Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika niversiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 306-guruh talabasi abdusodiqova Muslimaning



Yüklə 18,46 Kb.
səhifə2/2
tarix12.05.2023
ölçüsü18,46 Kb.
#112015
1   2
6-mti Akt-

Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

An’anaviy tarzda o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlaridan farqli o‘laroq virtual laboratoriya mashg‘ulotlari quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:

Virtual laboratoriya mashg‘ulotidan foydalanish munosabatining aniqligi

Namoyishli foydalanish (aniq ishdan oldin)

Katta ekran yoki multimedia proektori orqali ishning aniq ketma-ketlikdagi harakatini frontal ko‘rsatish.
Aniq, sifatli va yarim sifatli modellar. 

Umumlashtiruvchi foydalanish (aniq ishni bajargandan keyin)

Frontal rejimda (namoyish, savollarga aniqlik kiritish, xulosalarni shakllantirish ko‘rib chiqilganlarni mustahkamlash) yoki individual (tajribalarni matematik tomoni, grafiklarni taxlil qilish va modelning raqamli ahamiyatini aniqlikda yoritish va taqdim etish usuli sifatida o‘rganish, modelning miqdoriy o‘lchamlarini hisoblash)

Virtual laboratoriya ishlari (to‘liq yoki aniqlangan bosqichlarda) quyidagi imkoniyatlarni beradi: tabiiy ob’ektni tadqiq etish o‘rnini egallaydi; tajriba natijalariga erishishni aniq kafolatlaydi; tirik organizmlarning zararli xususiyatlaridan saqlanishni ta’minlaydi; tadqiq etilayotgan ob’ektning asosiy tomonlarini yoritishga e’tibor qaratadi; tajriba o‘tkazish vaqtini qisqartiradi.
Ishni bajarish vaqtida quyidagilarni yodda saqlash zarur: virtual model aniq (ozroq soddalashtirilgan) hodisa va jarayonlarni sxematik ko‘rinishda yoritadi, shuning uchun modelda ajratib ko‘rsatilgan savolni oydinlashtirish topshiriqning biror shakli sifatida tadqiq etilishi mumkin. Ishning bunday ko‘rinishi to‘liq kompyuter variantida bajarish yoki tabiiy ob’ektlar, yoxud laboratoriya jihozlari bilan ishlash talab qilinadigan kengroq miqyosdagi ishni biror bosqichini qamrab oladi.
Ilgari ta’kidlab o‘tilgandek, virtual laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanishning asosiy maqsadi o‘quvchining mustaqil o‘quv faoliyatini faollashtirishdan, o‘quvchining hohishi va istagi asosida mashg‘ulot samarasini yanada oshirishdan iborat. Mashg‘ulotlarda o‘quvchining to‘liq mustaqil faoliyat yuritishiga erishish uchun ularni laboratoriya ishlarini bajarishi еtarli bo‘lmaydi. Ular mashg‘ulotlarning maqsadini bilishi, o‘quv faoliyatlarini nazorat qilishlari, bilimni o‘zlari baholashlari zarur. 
Ishlab chiqilgan virtual laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha botanikadan laboratoriya darslarida o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyati mashg‘ulotning maqsadi bilan tanishtirishdan boshlashi lozim. Buning uchun dars mavzusi va mashg‘ulot davomida bajariladigan laboratoriya ishlari tartibi va mazmuni bilan oldindan tanish bo‘lishi, ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini darslik va o‘quv qo‘llanmalar mustahkamlab borishlari, uyga berilgan vazifalarni bajarib borishlari lozim. Sinov natijalari ko‘pchilik o‘quvchilar buni uddalay olishlarini ko‘rsatdi. Masalan, ko‘pchilik o‘quvchilar «Gulning tuzilishi» mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotni davomida chuqur bilimga ega bo‘lish ekanligini to‘g‘ri aniqlashdi.
Ta’lim muassasalari biologiya o‘quv jarayonida virtual laboratoriya mashg‘ulotlaridan samarali foydalanish, pedagogik dasturiy maxsulotlari yaratuvchilar tomonidan Internet ta’lim saytlarida taqdim etilayotgan materiallar ishlab chiqaruvchilar bilan birga ta’lim amaliyotida qo‘llovchi o‘qituvchilarga ham o‘ziga xos mas’uliyat yuklaydi.



  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Savollar:

  1. Virtual labaratoriya deganda nimani tushunasiz?

  2. Virtual labaratoriyaning afzallik tomonlarini ayting?

  3. Necha xil virtual labaratoriyadan foydalanish mumkin?

  1. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Lobaratoriya xonasini tartibga keltirish.

  2. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.

Yüklə 18,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin