Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49

Gelmintolarvoskopiya.  Bir  qancha  gelmintoz  kasalliklarda  (diktiokaulyoz, 

protostronglidoz)  hayvon  tezagi  bilan  gelmint  tuxumlari  emas,  balki  ularning 

lichinkalari tashqi muhitga chiqariladi. Bularni aniqlash uchun quyidagi maxsus usullar 

qо„llaniladi.  



Berman-Orlov  usuli.  Bu  usul  gelmintlarning  harakatchan  lichinkalarini  tezakdan 

suvga chiqarib chо„kmaga о„tkazishga asoslanadi.  

 


 

 

Berman  tuproqda  yashovchi  nematoda  lichinkalarini  topish  va  aniqlash  uchun 



mazkur  usulni  tavsiya  etgan.  Sо„ng  Orlov  mol  tezagidagi  diktiokaula  lichinkalarini 

topishda bu usulni qо„llagan. Orlov tavsiya etgan usul quyidagicha: yuqori tomonining 

diametri 8-10 sm bо„lgan voronka olinib, uning oxirgi qismiga 15 sm uzunlikdagi rezina 

naycha о„rnatiladi va Mor qisqichi bilan qisiladi. Voronka rezina naycha bilan sim tо„r 

qо„yilgan  holda  shtativga  о„rnatilib,  37-38°  isitilgan  suv  quyiladi.  Tо„rga  gelmint 

lichinkalarini aniqlash uchun tekshiriladigan 10-15 tezak solinadi. Bir necha soatdan 

sо„ng  rezina  naychaning  pastki  qismidagi  suyuqlik  sentrifuga  probirkasiga  quyilib 

aylantiriladi va hosil bо„lgan chо„kma mikroskopda tekshiriladi.  

Keyingi  vaqtda  bu  usul  bir  necha  marta  modifikatsiya  qilinib  soddalashtirildi. 

Voronkaga solinadigan suvni 37–38° isitish zarur emasligi aniqlandi, chunki tezakdagi 

gelmint  lichinkalari  past  temperaturadagi  suvga  ham  chiqadi.  Lekin  suv  issiqroq 

bо„lgani ma‟qul, sababi, issiq suvda lichinkalar juda harakatchan bо„ladi.  

Mor  qisqichining  о„rniga  rezina  naychaning  uchiga  probirkani  kiydirish  taklif 

etilgan.  Bunda  sentrifugada  aylantirilmaydi,  chunki  probirka  ostidagi  chо„kmada 

lichinka bо„ladi. Berman-Orlov usuli bilan qо„y tezagini tekshirganimizda 1-1,5 soatdan 

keyin  gelmint  lichinkalarini  uchratamiz,  lekin  ekspozitsiyani  qancha  uzaytirsak, 

ularning soni shuncha kо„payadi. Shuning uchun ekspozitsiyani ushlab turish vaqti aniq 

belgilanmaydi,  lekin  1-1,5  soatdan  kam  bо„lmasligi  kerak.  Qoramol  tezagini 

tekshirganda ekspozitsiya 6-7 soatdan kam bо„lmasligi lozim.  

81-rasm. Cho„chqa gelmintlarining 

tuxumlari:1-Ascaris sum; 2-Metastrongylus 

elongates; 3-Trichocephalus suis; 4-Oesophagos-

tomum dentatum; 5-Macracanthorhynchus 

hirudinaceus; 6-Strongyloides ransomi. 

 

82-rasm. Qoramol gelmintlarining 

tuxumlari:1-Trixostrongilid tuxumlari;  

2-Neoascaris vitulorum; 3-Paramphis-

tomum cervi; 4-Moniezia benedeni. 

0,05 mm 

0,05 mm 


 

 

Lekin shuni hisobga olish kerakki, 20° dan yuqori temperaturada 18–20 soatdan 

sо„nggina  strongilyat  tuxumlaridan  lichinkalar  chiqadi,  ular  diktiokaulalar  va 

protostrongilid  lichinkalarini  aniqlashni  qiyinlashtiradi.  Shuning  uchun  yangi  olingan 

tezakni  ham  Berman-Orlov  apparatida  bir  sutkadan  ortiq  saqlash  mumkin  emas.  Issiq 

joyda turgan tezakning apparatda turish vaqtini qisqartirish kerak. 

Odatda  Berman-Orlov  usuli  bilan  bir  yо„la  bir  necha  о„nlab  (ayrim  vaqtda  yuzlab) 

namunalar  tekshiriladi.  Bunday  vaqtda  shaxmat  tartibida  ma‟lum  kattalikda  teshilgan 

taxta voronkalar uchun shtativ vazifasini о„taydi.  



83-rasm. Qo„y gelmintlarining tuxumlari: 

1-Nematodirus spathiger; 2-Fasciola hepatica; 3-

Thysaniezia giardi; 4-Dicrocoelium lanceatum; 5-

Moniezia expansa; 6-Haemonchus contortus. 

84-rasm. Ot gelmintlarining 

tuxumlari:1-Parascaris equorum; 2-

Strongilid tuxumi; 3-Oxyuris equi;  

4-Drascheia megastoma. 

85-rasm. It gelmintlarning tuxumlari: 

1-Echincoccus granulosus; 2-Taenia hydatigena; 

3-Opisthorchis felineus; 4-Toxocara canis; 5-

Toxascaris leonine; 6-Uncinaria stenocephala. 



 

86-rasm. Tovuq gelmintlarining 

tuxumlari: 1-Prosthogonimus ovatus; 

2-Heterakis gallinarum; 3-Ascaridia 

galli; 4-Raillietina cesticillus. 

0,05 mm 

0,05 mm 

0,05 mm 

     0,05 mm 


 

Voronkalarni  stakanchalar  bilan  (konussimon  shaklda  bо„lgani  ma‟qul) 

almashtirish  ham  mumkin.  Stakanchaga  suv  quyib,  unga  tekshiriladigan  tezak  dokaga 

о„ralgan  holda  tushiriladi.  Bir  necha  soatdan  sо„ng  doka  suvdan  olinadi,  suyuq  qismi 

tо„kilib,  chо„kmasi  buyum  oynasiga  quyiladi  va  mikroskopda  tekshiriladi. 

Tekshirilgandan  sо„ng  ishlatilgan  voronka  yoki  stakanchalar,  rezina  naychalar,  tо„rlar 

yoki  doka  bо„lakchalari  yaxshilab  yuviladi  va  qaynatiladi.  Chunki  ularda  qolgan 

lichinka qoldiqlari keyingi tekshirishda qiyinchilik tug„dirishi mumkin. 



Vayda  usuli  juda  sodda,  uni  faqat  qattiq  sharsimon  shakllangan  tezaklarni 

tekshirganda  qо„llash  mumkin.  Buning  uchun  5–10  ta  sharsimon  tezak  soat  oynasiga 

yoki  Petri  idishiga  solinadi  va  uning  pastki  tomonidan  issiq  suv  quyiladi.  15–40 

daqiqadan  sо„ng  sharsimon  tezaklar  olib  tashlanib,  qolgan  suyuqlik  mikroskopda 

tekshiriladi.  Bu  usul  ham  gelmint  lichinkalarining  tezakdan  suvga  qalqib  chiqishiga 

asoslangan.  



 

Lekin  bu  kam  samarali  va  hayvon  kuchli  zararlangan  taqdirdagina  yaxshi  natija 

beradi, xolos. Chunki juda oz miqdorda tezak olinadi. Bu usul molxonalarda, dala yoki 

shunga  о„xshash  sharoitda  tekshirish  uchun  qо„llaniladi.  Vayda  usuli  bilan  tekshirish 

vaqtida olingan salbiy natijani oxirgi natija deb bо„lmaydi. 

 

87-rasm. G„oz gelmintlarining 

tuxumlari: 1-Tschertkovilepis setigera; 

2-Wangulcterakis dispar; 3-Capillaria 

anseris; 4-Drepanidotaenia lanceolata;  

5-Amidostomum anseris;  

6-Trichosrrongylus tenus. 

 

88-rasm. O„rdak gelmintlarining tuxumlari: 1-

Polymorphus magnus; 2-Streptocara crassicauda; 3-

Echinuria uncinata; 4-Filicollis anatis; 5-Tetrameres 

fissispina; 6-Thominus anatis; 7-Hystrichis tricolor; 

8-Diorchis stefanskii; 9-Hypoderaeum conoideum; 

10-Porrocaecum crassum; 11-Notocotylus attenuatus. 



0,05 mm 

0,05 mm 

 

Gelmintolarvoskopiya 

usullariga 

yana 


har 

xil 


strongilyatoz 

kasallik 

qо„zg„atuvchilari  va  ularning  lichinkalariga  qarab,  differensial  tashxis  qо„yish  usulini 

ham kiritish mumkin. 

Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida parazitlik qiluvchi gelmintlarning 

kо„p  turi  Strongylata  kenja  turkum  vakillaridir.  Hayvon  tezagi  bilan  shu  gelmint 

tuxumlari  ajraladi,  odatda  ular  bir-biridan  farq  qilmaydilar.  Shuning  uchun  ham 

gelmintoovoskopiya  usuli  bilan  strongilyatozlarga  faqatgina  umumiy  tashxis  qо„yish 

mumkin. Turli xil strongilyatozlarda ba‟zan turli xil antigelmintiklarni qо„llash tavsiya 

etiladi  va  oldini  olish  choralari  ham  birmuncha  farq  qiladi,  shuning  uchun  tashxis 

qо„yishda yanglishmaslik maqsadga muvofiqdir. 

Strongilyatlar  bir-birlaridan  ikki  marta  po„st  tashlab  rivojlanishning  uchinchi 

davriga yetgan lichinkalari bilan farq qiladi. Bu quyidagicha bajariladi: 5 g tezak Petri 

shisha idishga solinib, usti qopqoq bilan yopiladi va 25-30° li termostatga qо„yiladi. Har 

kuni  tezak  solingan  idishlar  aeratsiya  uchun  bir  oz  ochiladi,  agar  tezak  quriyotgan 

bо„lsa,  ular  pipetka  orqali  suv  bilan  namlanadi.  6-8  kundan  keyin  lichinkalar  kasallik 

qо„zg„atish qobiliyatiga ega bо„ladi, ya‟ni rivojlanib, invazion davriga yetadi. Sо„ngra 

ular  Berman-Orlov  usulida  tezakdan  ajratib  olib,  mikroskopda  tekshiriladi. 

Lichinkalarni  18-20°  uy  temperaturasida  invazion  holatga  yetkazish  mumkin.  Bu 

sharoitda lichinkalaming yetishish vaqti 10-12 kun davom etadi.  

Strongilyatlarning  kasallik  qо„zg„atish  qobiliyatiga  ega  bо„lgan  lichinkalari  juda 

harakatchan bо„lganligi sababli mikroskopda ularning tuzilishini mufassal kо„rish qiyin. 

Shuning  uchun  ularni  harakatsiz  holatga  keltirish  kerak.  Buning  uchun  lichinkalar 

bо„lgan  chо„kmaga  1-2  tomchi  formalin  yoki  yodning  kuchsiz  (0,1-0,2)  eritmasi 

tomiziladi  yoxud  chо„kma  probirkada  yo  buyum  oynasida  50–55°  gacha  qizdiriladi. 

Bundan yuqori temperaturada lichinkalarning tuzilishi buziladi.  

Strongilyatlarning kasallik qо„zg„atish qobiliyatiga ega bо„lgan lichinkalari ichak 

hujayralari  deb  ataluvchi  hujayralarning  soni  va  shakliga,  katta-kichikligi  hamda  dum 

qismlarining tuzilishiga kо„ra bir-biridan farq qilinadi (89-rasm). 

O„pkada  parazitlik  qiluvchi  strongilyat  lichinkalarini  topish  uchun  yangi  tezak 

tekshiriladi,  chunki  vaqt  о„tishi  bilan  ichak  strongilyat  tuxumlaridan  lichinka  paydo 

bо„lib, tekshirishni qiyinlashtiradi. Protostrongylidae oilasiga kiruvchi о„pka strongilyat 

lichinkalarining qobig„i bо„lmaydi, faqatgina bir necha kun tezakda turgan lichinkalarda 

qobiq  paydo  bо„lishi  mumkia.  Shuni  aytish  kerakki,  kavsh  qaytaravchi  hayvonlarning 

yangi  tezagini  tekshirgan  vaqtimizda  о„pkada  va  miya  pо„stlog„ida  parazitlik  qiluvchi 

strongilyat lichinkalari va elafostron-gillardan tashqari, ularda Strongyloides papillosus 

ning birinchi bosqichdagi va bir necha soatdan sо„ng paydo bо„ladigan lichinkalari ham 

uchrashi  mumkin.  Strongilyatlarning  kasallik  qо„zg„atuvchi  lichinkalarini  о„stirgan 

tezakni tekshirganimizda kasallik qо„zg„atadigan lichinka va gelmintlardan boshqa shu 

oilaga  mansub  bо„lgan,  ammo  erkin  hayot  kechiruvchi  vakillarini  ham  uchratish 

mumkin.  


 

 

 



Hozirgina tuxumdan chiqqan S. papillosus lichinkasining uzunligi 0,13–0,15 mm 

bо„ladi. Lichinkaning qizilо„ngachi rabditsimon (ikki joyidan kengaygan) bо„lib, ichagi 

yaqqol  kо„rinib  turadi,  dum  qismi  esa  ingichka  bо„ladi.  8–10  soatdan  keyin  ularning 

uzunligi  0,18–0,27  mm  ga  yetadi.  S.  Papillosus  ning  kasallik  qо„zg„atuvchi  lichinkasi 

uzunchoq, yupqa filyariyasimon. 

Tanasining  uzunligi  0,386–0,612  mm,  eni  0,022-0,026  mm.  U  uzun  va  tо„g„ri 

lichinka tanasining 1/3 qismini tashkil etuvchi qizilо„ngachi bilan xarakterlanadi. Erkin 

hayot  kechiruvchi  S.  papillosus  vakillari  ham  uchraydi,  ammo  ular  juda  mayda 

nematodlar  bо„lib,  ayrim  jinsli  erkaklarining  spikulalari  juda  qisqa,  urg„ochilarining 

bachadoni tuxumga tо„lgan bо„ladi (90-rasm).  



Miqdoriy 

gelmintokoprologik 

tekshirish. 

Yuqorida 

aytib 

о„tilgan 



gelmintoovoskopik  va  gelmintolarvoskopik  usul  bilan  u  yoki  bu  og„irlikda  yoki  turli 

hajmdagi tezakda tuxum lichinkalarning sonini sanash qiyin. Ammo bu usulda gelmint 

tuxumini 

sanash 


invaziyaning 

intensivligini 

xarakterlaydi, 

chunki 


tezakda 

gelmintlarning  tuxum  va  lichinkalari  qancha  kо„p  bо„lsa,  hayvon  organizmida 

gelmintlar ham shuncha kо„p bо„ladi. Lekin shuni aytish kerakki, bular orasida qatiyan 

bog„liqlik  hukm  surmaydi,  chunki  turli  xil sabablarga kо„ra  gelmint-larning  tuxum  va 

lichinkalari  tezakda  bir  tekisda  taqsimlanmaydi,  shuning  uchun  miqdoriy  tekshirishni 

bir  necha  marta  takrorlash  va  tuxum  hamda  lichinkalarning  о„rtacha  miqdorini  olish 

maqsadga muvofiqdir 

Tezakdagi  gelmint  tuxumi  va  lichinkalar  sonini  hisobga  olish  uchun  alohida 

usullar tavsiya etiladi. 

Miqdoriy  gelmintoskopik  tekshirishda  Stoll  usuli  yoki  Fyulleborn  va 

Shcherbovichlaming standartizatsiya qilingan usullari qо„llaniladi. 

89-rasm. Strongilyatlarning 

invasion lichinkalari:  

1-Haemonchus 

2-Cooperia 

3-Trichostrongylus 

4-Ostertagia 

5-Chabertia ovina 

6-Oesophagostomum 

columbianum 

7-O. venulosum 

8-Bunostomum 

9-Nematodirus. 


 

 

Stoll  usuli  100  ml  li  kolbachaga  avval  56  ml  suv  quyib,  tashqi  tomondan 

belgilaymiz va yana 4 ml suv qо„shib, yana yangi belgi qо„yamiz.   Keyin  esa  suvi 

tо„kib  tashlanadi,  sо„ng bо„linmalarga bо„lin-gan  kolbachaga  56  ml  0,1  normal  natriy 

ishqori  eritmasini  quyib,  suyuqlik  60  ml  belgiga  yetguncha  tezak  qо„shamiz  (4  sm

tezak), sо„ng-ra 10-15 dona shisha marjonchalar solinib, yaxshilab aralashtiriladi. 



Keyin darhol bо„lakchalarga bо„lingan pipetka bilan 0,075 yoki 0,1 ml aralashma 

olinib,  buyum  oynasiga  tomiziladi  va  mikroskopda  tek-shirish  yо„li  bilan  u  yoki  bu 

gelmint  tuxumlari  sanaladi.  1  sm

3

  tezakdagi  tuxumlarning  sonini  bilish  uchun 



mikroskopda  sanalgan  tuxumlar  200 ga  (agar 0,075  ml  aralashma  olingan bо„lsa,  150 

ga) kо„paytiriladi. 



Fyulleborn  va  Shcherbovichlarning  standartizatsiya  qilingan  usullari. 

О„tkazilgan  gelmintsizlantirish  qanchalik  foyda  berganligini  aniqlashda,  hayvonlarni 

gelmintsizlantirishgacha va undan keyin tekshirilganda Stoll usulidan foydalanish shart 

emas.  Hayvon  tezagi  bilan  chiqarilayotgan  gelmint  tuxumlarining  kamayganligiga 

ishonch  hosil  qilish  uchun  Fyulleborn  va  Shcherbovichlarning  yoki  boshqa  har  xil 

sifatiy  usullarni  standartizatsiyalash  kifoya.  Bunda  hamma  tekshirishlar  uchun  bir  xil 

tezak,  bir  xil  idish,  tindirish  yoki  namu-nalarning  sentrifugada  aylantirish  vaqti  bir  xil 

bо„lishi  va  diametri  bir  xil  bо„lgan  ilmoqlar  ishlatilishi  kerak.  Mikroskopda  kо„rib 

bо„ladigan  joydagi  tuxumlarning  sonini  taqqoslab  yoki  gelmintsizlantirishgacha  va 

undan keyin bir tomchi yuzaki pardadagi tuxumlarning soniga qarab gelmintsizlantirish 

qanchalik foyda berganligi aniqlanadi. 

Miqdoriy gelmintolarvoskopik tekshirish uchun yuqorida aytib о„tilgan Stoll usuli 

qо„llaniladi, lekin lichinkalarning buzilmasligi uchun 0,1 normal natriy ishqorini oddiy 

suv bilan almashtirish kerak yoki Berman-Orlovning standartizatsiya qilingan usulidan 

foydalanish mumkin. 

90-rasm.  O„pka  strongilyatlarining  lichinkalari  va 

Strongyloides 

papillosus: 

1-Dictyocaulus 

filarial 

(rivojlanishining  birinchi  bosqichi);  2-  Dictyocaulus 

filaria  (invasion  lichinkasi);  3-  Dictyocaulus  vivparus 

(rivojlani-shining  birinchi  bosqichi);  4-  Dictyocaulus 

vivparus  (invasion  lichivkasi);  5-Protostrongylus  kochi; 

6-Muelerius 

capillaries; 

7-Bicaulus 

schulzi; 

8-

Cystocaulus  nigrescens;  9-Strongyloides  popillosus 



(rabditsimon 

lichinkalari 

rivojlanishining 

birinchi 

bosqichi);  10-  Strongyloides  papillosus  (filyariysimon 

invasion  lichinkasi);  11-  Strongyloides  papillosus  erkin 

yashovchi avlodning erkagi; 12- Strongyloides papillosus 

erkin yashovchi avlodning urg„ochisi. 



 

 


 

Hamma vaqt tekshirishlarda tezakni bir xil miqdorda olish, suv temperaturasining 

bir  xil  bо„lishi  va  voronka  hamda  stakanchalardagi  tezakni  bir  xil  muddatda  saqlash 

kerak. 


Bir  hayvondan  olingan  turli  miqdordagi  tezakda  gelmint  lichinka-larining  soni 

keng  kо„lamda  о„zgaradi  –  tezak  xuddi  gelmintovokopik  usuldagidek  miqdoriy 

gelmintolarvoskopiya usulida tekshirish ham muhim ahamiyatga ega. Bir qancha guruh 

hayvonlarni  kamida  uch  marta  tekshirgandagina  ozmi-kо„pmi  tо„g„ri  natija  olish 

mumkin. 

Tekshirish  uchun  namuna  olish  va  uni  laboratoriyaga  yuborish.  Tuproqda, 

gо„ngda va molxona pollarida juda kо„p miqdorda, juda mayda erkin hayot kechiruvchi 

nematodlar,  ularning  tuxum  va  lichinkalari  uchraydi.  Ular  tezakka  tushishi  bilan  tezda 

kо„payadi  va  tekshirishni  qiyinlashtiradi.  Shuning  uchun  gelmintokoprologik  tekshi-

rishda  hayvon  tezagi  namunasini  bevosita  tо„g„ri  ichakdan  olish  kerak.  Ayrim  vaqtda 

laboratoriyaga yuboriladigan namunani bir necha usul bilan tekshirishga tо„g„ri keladi, 

shuning uchun har bir tezak namunasi 30–50 g dan kam bо„lmasligi kerak. 

Har  bir  tezak  namunasini  qog„oz  xaltachaga  solish  kerak.  Bunda  pergament 

qog„ozidan  foydalanish  mumkin.  Qog„oz  xaltachaning  tezak  tegmagan  chetiga  (bir 

necha  joyiga)  qalam  bilan  namuna  raqami  yoziladi.  Suyuq  tezak  esa  bankachalarda 

yuboriladi.  Tekshirishga  yuboriladigan  namunaga  xо„jalikning  nomi,  namuna  olingan 

kun va agar kerak bо„lsa, hayvonning laqabi va raqamini yozib yuborish kerak. 

Tezak  namunasi  tezda  laboratoriyaga  jо„natilishi  va  imkon  boricha  tezroq 

tekshirilishi  lozim,  chunki  20°  issiqda  16–18  soatdan  sо„ng  nematod  tuxumlaridan 

lichinkalar  paydo  bо„ladi.  Shuning  uchun  kechik-kan  tekshirishlar  Fyulleborn  usulida 

notо„g„ri natijalar berishi mumkin. Shu davrda diktiokaula lichinkalari birinchi tullashga 

tayyorlanayotgan  va  kam  harakatchan  bо„ladi,  shuning  uchun  Berman  usuli  bilan 

tekshirilganda  notо„g„ri  natija  berishi  mumkin.  Shuningdek,  kechikish  natijasida 

strongilyat  tuxumlaridan  ham  lichinkalar  paydo  bо„lib,  tekshirishni  yanada 

qiyinlashtiradi.  Agar  olingan  namunani  tez  yuborish  yoki  laboratoriyada  tezroq 

tekshirish  imkoni  bо„lmasa,  u  xolodilnikda  10°  dan  yuqori  bо„lmagan  temperaturada 

saqlanadi. Odatda, xо„jalikdagi hamma mollarni tekshirishning hojati yо„q, faqat ayrim 

poda yoki qо„tondagi mollarning qancha foizi kasallanganligini aniqlash kerak. Buning 

uchun har qaysi boqilayotgan guruh hayvonlardan 25–50 tasini tekshirish kifoya. 



Gelmintokoprologik  tekshirish  muddatlari.  U  yoki  bu  gel-mintozlarning 

tarqalishida  mavsum  dinamikasi  kuzatiladi.  Ayrim  gel-mintozlarni  qо„zg„atuvchi 

gelmintlar  yilning  ma‟lum  mavsumida  juda  kо„p  miqdorda  tuxum  qо„yishlari 

aniqlangan.  Gelmintokoprologik  tekshirishni  kо„p  vaqtlarda  u  yoki  bu  gelmintoz 

kasalliklariga qarshi kurash choralaridan oldin о„tkazishga tо„g„ri keladi va u kо„pincha 

ma‟lum  mavsum  bilan  bog„liq  bо„ladi.  Bu  esa  gelmintologik  tekshirish-ning  ma‟lum 

muddatda о„tkazilishidan darak beradi va bu vaqtda u yoki bu gelmintoz kasalliklarini 

aniqlash  uchun  gelmintokoprologik  tekshi-rish  о„tkazish  maqsadga  muvofiqdir. 

Masalan,  yanvar  oxiridan  mollarni  yaylovga  haydashga  qadar  fassiolyozga  qarshi 

tekshiruv  ishlari  о„tkazilishi  kerak,  chunki  yanvar  oxirida  hamma  fassiolalar  jinsiy 

voyaga yetishadi va axlatda tuxumlari juda kо„p bо„ladi. 

Mart oyida bu parazitlarning tuxum qо„yishi kо„payadi. Avgust, sentabr oylarida 

juda  ko„p  qо„zilarning  diktiokaulalar  bilan  zararlanishi  kuzatiladi.  Demak, 


 

gelmintokoprologik  tekshirish  ishlarini  rejalash-tirishda  u  yoki  bu  gelmintoz 

kasalliklarning mavsum dinamikasini va boshqa sharoitlarni nazarda tutish kerak. 

O„simliklarni  nematodalar  bilаn  zаrаrlаngаnligini  tekshirish.  Nematodalarni 

tuproq  va  o„simliklardan  ajratib  olishning  bir  qancha  usullari  mavjud.  Nematodalarni 

tuproqdan  ajratib  olishning  Berman  usulidan  ko„proq  foydalaniladi.  Bu  usul 

quyidagicha:  9–12  sm  diametrli  (10–15  sm)  shisha  voronka  olib,  uning  cho„ziq 

tomoniga rezina nay (10–15 sm uzunlikda) kiygiziladi, rezinani ochiq uchki qismi Mor 

qisqichi  bilan  qisib  qo„yiladi.  Voronka  rezina  nay  bilan  yog„och  shtativga  tik  holda 

o„rnatiladi.  Shundan  so„ng  voronkalarni  suv  bilan  to„ldiriladi.  Voronkadagi  suv  ustiga 

mayda  katakchali  kapron  to„r  qo„yiladi.  Voronkaga,  ya‟ni  kapron  to„r  ustiga 

tekshiriladigan  marerial  solinadi.  Solingan  material  suvga  botib  turishi  lozim. 

Namunalar  bu  yerda  12  soat  turadi,  nematodalar  voronkaning  tagiga  cho„kadi.  4%  li 

formalin  solingan  probirkaga  voronkadan  sekin  nematodalari  bor  suv  solib  olinadi. 

Natijada,  bu  fiksatsiyalanadi.  Bu  fiksatsiyalash  probirkaga  tushgan  nematodalarning 

uzoq  turishiga  yordam  beradi.  Fiksatsiyalangan  nematodalarning  bir  tomchi  toza  suv 

solingan soat oynachasiga olinadi (maxsus ignachalar orqali terib olinadi). Terib olingan 

nematodalar  soat  oynachasida  qoldiriladi,  ustiga  glitserin  spirt  aralashmasidan  (1,2 

tomchi) solinib 1 sutkaga qoldiriladi. Spirt bug„langandan keyin nematodalarni MBS  1 

mikroskopi ostida glitserin  jelatin eritmasining bir tomchisiga teriladi. Glitserin  jelatin 

quyidagicha tayyorlanadi: 7gr  maydalangan  jelatin 42  gr distillangan suvda  qoldiriladi, 

jelatin  ivib  shishgandan  keyin  50  gr  glitserin  solinadi.  Aralashmani  suv  hammomida 

butunlay  eriguncha  isitiladi.  Tayyor  bo„lgan  eritmaga  1gr  karbol  kislota  solib, 

termostatda filtrlab olinadi. Nematodlar buyum oynasiga tomizilgan bir tomchi glitserin  

jelatin  ustiga  maxsus  ignalar  orqali  teriladi,  ustiga  qoplagich  oynacha  yopilib,  doimiy 

preparatlar  tayyorlanadi.  Bu  oynachalarga  etiketkalar  yoziladi.  Nematodlar  turlarini 

aniqlash MBI 3 mikroskopi yordamida olib boriladi, nematodlarni mikromert yordamida 

o„lchash mumkin.  

Sаbzаvоt  vа  pоliz  ekinlаrini  bo„rtmа  nеmаtоdаlаr  bilаn  zаrаrlаngаnligini 

o„rganish uchun sаbzаvоt vа pоliz ekinlаrining bo„rtmа nеmаtоdаlаr bilаn zаrаrlаngаn 

ildizini 1–2 sm uzunlikdа qirqib Pеtri idishigа qo„yib, ustigа suv sоlinadi. Bu kеsmаlаrni 

binоkulyar оstidа kuzаtib, undаgi bo„rtmаlаrning tuzilishishini vа ildiz po„stlоg„i ustidа 

jоylаshgаn  tuхum  хаltаchаlаrini  ko„rish  mumkin.  Prеpаrоvаl  ninаlаr  yordаmidа  chаp 

qo„ldаgi ninа bilаn ildiz bo„lаgini bоsib ushlаb, o„ng qo„ldаgi ninа bilаn esа аstа-sеkin 

ildiz  ustidаgi  tuхum  хаltаchаlаrini  undаn  аjrаtganda,  хаltаchа  оstidа  urg„оchi  bo„rtmа 

nеmаtоdа  tаnаsining  kеyingi  qismi  оq  dоnаchа  shаklidа  ko„rinib  turаdi.  Urg„оchi 

bo„rtmа  nеmаtоdаning  аtrоfidаgi  ildiz  to„qimаsini  jаrrоhlik  pichоqchasi  bilаn  bo„yigа 

kеsib, prеpаrоvаl ninаlаr bilаn uni ikki bo„lаkkа аjrаtganda, uning hujаyrаlаri оrаsidаgi 

limоn shаklidаgi urg„оchi bo„rtmа nеmаtоdаni yoki II, III vа IV bosqichgi lichinkаlаrini 

ko„rish  mumkin.  Pеtri  idishidаgi  tuхum  хаltаchаlаrini  jаrrоhlik  pichоqchasi  bilаn  yoki 

ninаning  uchi  bilаn  mаydаlаb,  undаgi  tuхumlаr  vа  ikkinchi  yoshdаgi  lichinkаlаrning 

tuzilishini  o„rganish  mumkin.  Bа‟zаn  tuхum  хаltаchаlаrining  yoki  bo„rtmаlаrning 

аtrоfidа bo„rtmа nеmаtоdаning erkаgini hаm uchrаtish mumkin.  



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin