145
о‘qituvchisining puxta nazorot qilishga erishish; amaliy topshiriqning mustaqil
bajarilishi va о‘tgan mashg‘ulotning natijalariga yakun yasashdan iborat.
Yuqorida sanab о‘tilgan elementlar amaliy mashg‘ulotning tarkibini tashkil
etadi. Shunday qilib, amaliy mashg‘ulot tarkibi deganda didaktik elementlarning
qat’iy izchilligi va о‘zaro bog‘lanishidagi nisbatni tushinish kerak, ular esa
mashg‘ulot maqsadlari va о‘quv materiallarining mazmuni taqozo qiladi.
Mehnat darslari boshqa о‘quv fanlariga nisbatan qator xususiyatlarga ega. Bu
xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Darsda markaziy о‘rinni о‘quvchilarning amaliy ishlari egallaydi (taxminan
80 %). Shu munosabat bilan ustaxonalardagi mashg‘ulotlarni qо‘shaloq darslar
sifatida о‘tish ma’qullangan. 45 minutlik darsning noqulayligi shuki, unda
о‘quvchilarning bevosita amaliy ishlariga juda kam vaqt qoladi. Uning kо‘p qismi
ish о‘rnini tayyorlash va yig‘ishtirishga, о‘qituvchining yо‘riqnomasiga ketadi. 90
minut davomida о‘quvchilar ma’lum mehnat topshirig‘ini bajarishga ulguradilar,
bu esa ularga ma’naviy kо‘nikish bag‘ishlaydi va о‘qituvchiga ish natijalarini
baholash imkonini beradi.
2.
О‘quvchilarning amaliy ishlari unumli mehnat bazasida tashkil qilinadi.
3.
Ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda о‘quvchilar har xil qirquvchi asboblar
yordamida ishlaydilar, materiallarga stanokda ishlov berishni bajaradilar. Shu
sababli dars uni о‘tkazishning xavfsizligini ta’minlovchi maxsus tayyorgarlikni
talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: