Nizomiy nomidagi tdpu o’zbek tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M. Rahmatovning 301-302-guruhlarda



Yüklə 7,51 Mb.
səhifə5/12
tarix01.12.2023
ölçüsü7,51 Mb.
#170800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kelishik kategoriyasi

Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qo‘shimchasi ko‘p variantlidir. Negizning fonetik xususiyatiga qarab, affiksning maxsus variantlari qo‘shila beradi:
-nїң \\-niң. Mazkur qo‘shimcha har qanday negizlarga qo‘shila beradi: qoychїnїң iti (Tafsir). Elchiniң shahdlїq zahrї shi:shәsi... (Xamsa). Bu qo‘shimcha XV asrgacha bo‘lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar bo‘lmagan negizlarga qo‘shilgan. Keyingi davrda esa har qanday negizga qo‘shilgan.
-nuң \\-nүң. Qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi bo‘g’inda lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo‘shiladi: Rasulnuң sөzi (Tafsir). Xarunnuң aqlї (QR). Kөzүңnүң allїda nargis kelib qatїg’ kөzlүg...(Xamsa). Bu qo‘shimchaning yuqoridagi negizlarga qo‘shilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. SHuningdek, bu qonuniyatdan chekinish hollari ham uchraydi: Kөzniң niyati (Atoiy), xalqnuң ranji (Tafsir).
-їң \\-iң \\-үң. Qadimgi turkiy tilda undosh bilan tugagan negizlarga qo‘shiladigan bu qo‘shimchalar eski o‘zbek tilida ham uchraydi.Lekin uning qo‘llanishi ayrim so‘z shakllarigagina xosdir. Bu davr yodnomalaridan mazkur qo‘shimcha faqat «Tafsir»da ancha keng qo‘llangandir: ul eliң evlәri, anlarїң evlәri.
-үң qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha kim olmoshi bilangina qo‘llangan: Sen kimүң og’lї-sen?
Qaratqich kelishigi qo‘shimchasining bunday variantlari singarmonizmli turkiy tillarda va singarmonizmli o‘zbek shevalarida ham uchraydi.
Bu kelishikning belgisiz qo‘llanishi eski o‘zbek adabiy tili uchun ham xarakterli bo‘lgan: Mүlk ikki bāg’ї ikki ālam \\ Sultanlїg’ erүr saңa musallam (Xamsa).
Tushum kelishigi. Eski o‘zbek adabiy tilida tushum kelishigi –nї \\-ni \\ -n \\-ї \\-i variantlariga ega bo‘lgan.
-nї\\-ni. Bu affiks o‘zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida qo‘llanib kelgan: Yolnї berkitәyin, qamug’nї qutqarayїn (QR). Bu sөzni kizlәdilәr (TF). Bu qo‘shimcha «Bobirnoma» asarida qaratqich ma’nosini bildirgan: Bir qїrg’avulnї үskүnәsini tөrt kishi yeb tugata almaydur (BN).
-n. Bu qo‘shimcha varianti eski o‘zbek tilida ancha faol qo‘llangan Lekin u III shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shilgan: Qїlїch birlә bashїn kesti (O‘N). Ismāilnїң evin sordї (QR). Tushum kelishigining bu qo‘shimchasi she’riy asarlarda keng qo‘llangan.
-ї\\-i. Bu qo‘shimcha I va II shaxs egalik qo‘shimchalaridan keyin qo‘shilgan: Adl qulag’ї-la eshit halїmї (Muqimiy). Aqlїmї tamam aldї tүgmәi giribaniң (Furqat).
Tushum kelishigining belgisiz qo‘llanishi ham eski o‘zbek tili uchun xarakterlidir: Qoymag’umdur etәgiң (Bobir). Kөңүl shәkәr bikin ag’zїң kөrүp (Sakkokiy).
Tushum kelishigininү qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan –g’\\-g,-їg’\\-ig\\-ug’\\-үg variantlari eski o‘zbek tilida uchramaydi.

Yüklə 7,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin