past, yo‘g‘on-ingichka, munosabatlarni to‘g‘ri aniqlay 
oladilar. O‘qitishning navbatdagi vazifasi-o‘lchash ishining mohiyatini ochib berish, 
uzunlikning turli o‘lchov birliklarining ahamiyatini ko‘rsatish va o‘lchov asboblaridan 
foydalanishga o‘rganishdan iborat. Tayyorgarlik bosqichining birinchi davridayoq 
o‘qituvchi “miqdor” tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga ega. “Miqdor” so‘zining 
o‘zi ko‘pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so‘zni ular kam ishlatadilar. 
O‘qituvchining vazifasi narsalarning hossasi taqqoslanayotganda bu taqqoslashni 
miqdor jihatdan ifoda qilish mumkinligini miqdor haqida so‘zlash mumkinligini har 
doim ko‘rsatib berishdan iborat.
6
“Uzun qisqa ” mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz. 
Darsning maqsadi. Uzunlik tushunchasini jismning o‘lchamlarini tavsiflaydigan 
hossasi sifatida shakllantirish. 
Ish narsalarning uzunliklarini ko‘z bilan chamalab va ustiga qo‘yish usuli bilan 
taqqoslashdan boshlanadi. 
Amaliy ish. Gorizantal tortilgan ipcha eni bir xil, lekin rangi va uzunliklari 
turlicha bo‘lgan tasmalar ilingan.Bolalar qaysi tasma uzunroqlinini, qisqaroqligini, bir 
xil uzunlikda ekanligini ko‘z bilan chamalab aniqlaydilar. O‘qituvchi esa tasmalarni ip 
bo‘ylab surib ularni ustma-ust tushiradi. Bolalarning e’tiborini quyidagilarga qaratadi: 
tasmalarning bir uchlari ustma-ust tushgan bo‘lsa, endi ularning oxiriga, ya’ni ikkinchi 
uchiga qaraymiz va qaysi xolda “Uzunroq”, “Qisqaroq”, “Bir xil uzunlikda” deb ayta 
olishmiz mumkinligini aniqlaymiz. Mustaxkamlash uchun esa frontal amaliy ish 
o‘tkaziladi. Bolalarga uchtadan qog‘oz tasmalar tarqatiladi. (ikkitasi bir xil uzunlikda, 
6
 
www.natlib.uz
 internet kutubxona 


12 
uchinchi tasma esa uzunligi bo‘yicha ularga teng emas). Bu qog‘oz tasmalarni 
uzunliklari bo‘yicha qanday taqqoslash mumkin? 
Ustiga qo‘yish bilan taqqoslash mumkin. Tasmalarning bir birining ustiga 
shunday qo‘yingki, qaysi tasmalar bir xil uzunlikda, qaysi tasma uzunroq ekani ko‘rinib 
tursin. Keyin tasmalarni bir birining ustiga tushurish mumkin bo‘lmagan xolat 
yaratiladi. Buning uchun uzunligi turlicha bo‘lgan ikkita tasma doskaning turli 
qismlarida turli balandliklarda ilib qo‘yiladi. Uchinchi tasmani o‘qituvchi ushlab turadi. 
Qaysi tasma uzunroq? Bolalar bilan birgalikda o‘qituvchi bunday xulosaga keladi: 
uchinchi tasmani birinchi tasma ustiga qo‘yish kerak, ular ustma-ust tushadi, demak bu 
tasmalar teng. Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasma ustiga qo‘yiladi, u uchinchi 
tasmadan uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami? 
Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi tasmaning 
uzunligiga teng bo‘lsa, ikkinchi tasmaning uzunligi esa uchinchi tasma uzunligidan 
katta bo‘lsa, u xolda birinchi tasmaning uzunligi ikkinchi tasmaning uzunligidan 
kichikdir. 
SHunga o‘xshash sh ish va xulosani uzunligi bo‘yicha bir xil, biroq rangi 
bo‘yicha turlicha uchta cho‘p ustida ham bajaramiz. Keyingi darsda frontal amaliy ish 
o‘tkaziladi. Bolalar ichiga turli uzunlikdagi 5-6 ta qog‘oz tasma solingan konvertlar 
oladilar. 
Topshiriq: eng uzun tasmani, keyin qisqaroq tasmani va eng qisqa tasmani toping. 
Navbatdagi darslikda “Uzunlik” tushunchasi kengaytiriladi. Bo‘yi, eni, qalinligi, 
balandligi so‘zlari kiritiladi. 
O‘qituvchi: Sinfimizdagi doskaga qarang. Bu doskaning (uzunligi) bo‘yi (qo‘li 
bilan chapdan o‘nga tomon ko‘rsatadi). Doskaning o‘lchamini yana qanday ko‘rsatish 
mumkin? (yuqoridan pastga). Demak doskaning o‘lchamlarini ikki yo‘nalishda 
ko‘rsatish mumkin. Ularni chalkashtirmaslik uchun doskaning eni (kengligi) deb 
gapiriladi. O‘z ish o‘rningizga qarang. Qo‘lingiz bilan partaning uzunligini (bo‘yini), 
partaning enini ko‘rsating. Darslikning bo‘yini, enini ko‘rsating. Darslikning yana 
qanday o‘lchamini ko‘rsatish mumkin? O‘qituvchi darslikni ikkita barmog‘i bilan 


13 
ushlab ko‘tarib ko‘rsatadi. (qalinligini). Daftar va darsligigingizni solishtiring. Qaysi 
biri qalin? Qaysi biri yupqa? Xulosa: narsalarning o‘lchamlari haqida gapirilayotganda 
bu o‘lchamlarni turli yo‘nalishlarda ko‘rsatish mumkin. Turli yo‘nalishdagi uzunlik 
turlicha ataladi: bo‘y, eni, balandligi, qalinligi. Bu so‘zlar uchun qarama-qarshi ma’noli 
so‘zlar bormi? “Teskarisiga” o‘yinini o‘ynaymiz. Men rasmlarni ko‘rsataman va 
narsalarni bir so‘z bilan taqqoslayman, siz esa bu taqqoslashni qarama-qarshi ma’noli 
so‘z bilan aytamiz. 
1. Qizil qalam ko‘k qalamdan uzun (narsalar ko‘rsatiladi.). 
2. Qayrag‘och archadan baland. 
3. SHarf kamardan keng (narsalar ko‘rsatiladi). 
4. Kundalik daftar darslikdan yupqa (narsalar ko‘rsatiladi). 
5. Dars irmoqlardan keng. 
6. Yo‘l so‘qmoqdan uzun va hakozo. 
Darslik bo‘yicha ishlash bu tushunchalarni mustahkamlaydi. Atrofingizga qarang 
va hossalarini yangi so‘zlar bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan narsalarni ayting. 
Yakunlab o‘qituvchi bunday deydi: Biz bugun yangi tushuncha-miqdor bilan 
tanishdik. Narsalarning hossasini taqqoslash mumkin. Narsalarning hossasini taqqoslash 
mumkin bo‘lgan holda miqdor haqida gapiriladi. Narsalarning o‘lchamlari haqida 
gapirilganda miqdorni turli so‘zlar bo‘yi, eni, balandligi, qalinligi deb aytiladi. Agar 
narsaning bir yo‘nalishdagi o‘lchami haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘pincha “bo‘yi”, 
uzunligi so‘zini aytadilar.
7
Navbatdagi darslarda og‘zaki sanoq ishiga miqdorlarni taqqoslashga doir 
topshiriqlarni muntazam kiritib borish kerak. Ustiga qo‘yishning amaliy usullaridan 
ham vaqti-vaqti bilan foydalanib turish kerak. 
7
M.E.Jumayev. Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -T.: ILM ZIYO, 
2013.-232 b. 


14 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin