Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


-rasm. G„oz va o„rdaklar drepanidoteniyasi



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49

 

49-rasm. G„oz va o„rdaklar drepanidoteniyasi (Drepanidotaenia lanceolata): 1-asosiy xo„jayin–

kasallangan g„oz; 2-oraliq xo„jayini–siklop parazit tuxumini yutmoqda; 3-g„oz zararlangan siklopni 

yutmoqda; 4-yetuk shakldagi parazit. 

 

Sikloplar  tanasida  invazion  sistiserkoid  11–30  sutkada  yetiladi.  Shuning  uchun 



g„oz  va  o„rdaklar  hovuzga  haydalgandan  keyin  12  kun  o„tgach  jo„jalari  kasallana 

boshlaydi. 

Odatda  sikloplar  hamma  yerda  tarqalgan.  Ular  asosan  sekin  oqadigan  kichik 

suvliklarda yoki ko„lmak suvlarda yashaydi. Bu suvlarda faqatgina jo„jalari emas, balki 

katta yoshdagi g„oz va o„rdaklar ham kasallanadi.  

Drepanidoteniyalar parrandalar ingichka ichaklarining shiliq par-dasiga yopishib, 

so„rgich  va  ilmoqchalari  bilan  ichakni  jarohatlaydi.  Parazit  juda  ham  ko„p  bo„lsa, 

ichakda  oziqning  so„rilishi  sekinlashadi  va  natijada  ichak  bo„shlig„i  berkilib,  ichaklar 

buralib yorilib ketishi mumkin. 

Kasallangan  g„oz  va  o„rdaklar  ozadi,  yaxshi  o„smaydi,  ichi  ketadi,  ba‟zan  nerv 

sistemasi buziladi, muvozanatni yuqotadi, tirishadi va oqibatta halok bo„ladi. 

Shuningdek, 

tasmasimon 

chuvalchanglardan-Drepanidotaenia 



przewalskii, 

Hymenolepis  gracilis,  Hymenolepis  paracompressa  turlari  g„oz  va  o„rdaklarda; 

Raillietina  echinobothrida,  Raillietina  tetragena,  Davainea  proglottina,  Davainea 

meleagrislar esa tovuq va kurkalarda parazitlik qiladi. Parrandalarda parazitlik qiladigan 

tasmasimon chuvalchanglarning oraliq xo„jayinlari sifatida mayda qisqichbaqasimonlar, 

quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar va hasharotlar aniqlangan.  


 

 

Tovuq sestodalari. Tovuqlarda 46 turdagi sestodalar parazitlik qiladi, shulardan 

MDH  da  12  ta  turi  aniqlangan.  Ular  tovuqlarning  ingichka  ichagida  parazitlik  qiladi. 

Keng  tarqalgan  va  tovuqlarga  katta  ziyon  keltiradigan  sestodozlar  qo„zgotuvchilariga 

asosan Davainea va Railliettina avlodlari turlari kiradi.  

 

Davainea proglottina 2–5 bo„gimli kichik sestoda bo„lib, tanasining uzunligi 0,5–

3,0  mm,  eni  0,15–0,18  mm  keladi.  To„rtburchak  shakldagi  skoleksining  xartumida  60 

tadan  95  tagacha  mayda  ilmoqchalari  bo„ladi,  4  ta  so„rg„ichi  bor.  Jinsiy  teshigi 

bo„gimning oldingi qismida uning o„ng yoki chap tomonida joylashgan. 

 

Erkaklik jinsiy bursasi (xaltasi) juda uzun va bo„ginning uchdan ikki qismigacha 



cho„ziladi.  Odatda,  12–15  donadan  iborat  urugdoni  bo„gimining  orqasida  ikki  qator 

bo„lib  joylashgan.  Tuxumining  diametri  0,35-0,40  mm  bo„lib,  yetilgan  bo„gimda 

alohida-alohida joylashadi. 

 

Davainea  proglottina  va  boshqa  sestodalar  oraliq  xo„jayinlar  orqali  rivojlanadi. 



Davainea  proglottina  sestodasining  oraliq  xo„jayini  sifatida  quruqlikda  yashaydigan 

qorinoyoqli  mollyuskalardan-Limax,  Arion,  Agriolimax  kabi  shilliqlar  va  boshqa 

mollyuskalar  (Zonitoides,  Vallonia,  Polygyra)  aniqlangan.  Ularning  tanasida  invazion 

sistiserkoid 20-22 kunda rivojlanib yetishadi va tovuq organizmiga tushgach sistiserkoid 

taxminan 12-16 sutkada jinsiy voyaga yetadi (50-rasm).  

 

 



50-rasm. Davainea proglottinaning rivojlanish sikli sxemasi.  

 

Davainea  proglottina  har  kuni  bittadan  bo„gim  ajratadi.  U  tezak  bilan  tashqi 

muhitga tushib, o„tlarga yopishgan holda sudralib yuradi. Demak, bir kunda ajratilgan 

bo„gimlarning soniga qarab tovuqning ichagida qancha nusxa sestoda borligini aniqlash 

mumkin. Tovuqlarning och qolishi sestodalarda bo„gim ajralishini sekinlashtirishi yoki 

butunlay  to„xtatib  qo„yishi  mumkin.  Sestoda  onkosferasi  quruqlikka  chidamsiz,  0°-li 

harorat  ham  kuchli  ta‟sir  etadi  va  tez  halok  bo„ladi.  O„rtacha  namlikda  onkosfera  5 

kungacha  yashay  oladi,  shuning  uchun  ham  zax  va  soyali  joylar  tovuqlarga  to„gri 



 

kelmaydi. Oraliq xo„jayin–mollyuskalar bir yildan ko„proq yashaydi va ular bilan birga 

sistitserkoidlar ham qishlab chiqadi.

 

Davainea  proglottina  va  boshqa  sestodalar,  asosan  jo„jalarda  ko„proq  uchraydi, 

tovuqlar  ham  zararlanishi  mumkin.  Tovuqlar  yaxshi  boqilmaydigan  xo„jaliklarda 

sestodozlardan  juda  ko„p  jo„jalar  nobud  bo„ladi.  Aksincha,  to„yimli  oziqlar  bilan 

boqiladigan  va  yaxshi  sharoitli  tovuqxonalarda  asralgan  parrandalar  sestodozlar  bilan 

kam kasallanadi. 

Ayrim  sestodalar  parranda  ichagining  shilliq  pardalarini  skoleks  so„rg„ichlari 

bilan qattiq jarohatlaydi. Ular ko„p miqdorda to„planib, ichagining tiqilib qolishiga va 

hatto  yorilib,  peretonit  kasalining  rivojlanishiga  sabab  bo„ladi.  Sestodalar  bilan 

zararlangan tovuqlarning oshqozoni buziladi, ozib ketadi, ishtahasi pasayadi, ichi ketadi 

yoki  qotadi.  Parranda  iloji  boricha  sekin  harakat  qiladi.  Patlari  hurpayib,  qanotlari 

shalviraydi. Ayrim vaqtlarda eritrotsit bilan gemoglobin miqdori juda kamayib ketadi.  



Baliq 

botriotsefalyozi 

invazion  kasallik  bo„lib,  uni  qo„zg„tuvchisi 



Bothriocephalus gowkongensis hisoblanadi.  

Botriotsefallar  baliqlar  va  ular  chavoqlari  (karp,  oq  amur,  oq  do„ng  peshona) 

ichaklarida  parazitlik  qiladi.  Bu  kasallik  ko„pincha  uzoq  sharqdagi  baliqchilik 

xo„jaliklarida  uchraydi.  MDH  ning  Yevropa  qismidagi  hududlarga  botriotsefalyoz 

Xitoydan  kasallangan  baliq  bilan  birga  XX  asrning  50-yillarida  kelib  qolgan.  Hozirgi 

vaqtda  karp  baliqlarining  botriotsefalyozi  Ukraina,  Moldaviya  va  boshqa  davlatlarda 

ko„proq uchrab, baliqchilik xo„jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazmoqda.  

Botriotsefala  strobilasi  5-35  sm  bo„lib,  ikkita  botriyasi  bor  skoleks,  bo„yin  va 

bo„g„inlardan tashkil topgan. Tuxumi oval shaklda, oq, bir uchida qalpoqchasi bor (51-

rasm).  


Botriotsefallar  asosiy  (baliqlar)  va  oraliq  (sikloplar)  xo„jayinlar  ishtirokida 

rivojlanadi. Ushbu parazitning yetilmagan tuxumlari baliq tezagi bilan suv havzalariga 

tushadi.  Qulay  sharoitda  (yilning  issiq  davrlarida)  3-5  kundan  keyin  suvga  tushgan 

tuxumlarida birinchi bosqich lichinka-koratsidiy hosil bo„ladi, u tezda tuxum pardasidan 

chiqib, bir oz vaqt suvda suzib yuradi. Sikloplar koratsidiylarni yutganda ichaklarida 5-

7  kundan  so„ng  invazion  lichinka-protserkoidga  aylanadi.  Yosh  baliqlar  proserkoid 

bilan  invaziyalangan  sikloplarni  suv  bilan  yutib  botriotsefalyozni  o„zlariga  yuqtiradi. 

Baliq  ichida  sikloplar  hazm  bo„lishi  bilan  ulardan  lichinkalar  ajralib  chiqadi  va  uch 

hafta  ichida  rivojlanib  plerotserkoid  va  so„ngra  jinsiy  yetuk  botriotsefallar  paydo 

bo„ladi.  

Baliqlarning  botriotsefalyoz  bilan  zararlanishi  ularning  yoshiga,  yil  fasliga,  suv 

havzalardagi sikloplarning ko„p-ozligiga va ularning invaziyalangan darajasiga bog„liq. 

Karp  balig„ining  yoshi  kattalashib  borgan  sari  uning  botriotsefalyoz  bilan 

invaziyalanishi kamayadi. Masalan, ikki oylik karp balig„i 93–100 % , bir yoshlilari 37 

%,  ikki  yilliklari  12,5  %  va  uch  yilliklari  faqatgina  3–8  %  zararlanganligi  kuzatilgan. 

Uch yoshdan katta karp baliqlarida botriotsefallar odatda, uchramaydi.  

Parazit  eng  intensiv  darajasida  ikki  oylik  baliqlarni  zararlab  (700  nusxagacha), 

so„ngra asta-sekin kamayib boradi.  

Botriotsefallar  kasallangan  baliq  organizmiga  mexanik  ta‟sir  ko„rsatib,  ichakning 

tiqilib  shiliq  pardasini  yallig„lantirishga,  hatto  organizmning  zaharlanishiga  sabab 



 

bo„ladi.  Parazitning  patogenlik  ta‟siridan  baliqlarning  harakatchanligi,  oziqlanishi 

susayadi, qorni kattalashib, jabralari oqaradi va oriqdaydi.  

 

51-rasm. Karp balig„i botriotsefalyozi qo„zg„atuvchisi- Bothriocephalus gowkongensis: 



A-boshchasi bo„g„inlari bilan, B-yetuk bo„g„inlari.  

 

Kasallangan  baliqni  yorib  ichagidan  topilgan  ko„zg„atuvchini  ko„rib  kasallik 



aniqlanadi.  Ushbu  kasallikning  oldini  olish  uchun  profilaktik  kurashishda 

botriotsefalyoz  bilan  zararlangan  baliqlarni  xo„jaliq  hovuzlariga  boshqa  xo„jaliklardan 

iqlimlashtirmaslik  kerak.  Shuningdek,  tarkibida  1%  fenasal  bo„lgan  siprinotses  bilan 

davolash  uchun  uni  ozuqa  sifatida  berish,  hamda  karp,  oq  amur,  oq  do„ngpeshona 

baliqlarining  kamala,  fenotiazin,  fenasal  bilan  degelmintizatsiya  qilish  adabiyotlarida 

yozilgan. 

Karp  baliqlari  ajratilgan  havzalarda  yosh  baliqlarni  qishlatish  uchun  ajratishdan 

oldin  yoki  bahorda  o„stirib  semirtiruvchi  havzaga  haydashdan  ilgari  davolanadi. 

Botriotsefalyoz birinchi marta paydo bo„lgan xo„jaliklardagi zararlangan yosh baliqlarni 

hammasini  tutib,  qaynatib  so„ng  cho„chqa  yoki  narrandalarga  beriladi.  Botriotsefalyoz 

yuqqan havzalarni quritish, melioratsiya o„tkazish, tagini haydash hamda 1 ga zax yerga 

25 s dan ohak sepish tavsiya qilinadi.  



 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1.  Tasmasimon  chuvalchanglar  sinfi  vakillarining  parazitlikka  moslashgan 

belgilarini aytib bering.  

2. Tasmasimon chuvalchanglarning jinsiy sistemasi qanday tuzilgan?  

3. Tasmasimon chuvalchanglarning qanday tipdagi lichinkalari bor?  

4.  Odam  va  mahsuldor  hayvonlarda  parazitlik  qiladigan  tasmasimon 

chuvalchanglar va ular qo„zg„atadigan kasalliklarni bayon eting.  


 

5.  Odam  va  mahsuldor  hayvonlarga  tasmasimon  chuvalchanglarni  yuqtirmaslik 

uchun qanday choralar qo„llash kerak? 

2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi 

sestodasimonlar  sinfi  vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari, 

qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot berish.  

Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  sestodasimonlar  sinfi  vakillarining  tuzilishi, 

tarqalishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  

Sestodasimonlar  (Cestodaria)  sinfi  vakillarning  tuzilishidagi  ayrim  belgilari 

tasmasimon  chuvalchanglarga  o„xshaydi,  ya‟ni  ularning  ham  hazm  qilish  organlar 

sistemasi  bo„lmaydi.  Lekin  farq  qiladigan  belgilari  ham  ko„p.  Sestodasimonlarning 

lichinkasi likofora deyiladi va unda 6 ta emas, balki 10 ta embrional ilmoqlari bo„ladi. 

Lichinka serkomerasi ko„pincha voyaga yetgan davrida ham saqlanib qoladi.  

Sestodasimonlarning tanasi bo„g„imlarga bo„linmagan. Jinsiy apparati ham bitta, 

markazlashgan  bo„ladi.  Ular  germafrodit  bo„lib,  juda  ko„p  follikulyar  urug„donlari  va 

bitta  ikki  bo„lakli  tuxumdoni  bor.  Sariqdonlari  rivojlangan,  bachadoni  alohida  teshik 

bilan tashqariga ochiladi. Jinsiy qini rivojlangan.  

Sestodasimonlar  sinfining  turlari  unchalik  ko„p  emas.  Ular  baliqlar  va  sudralib 

yuruvchilardan-toshbaqalarning tana bo„shlig„ida parazitlik qiladi. 

Sestodasimonlaraing  tanasi  bargsimon  yoki  kamarga  o„xshash,  uzunligi  2–5  sm 

atrofida  bo„ladi.  Yopishuvchi  o„rganlari  bo„lmaydi.  Rivojlanishi  xo„jayin  almashtirish 

yo„li bilan boradi.  

Oraliq  xo„jayinlari  qisqichbaqasimonlardan-yonlab  suzarlar  (Amphipoda)  va 

ayrioyoqlar  (Mysidacea)  turkumlari  vakillari  hisoblanadi.  Likofora  lichinkasi  ushbu 

qisqichbaqasimonlar  tana  bo„shlig„iga  kirib,  o„zgarishlarga  uchraydi  va  morfologik 

jihatdan jinsiy voyaga yetgan shaklga yaqin bo„lgan lichinkalik davriga aylanadi. Oraliq 

xo„jayin orqali asosiy xo„jayin oshqozoniga tushgan lichinka xo„jayin tana bo„shlig„iga 

o„tadi va o„sib voyaga yetadi.  

MDH  mamlakatlarida  osyotrsimon  baliqlarda  parazitlik  qiladigan  sestoda-

simonlarning  tipik  vakili-amfilina  (Amphilina  foliacea)  keng  tarqalgan.  Amfilina 



foliacealar Amphiilidea turkumiga kiradi (52-rasm). 

Amfilinaning  tanasi  bargsimon,  uzunligi  5  sm.  Voyaga  yetgani  ichakda  emas, 

balki  xo„jayinining  tana  bo„shlig„ida  parazitlik  qiladi  va  osyotrsimon  baliqlarga  katta 

zarar yetkazadi. 

Shuningdek,  ximeralar  (akulasimon  baliqlar)  ichagida  sestodasimonlar  sinfiga 

kiruvchi Girokotilidlar (Gyrocotylidea) turkumi vakillari ham parazitlik qiladi.  

Girokotilidlar  tanasining  keyingi  qismida  yopishuv  diski,  oldingi  qismida  esa 

kichikroq  so„rg„ichi  bo„ladi.  Metamorfoz  orqali  rivojlanadi.  Lichinkasining  keyingi 

qismida serkomerasi bo„ladi.  

Girokotilidlar  monogeneyalar  bilan  tasmasimon  chuvalchanglarning  tuzilishi 

belgilarini o„zida mujassamlashtirgan oraliq formalar hisoblanadi.  

 


 

 

 



52-rasm. Amfilina (Amphilina foliacea): 1 - bachadon teshigi; 2 - urug„donlar; 3 - bachadon; 

4 - sarig„donlar; 5 - tuxumdon; 6 - ootip; 7 - jinsiy qin; 8 - jinsiy qin teshigi; 

9 - erkaklik jinsiy teshigi; 10 - urug„ yo„li.  

 

 



Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1.  Hayvonlarda parazitlik qiluvchi  sestodasimonlar sinfi  vakillarining  o„ziga xos 

tuzilishi va biologik xususiyatlarini bayon qiling.  

 

10-mavzu: To„garak chuvalchanglar(Nemathelminthes) tipi. Nematodalar 



(Nematoda) sinfi va tikanboshlilar(Acanthocephala) tipi.  

 

Fanni o„qitish texnologiyasi:  

“To„garak chuvalchanglar tipi. Nematodalar sinfi va tikanboshlilar tipi” 

mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi 

 

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1.  Dars  maqsadi:  Talabalarga  odam,  hayvon  va  o„sim-

liklarda  parazitlik  qiluvchi  to„garak  chuvalchanglardan 

tipidan-parazit 

nematodalar 

va 

tikanboshlilar 



tipi 

vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari, 

qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari haqida ma‟lumot berish. 



O„qituvchi 

 

1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1.  To„garak  chuvalchanglar  tipining  umumiy  tavsifi  va 

sistematikasi haqida ma‟lumot bera oladi. 



1.2.2.  Odam,  hayvon  va  o„simliklarda  parazitlik  qiluvchi 

nematodalar  sinfi  vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik 

xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini 

olish choralari haqida  gapira oladi.  



1.2.3.  Hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  tikanboshlilar  tipi  

vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari, 

qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari haqida tushunchaga ega.  



1.3.  Dars  shakli:  guruh va  mikroguruhlarda  ishlash, hikoya 

qilish. 



1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va 

jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va 

jadvallar. 





O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqa 



 

Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2.  Тalabalar  fikri  eshitiladi,  boshqa  talabalar  bahsga 

chaqiriladi. 



3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi . 

O„qituvchi-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi:  

4.1.  To„garak  chuvalchanglar  tipining  umumiy  tavsifi  va 

sistematikasi haqida ma‟lumot bering.  

        Odam,  hayvon  va  o„simliklarda  parazitlik  qiluvchi 

nematodalar  sinfi  vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik 

xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari hamda ularni oldini 

olish choralari haqidagi ma‟lumotlarni bayon qiling.  

        Hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  tikanboshlilar  tipi    

vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari, 

qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari haqida fikr bildiring.  



4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqat 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

Аsоsiy sаvоllаr:  

 

1. To„garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va sistematikasi.  

2.  Odam,  hayvon  va  o„simliklarda  parazitlik  qiluvchi  nematodalar  sinfi 

vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari 

hamda ularni oldini olish choralari.  

3.  Hayvonlarda  parazitlik  qiluvchi  tikanboshlilar  tipi  vakillarining  tuzilishi, 

tarqalishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish 

choralari  



Mаvzugа  оid  tаyanch  tushunchаlаr  vа  ibоrаlаr.  Sxizosel,  ortogon,  gipoderma, 

jinsiy  dimorfizm,  bursa,  rulek,  spikula,  turgor,  bulbus,  amfidlar,  fagotsitar,  invazion, 

vulva teshigi, akantosefala, akantor, preakantella.  

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  to„garak  chuvalchanglar  tipining 

umumiy tavsifi va sistematikasi haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  To„garak  chuvalchanglar  tipining  umumiy  tavsifi  va  sistematikasi  haqidagi 

ma‟lumotlarni tushuntira oladi.  

 

Birinchi sаvоlning bаyоni:  

To„garak chuvalchanglar boshqachasiga birlamchi tana bo„shliqli chuvalchanglar 

ham deb aytiladi. Haqiqatdan ham, tana bo„shlig„i (sxizotsel) bo„lib, unda ichki organlar 

joylashgan. Tana bo„shlig„i suyuqlik bilan to„lgan bo„ladi. 

 

To„garak  chuvalchanglar,  ya‟ni  birlamchi  tana  bo„shliqli  chuvalchanglar  yassi 



chuvalchanglarga  nisbatan  ancha  yuqori  darajali  tuzilishga  ega.  Ularning  tanasi 

segmentlarga  bo„linmagan,  ipsimon  uzunchoq,  dukka  o„xshagan,  ko„ndalang  kesigi 

to„garak, doira shaklida. Shuning uchun ham tipning nomi to„garak chuvalchanglar deb 

ataladi.  Qon  aylanish  va  nafas  olish  sistemasi  bo„lmaydi.  Ayirish  sistemasi  bo„Imaydi 

yoki  shaklan  о„zgargan  teri  bezlaridan  iborat  yoki  protonefridiy  tipida  tuzilgan.  Nerv 

sistemasi ortogon tipida tuzilgan, sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan.  

 

To„garak  chuvalchanglarning  yassi  chuvalchanglardan  farqi  yana  shundaki, 



ularning ko„pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan, jinsiy dimorfizm 

yaxshi  ifodalangan.  Ularning  rivojlanishi  bitta,  ikkita  ba‟zan  esa  uchta  xo„jayinda 

boradi. 

 

To„garak chuvalchanglar tipi vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo„lib, 



ko„pchilik turlari  dengiz va  okeanlarda,  chuchuk  suv havzalarida,  tuproq  biotsenozida 

erkin  holda  hayot  kechiradi.  Bir  qancha  turlari  esa  odam,  umurtqasiz  va  umurtqali 

hayvonlar hamda o„simlikiar tanasida parazitlik qiladi. 

 

To„garak chuvalchanglarning 18 mingdan ortiq turi fanga ma‟lum, ulardan 2000 



ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchraydi. 

 

To„garak  chuvalchanglarning  tana  uzunligi  ham  har  xil,  ya‟ni  1  mm  ga 



yetmaydigan  mayday  turlari  bilan  bir  qatorda  2-8  m  gacha  boradigan  turlari  ham 

mavjud.  Masalan,  kashalotlarning  yo„ldoshida  (platsentasida)  parazitlik  qiladigan-



Placentonema gigantissima turining uzunligi 8,4 m gacha boradi.  

To„garak  chuvalchanglar  tipi  o„z  navbatida  qorinkiprildilar,  nematodalar, 

kinorinxlar, qil chuvalchanglar, og„izaylangichlilar va priapulidlar sinflariga bo„linadi.  

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  


 

1.  To„garak  chuvalchanglar  tipi  vakillarining  o„ziga  xos  tuzilishi  xususiyatlarini 

tushuntiring?  

2. To„garak chuvalchanglar tipi qanday sinflarga bo„linadi?  



2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  odam,  hayvon  va  o„simliklarda 

parazitlik  qiluvchi  nematodalar  sinfi  vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik 

xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  hamda  ularni  oldini  olish  choralari  haqida 

ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Odam,  hayvon  va  o„simliklarda  parazitlik  qiluvchi  nematodalar  sinfi 

vakillarining  tuzilishi,  tarqalishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari 

hamda ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  

 

Nematodalar,  ya‟ni  haqiqiy  to„garak  chuvalchanglar  (Nematoda)  sinfi 

vakillari  turli  xil  muhitda  yashashga  moslashgan.  Ularni  Yer  yuzining  deyarli  barcha 

havzalarida  va  suv  tubidagi  balchiqlarda  uchratish  mumkin.  Nematodalar  tuproq 

biotsenozidagi ko„p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi 

har qanday chirish jarayoni nematodalarning ishtirokisiz o„tmaydi. Nematodalarning bir 

qancha  turlari  odam,  hayvon  va  o„simliklarning  turli  organlarida  parazitlik  qiladi. 

Nematodalar  tanasini  qoplab  turadigan  pishiq  kutikula  ularni  har  qanday  zararli 

moddalar  ta'siridan  himoya  qiladi  va  xilma-xil  muhit  sharoitlarda  yashashga  imkon 

beradi.  

 

Nematodalar  sinfi  vakillarining  tanasi  duksimon,  ya'ni  oldingi  va  keyingi  uchi 



ingichkalashgan,  ko„ndalang  kesimi  to„garak  shaklda.  Tanasining  oldingi  uchida  og„iz 

teshigi,  keyingi  uchiga  yaqin  joyda  esa  anal  teshigi  joylashgan.  Tanasining  anal 

teshigidan  keyingi  qismi  dumni  hosil  qiladi.  Tananing  anal  teshigi  joylashgan  tomoni 

qorin  deb  ataladi.  Jinsiy  va  ayirish  sistemasi  teshiklari  ham  ana  shu  qorin  tomondan 

tashqariga ochiladi.  

 

Nematodalarning  tanasi  sirtdan  ko„p  qavatli  kutikula  bilan  qoplangan.  Kutikula 



nematoda  tanasini  mexanik  ta'sirdan  va  zaharli  moddalardan  himoya  qiladi.  Bundan 

tashqari  kutikula  ichki  bo„shliq  turgori  bilan  birga  somatik  muskullar  uchun  tayanch 

vazifasini  ham  bajaradi.  Kutikula  ostida  joylashgan  gipoderma  birlamchi  lichinka 

epiteliysi  hujayralarining  qo„shilib  ketishidan  hosil  bo„lgan  sinsitiydan  iborat. 

 

Nematodalar  tanasining  ikki  yon,  orqa  va  qorin  tomoni  bo„ylab  4  ta  bo„ylama 



chiziq  o„tadi.  Gipodermada  mana  shu  chiziqlarga  mos  holda  to„rtta  valiklar 

(yo„g„onlashuvlar)  hamda  ular  ostida  bo„ylama  muskullar  joylashgan.  Gipoderma 

valiklari muskul qavatini to„it bo„lakka bo„lib turadi. Orqa va qorin muskullar nematoda 

tanasini dorzoventral yo„nalishda bukkanidan nematoda yon tomoni bilan harakatlanadi. 

Muskul  hujayralari  ancha  uzun  (ot  askaridasi  muskullari  uzunligi  0,5  sm)  bo  ladi. 

Kutikula,  gipoderma  va  muskul  qavatlari  birgalikda  teri-muskul  xaltasini  hosil  qiladi 

(53-rasm).  

Xalta  birlamchi  tana  bo„shlig„ini  o„rab  turadi.  Tana  bo„shlig„i  tayanch  vazifasi 

bilan birga moddalar aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo„shlig„i orqali 

moddalar  ichakdan  muskullar  va  boshqa  organlarga  o„tadi;  moddalar  almashuvining 

oxirgi  mahsulotlari  chiqarib  tashlanadi.  Shunday  qilib,  birlamchi  tana  bo„shlig„i 


 

organizmning  ichki  muhiti  vazifasini  ham  bajaradi.  Nematodalarda  kiprikli  hujayralar 

bo„lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo„ladi. 

 

 



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin