Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti



Yüklə 123,52 Kb.
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü123,52 Kb.
#196306
  1   2   3   4   5   6   7   8
bAYON..


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI TILLAR FAKULTETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

5111200-O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
402-guruh talabasi __________________________ning
Ona tilidan interoktiv to‘garaklarni tashkil qilish metodikasi”
mavzusida yozgan


KURS ISHI

Himoyaga tavsiya etaman Ilmiy rahbar: _________
Kafedr mudiri:____________ f.f.n.,dotsent.Allayorov T.
dotsent Abdujabborova F
_____”___________2024-yil

TOSHKENT-2024
MAVZU: Ona tilidan interoktiv to‘garaklarni tashkil qilish metodikasi.

  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM.

  1. Dars jarayonida to‘garaklarning ahamiyati.

  2. To‘garaklarni tashkil qilish va yurg‘izish.

  3. Ona tilidan Interoktiv to‘garaklarni tashkil qilish.

  1. XULOSA.

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.



KIRISH.
Mavzusining dolzarbligi: Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni benihoya katta. Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo‘lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qila oladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg‘or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va yuqori sinflar uzviyligini ta‘minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi.
Mustaqil respublikamizda yuz berayotgan ilmiy-texnikaviy va madaniy o`zgarishlar Xalq ta`limi tizimida ham o`z aksini topmoqda. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, shu asosda ta`lim sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bu esa barcha mutaxassisliklar qatori boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishni ham taqozo etadi. O`quvchilarning ona tili fani asoslarini chuqur egallashlari uchun olimpiada, ko`rgazma, konkurs, musobaqa va viktorinalar o`tkazishni amalga oshirish qayd etildi. Mazkur konsepsiya mahalliy sharoitlarga moslab aniq rejalar, tadbirlar ishlab chiqish uchun asos bo`ladi. Unda “Tarbiyaning asosiy vazifasi shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobilyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir,- deyiladi. Buning uchun:
- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko`maklashish, o`z-o`zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o`z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg`otish;
-o`quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma`naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo`lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o`stirib boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
-har bir o`smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko`rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo`llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
-turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;
-yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Boshlang`ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta`limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko`zda tutadi. Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar jarayonida o`quvchi qo`shimcha bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`ladi. Nutq madaniyatini egallaydi, unda zukkolik, ijodkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlari shakllanadi. Mustaqil fikrlashga o`rganadi. Sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning ona tili faniga bo`lgan qiziqishini oshirish, ularning bo`sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga yo`naltirilgan holda tashkil etish vositasidir. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarda o`z-o`zini boshqarish o`quvchilarni mustaqil xayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta`lim muassasasida ma`naviy muhitni saqlash ma`muriyatga qo`shimcha ta`lim olish uchun o`quvchilar talabnomasini shakllantirishda ko`maklashadi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning fonetik, leksik, grammatik va orfografiy bilimlarini chiqurlashtiradi, kengaytiradi, ularda til o`rganish va egallashga qiziqish uyg`otadi. Ona tili sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning til hodisalariga sezgirligini oshiradi, lug`atini boyitadi, orfografik savodxonligini shakllantiradi, imloviy sezgirlikni tarbiyalaydi, o`z nutqiga talabchanligini oshiradi.

Yüklə 123,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin