142
vaziyatlarni modellashtirish, tabiiy fanlar-iqtisodiyot, ekologik va gumanitar fanlar
bо‘yicha tadqiqotlar olib borishi imkoniyatlari yuzaga keladi.
Masofadan turib о‘qitishning kelajagi porloqdir. Masofadan о‘qitish
kompyuter texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. О‘qitish jarayonini kompleks
ravishda tashkil etishga katta ahamiyat beriladi. О‘qituvchi-pedagog bu tizimni
mukammal bilishi shart. О‘qitish vositalari turli xil funksiyalarini bajarish bilan
birga qator imkoniyatlarga ham ega. О‘qitish jarayonlari uchta asosiy funksiyani
bajaradi: ma’lumot berish, tarbiyalash hamda rivojlantirish. О‘qitish jarayonini
kо‘rgazmali tashkil etishda kompleksli о‘qitish, pedagogik jarayonning barcha
asosiy funksiyalari о‘qitish vositalari orqali amalga oshiriladi. О‘qitish jarayonini
о‘qitish vositalari bilan taminlashda iqtisodiy yondoshuv zarur. Tanlangan kasb-
hunarning istiqbolli ekanligi va ommaviyligi о‘qitish vositalarining kompleksligi
asosida loyihalashtirilishi kerak. Ikkinchi, shunday vostilarni tanlash va yaratish
kerakki, ular о‘quv - tarbiyaviy masalalarini eng kam sarf harajatlar bilan amalga
oshirishni
taminlasin.
О‘qitish vositalaridan kompleks foydalanishning
samaradorligi ularni qо‘llashda ratsional jihozlanishga nisbatan aniq talab va
tavsiyalar qо‘yilishi lozim. Talab va tavsiyalar esa quyidagilardan iboratdir:
kо‘rgazmali qurol, tarqatma material va darsda qо‘llanilayotgan о‘qitish vositalari
keragidan ortiq darajada qо‘llamaslik; darsda qо‘llaniladigan vositalar (plakat,
sxema, modelь, maket, mulyaj, detal va boshqalar) har doim oldindan kо‘rib chiqib
tanlab olingan va foydalanish tartibda tayyor bо‘lishi kerak; texnik vosita va
boshqa kо‘rgazmali qurollarda oldindan ishlatib kо‘rish lozim; individual qо‘llash
uchun tanlangan didaktik kо‘rgazmali qurollar va boshqa qо‘llanmalar barcha
о‘quvchilar uchun yetarli bо‘lishi kerak; kо‘rgazmali qurollaning yetarli darajada
kо‘rilishi va eshitilishini taminlash; har bir didaktik materialning qо‘llanilish
maqsadi va о‘rnini aniq rejalashtirib olish.
Dostları ilə paylaş: