Ngn tarmog‘iga ulanish tizimlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə8/9
tarix17.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#79483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4 Mustaqil ish

SaaS PaaS IaaS


Xizmat sifatida dasturiy Ximat sifatida platforma Xizmat sifatida infratuzilma taminot





CRM, Email,
Office, ERP(1C),
HRP






Execution runtime, database, web
server, development
tools




Virtual machines, servers, storage,
load balancers, network



1.4-rasm Servis modellari
SaaS sxemasi bo’yicha xar xil turdagi bulut ilovalari xizmat ko’rsatadi.
Business Apps, Office Web Apps, Management Apps, Communications, Security va boshqalar. SaaS AQSh da keng tarqalgan xisoblanadi. eng ko’p tarqalgan bulutli ilovalarga quydagilar kiradi: CRM (mijozlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimi) , HRM (kadrlar va hodimlar bilan ishlash tizimi), ERP (resurslar va tashkillashtirish tizimi, misol uchun 1C), offis ilovalari, kommunikatsiya manbai va boshqalar. Dunyo miqiyosida Salesforce.com kompaniyasi CRM bulutli ilovalarni tarqatishda yetakchi hisoblanadi. Kommunikatsiya vositalaridan biri elektron ro’yhat (misol uchun , Gmail), avdio va video chatlar (misol uchun,
Microsoft Lync Online), bulut servisi (Mobile Device Manegement – mobil qurilmani boshqarish). Bulutli servisda MDM mobil qurilmasi orqali korparativ tizimlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan.
MDM bulutli tizimi boshqaruvida ishlaydigan xar – hil turdagi mobil qurilmalarga ilovalar yani agentlar o’rnatiladi. Bu ilovalar o’z o’rnida markazlashgan mobil qurilmalarni sozlashda bulut xizmatidagi SaaS korparativ tarmog’iga kirish imkoniyatini beradi. Bulut kommunikatsion vositalari boshqa
SaaS bulutli xizmati orqali integratsiya qilinadi, misol uchun, CRM+MDM, Office Web Apps+Lync Online, Google Docs, Gmail, Hangouts va boshqalar. Saas ning asosiy istemolchilari kichik va o’rta biznes tashkilotlari xisoblanadi. Ko’pgina SaaS – ilovalar xodimlarni xamkorlikda faoliyat yurutishi va qo’llab quvatlashi uchun tadbiq etilib, ularni umum masalalarni birgalikda yechimini topishga undaydi. SaaS – ilova arxetekturasi yagona nusxali ilovalarni serverda ishga tushiriladi, koplab istemolchlarga multijara (Multi - tenant) sifatida xizmat qiladi…”[3] Xar bir bajarilayotgan ish jarayonida istemolchiga o’z virtual nusxa ilovasi taqdim etiladi.
Asosiy SaaS Solution/Vendor:
Salesforcel Sales Cloud/Salesforce (CRM), Oracle Cloud
Applications/Oracle (HR, ERP, CX, EMP, SCP, Business Intelligence), Google Apps/Google – bulutli xizmat offis paketi (Google Docs, Google Drive, Google
Sites, communication: Hangouts, gmail, Google Calendar va boshqalari), IBM SmartCloud Docs/IBM, Microsoft Dynamics CRM, Microsoft OneDrive (Office
Online), Office365/Microsoft (Office Web Apps, Lync Online, Exchange Online,
SharePoint Online), ZohoDocs/Zoho (onlayn offis paketi), Zoho Reports/Zoho (Business Intelligence), Zoho CMR/Zoho CRM/Zoho, Informatica Cloud MDM/Informatica, MaaS360/Fiberlink, Cloud PBX from Vonage Business
Solutions.

1.5- rasm. Bulutli xisoblashda asosiy SaaS provayderlar.
Bulutli xisoblashda SaaS – xizmatini boshqa hildagilari xam mavjud, Cisco WebEx – web – konferensiyalar o’tkazishdagi bulutli servis; CMS – SaaS modeliga an (SaaS – platform UMI.Cloud); E-Commerce B2B/B2C – SaaS modeliga an; Marketing SaaS ga asoslangan; «Antivirus Dr.Web» SaaS modeliga a-n; SugarCRM – CRM tijorat tizimi ochiq kodlar bilan; BPMonline CRM
instrumentlari bilan biznes jarayoni modelashtirish va avtomatlashtirish uchun.
Shuni aytib o’tish joizki, bulutli xisoblash konsepsiyasi istemolchilarga bir qancha qo’shimcha turdagi bulutli xizmatlarni taqdim etadi: Stroge-as-asService,
Database-as-a-Service, Information-as-a-Service,Process-as-a-Service, Process-asa-Service, Integration-as-a-Service, Testing-as-a-Service va boshqalar, bundan tashqari Storage-as-a-Service ning ko’p sonli bulutli saqlash fayllari mavjud:
Amazon Simple Stroge Service (Amazon S3), DropBox, GoogleDrive, MicrosoftOneDrive va boshqalar.
Bulutli texnologiyalarni va bulutli xisoblashlarni talim yurtlarida qanday tadbiq qilish mumkin? Google kompaniyasi talim yurtlariga Google Apps for education bulutli ilovani elektron talim sifatida taqdim etadi. Microsoft kompaniyasi esa oliy o’quv yurti talabalariga Office 365 for education (Windows
Azure in education) bulut xizmatini tavsiya etadi. Bulutli xisoblashni (Cloud Computing) maktablarga, oliy o’quv yurtlariga tadbiq etish, o’quvchi va talabalarni bilim bilan yetarlicha taminlaydi.
Bulutli xisoblash modelari talablari va internet - resurslari aynan shu modelga tegishli ekanligini aniqlash uchun, ularni xarakteristikalarini bulutli xisoblashni asosiy xarakteristikalari bilan tekshirish mumkin: National Institute of Standards and Technology (talab bo’yicha o’z – o’ziga xizmat ko’rsatish, resurslarda yagona pul bo’yicha xamjihatlikda foydalanish, bir vaqtning o’zida elastic va mashtablashgan, faqatgina real xizmatdan foydalanganda to’lash, universal tarmoq kirishi ).
Ikkinchi qatlam – PaaS (dastur platforma)
PaaS xizmati o’zida dastur platformasini va unga servis sifatida taqdim etiladi, bu o’z ichiga :

  • OS – operatsion tizim tarmog’i (Unix-sistemalar, shu bilan birga Ubuntu

Server, BSD/OS Family, Solaris/SunOS yoki Windows Server)

  • Database – malumotlar bazasini boshqarish tizimi MBBT (MySql,

Microsoft SQL, SQL Database, PostgreSQL, Oracle va boshqalar.)

  • Middleware – o’rtacha qatlam dasturiy taminoti yoki aloqador dasturiy taminot, turli xil dasturlar, ilovalar, tizim va komponentalarni birga ishlashini taminlab beradi.

  • Software development tools and testing – instrumental dasturiy taminot veb-ilovalarni ishlab chiqishda vaularni testlashda qo’llaniladi.

  • App server – ilovalar server, ishlab chiqishda, testlashda, veb – ilovalar bilan ishlashda qo’llaniladi.

Asosiy PaaS Solution/Vendor:

  • AWS Elastic Beanstalk/Amazon (Java, NET, PHP, Node.js, Python, Ruby and Apache HTTP Server, Apache Tomcat, Nginx, Passenger, and IIS)

  • IBM Bluemix/IBM (IBM Bluemix bulutli platform keng qamrovdagi tillar ro’yhati va ilovalar qurishda freymorklarni tadbiq etadi, misol uchun, Liberty for

Java, SDK for Node.js, ruby on rails)

  • Microsoft Asure/Microsoft (ASP.NET, Java, PHP, Python, Django,

Node.js and Azure SQL Database)

  • Google App Engine/Google (Python, Java, PHP, Go and our MySQL)

  • Salesforcel Platdorm Cloud application development/Salesforce birlashtiradi Force.com, Heroku va ExactTarget yagona bulutli servisga va instrumentlarni ilovalar ishlab chiqishda qo’llaniladi. Misol uchun mobil ilovalarni ishlab chiqishda Salesforcel Mobile App/ Salesforce keng qo’llaniladi.

  • Heroku/Salesforce (Ruby, Java, Node.js, Scala, Clojure, Python va PHP and postgreSQL)

  • Oracle Cloud Platform Services/Oracle (Oracle Database Cloud Service, Oracle Java Cloud Service, Oracle Database Backup Service)

  • OpenShift/Red Hat (Java, JavaEE, Python, Perl, PHP, Ruby, Node.JS, and MySQL, PostgreSQL, MongoDB)

  • Cloud Foundry/VMware (Java Spring, Ruby on Rails va Sinatra, NodeJS.Net va MySQL Redis, MongoDB)


1.6-rasm. Bulutli xisoblashdagi asosiy PaaS provayderlar.
Bulut xizmatlaridagi birinchi qatlam – IaaS (Infratuzilma)

IaaS – bu kompyuter va tarmoq infratuzilmasini istemolchilarga taqdim etish va virtualizatsiya sifatida xizmat ko’rsatish. Boshqa so’zlar bilan aytganda malumotlar markazi yoki malumotlarga ishlov berish markaz provayderi istemolchilarga servis sifatida virtual infratuzilma yaratadi. Virtualizatsiya vositalari malumotlar markazi fizik infratuzilmasini virtuallashtirish imkoni beradi va shu yo’l bilan birinchi bulutli xizmat qatlami IaaS yuzaga keladi.
Virtualizatsiyani o’zi nima? Resurslarni virtualizatsiyalash texnologiyasi fizik uskunalar (serverlar, malumotlar saqlash bazasi, malumotlarni uzatish tarmog’i ) ustidan ish olib borish uchun mo’ljallangan. Ular istemolchilar o’rtasida bir – necha qismlarga bo’linadi. Misol tarizda: bitta fizik serverdan, yuzlab virtual serverlar ishlashi mumkin…”[3] Virtualizatsiyani taqbiq etishda dasturiy va apparat darajada bo’ladi.
Iaas yaratishda virtualizatsiyadan tashqari avtomatizatsiya xam ishlatilinadi, unda provayder ishtrokisiz resurslarni dinamik taqsimlash imkoniyatini beradi. Avtomatik tizim virtual serverlar soni ko’paytirish yoki kamaytirish, malumotlarni saqlash uchun disk maydoni yoki tarmoq kanallar aloqasini o’zgartirish mumkin.
Virtualizatsiya va avtomatizatsiya bulut xizmati IaaS da xisoblash resurslari samarali foydalanish, ijara narxini pasaytirish imkonini beradi.
IaaS da korparativ istemolchilar uchun arenda mavjud. Istemolchilar o’z xisoblash infratuzilmasini yaratishda, ularga integratsiyalangan resurslar taqdim etiladi. Bunday holatlarda istemolchining o’zi OS va ishlab chiqish vazifalari uchun zarur bo’lgan dasturlarni, ilovalarni o’rnatishi va sozlashi zarur xisoblanadi.
Iaas konsepsiyasi istemolchi faqatgina aniq vazifalarni bajarishu uchun shu xisoblash kuchini sotib olish imkoniyatini beradi. IaaS ni qo’shimcha xizmatlari tarkibiga har bir istemolchining fizik uskunalariga bulut platformasi orqali ulanishni va uni malumotlar markazi tarmog’iga joylashtiradi.
Xizmat sifatida infratuzilma – bu keng qamrovdagi korxonalar uchun korparativ yechim. Infratuzilma malumotlarga ishlov berish markazida, xam va tashqi malumotlar markazida joylashtirilgan bo’lishi mumkin. IaaS xizmati xususiy, ijtimoiy, gibrid bulutlarni yaratish, va ximoya etish uchun tashkillashtirilgan. Provayder gibrid bulut konfiguratsiyasni qurishni taminlashda buyurmachining offisi bilan bulutli tarmoq platformasiga lokal tarmoqni birlashtiradi. Bundan tashqari, IaaS bulutli xisoblash xizmatlariga bulutli xosting xam kiradi. Bulutli xosting – bu xosting resurslarni dinamik ajratadi, resurslarni avtomatik mashtablashtiradi va yuqori barqarorlikni rad etadi. Bulutli xosting vitual xostinga, virtual serverdagi VPS/VDS xostinga va ajratilgan serverdagi fizik xostinga alternativ xisoblanadi.
Bulutli xosting provayderi, sayt egalariga faqatgina zarur sayt resurslari:
virtual serverlar, operativ xotira soni va qattiq disk xajmi, xosting infratuzilmani boshqarishdagi imkoniyatlar (misol uchun, tanlash imkoniyatlari, operatsion tizim, RAM lar soni, HDD xajmi va turi, CPU yader soni, taktlash chastotasi va kirish tezligi). Bulutli xosting ijarasni to’lash resurslarni sarflanganligi va faktlar asosida amalga oshiriladi: protsessor vaqtlari soni, disklar soni, sarf qilingan operativ xotira soni va saytlarni ochish tezligi. Shu bilan birga bulutli xosting ijarachisi (sayt egasi) xosting resurslarini o’zgartirishi va bosim kuchi oshganda resurslarni xam avtomatik tarizda ko’tarilishini sozlash qo’yishi mumkin. Shunga qaramasdan istemolchilar faqatgina o’zlari sarflagan resurslarga to’laydilar. Bulutli xosting barqarorlikni rad etganda udagi joylashtirilgan sayt bir vaqtning o’zida boshqa virtual serverlarda ish faoliyati davom etadi ulardan birini rad etilishi sayda olib borilayotgan ishga xalaqit bermaydi. Hozirgi vaqtga kelib xosterlar bulutli xosting bilan tayyorlangan CMSni ijaraga berishni maqul ko’ryabdilar. Xosting – provayderlar, bulutli xostingni tashkilashtirishda , o’z serverlarini infrasutruktura sifatidagi platformaga CMS o’rnatilgan Jelastiga almashtiradilar. Funksional platform Jelastik bir urinishda undagi joylashgan CMS va optimalashtirilgan saxifani xam o’rnatadi.
Jelastik o’z ichiga PaaS funksionaligini va IaaS infrasutrukturasni tez konfiguratsiya qilinganligini o’zida aks etuvchi maxsulot xisoblanadi. Jelastic – bu Java va PHP – ilovalarini ishga tushuruvchi platform xisoblanib, u nafaqat xosterlar tomonidan bulutli xostinglar tashkil etishda, balki korparatsiyalar muhit
(xususiy yoki gibrid bulutlarda) va veb-ilovalarni ishlab chiqishida ishlatilinadi. Bulutli xostinglarda, bulutli saytlar – bu zamonaviy ilovalar xisoblanadi. bulutli saytlarda malumotlar, server ilovalari, bulutli MB da saqlanadi va hammasi virtual bulutli serverlarda bajariladi, saytning klient qismi istemolchining bravzerida bajariladi. Bulut xisoblash muxitida bulut masalalarni yaratishimiz mumkin: Amazon EC2, IBM x86, Microsoft Azure, EMC, VMware larni open – source bazalarida echimi topiladi. Qaysiki dinamik IT- muxitida malumotlarga ishlov berish markazi namoyon bo’ladi. Bundan tashqari bulutli xisoblashda bulutli malumotlar bazasi qo’llaniladi.
Bulutli malumotlar bazasining asosi SQL va NoSQL malumotlar modeli xisoblanadi. IaaS xizmati AQSH da keng tadbiq etiladi. Ukrayinaning De Nova kompaniyasida bulutli infratuzilmani VMware, EMC, Microsoft Azure bazasida korparativ mijozlar uchun taqbiq etilgan. Ukrayinaning eng katta malumotlar markazlaridan biri VOLIA, IT – infratuzilma VoliaCloud VMware kompaniyasi tomonidan qurilgan (VMware bulutli masalalarga asoslangan xolda ). Xozirga kelib ushbu VoliaCLOUD kompaniyasi 500 dan ortiq virtual malumot – markazlariga ega. Asosiy IaaS Solution/Vendor: Amazon Web Services/Amazon, IBM SmartCloud/IBM, Softlayer IaaS/IBM, Azure Virtual Machines/Mixrosoft,
Google Compute Engine/Google, HP Cloud/HP, EMC/EMC Corporation, Oracle Cloud Infrastructure Services/Oracle. Shuni aytish joizki, IBM ishonchli va ochiq IBM SmartCloud infratuzilmasi IaaS ni boshqarishda yoki o’z o’ziga xizmat ko’rsatishda amalga oshiradi.

1.7-rasm Bulutli xisoblashda asosiy IaaS provayderlar.
Hozirgi kunlarga kelib provayderlar bulutli tayanch tarmoqlarini yaratishda keng qamrovli mobil aloqalar(mobil aloqa operatori) IaaS xizmatlari tadbiq etishyabti. Bunday xizmatlarga, misol tariqasida bulutli telekomunikatsion platforma, Huawei kompaniyasidan va NSN Telco Cloud yechimi bo’lib Nokia
Siemens Networks xizmat qiladi.
Huawei kompaniyasidan FusionSphere platformasi xisoblash resurslari, saqlash resurslari, tarmoq reserslarini virtualizatsiya qilish bilan taminlaydi va yagona mexanizmni boshqarish va rejalashtirish bilan konfiguratsiyalangan xisoblash resurslarini yagona pulga birlashtiradi. Nokia Siemens Networks kompaniyasi tovush uzatilayotganda uni ushlab qolayotgan LTE (VoLTE) asosiy mobil xizmatlarni kompleks testlashni tashkil etdi.
Istemolchilar kompuyuterlardan ishlash kuchi xarakteristikalariga qaramaydi…”[3] Kompyuterlar yuqori kuchda ishlashi uchun, katta xotira va ko’p xajimli disklarga ega bo’lgan bo’lishlari shart emas. Chunki barcha malumotlar va xamma dasturlar bulut serverlarida saqlanadi. Katta xajimga ega bo’lgan shaxsiy statsionar kompyuterlar, noutbuklar, netbuklar, orqali istemolchilar bulutga kirishlari mumkin.

  • Istemolchilar uchun kompuyuterlarni ishlash sifati oshdi. Istemolchilar kompyuter dasturlar, fayllarni masofadan turib ishga tushirishda kam yukli qilishlari uchun kam ilovalardan foydalanishlari kerak. Misol uchun, Panda Cloud Antivirus – antivirus dasturi, vebservis sifatida foydalana olish mumkin. Panda Cloud Antivirus kuchli server malumotlaridagi viruslarni masofadan turib skanerlash imkoni beradi. Bu dasturni istemolchi kompyuterida ishga tushirish ishlash yuki ikki barobar ko’payardi.

  • IT infratuzilmadan foydalanish samaraforligi oshadi va chiqimlar soni kamayadi. Agar kompaniya uchun server o’rtacha yuklanish boholashini oladigan bo’lsak u 13% ni tashkil etadi. Bazi hollarda kompaniya o’zining qo’shimcha resurslari kuchini ishlatishga to’g’ri keladi, lekin bazi hollarda xisoblash resurslari bo’sh turadi va ishlatilinmaydi. Bunda esa albatta pulning sarifi bekor bo’ladi.

Agar kompaniya xisoblash resurslaridan masofadigi bulut serverlaridan foydalansa, bu xolda kompaniya sarflari soni ikki marta kamayadi. Bundan kelib chiqqan xolda nobarqaror iqtisodiy ishlab chiqarish moslashuvchanligi oshib boradi. O’zining malumotlari bosha bir tashkilotlarda saqlashiga ishonchlilik qobilyati yo’qolganda kompaniyaning o’zi shaxsiy bulut yaratib, virtualizatsiya infratuzilmalarini barcha imkoniyatlaridan to’la qonchiligicha foydalansa bo’ladi.

  • Xizmat ko’rsatishdagi va DT ni sotib olishdagi xarajatlarni kamaytirish.

Bulut xisoblash texnlogiyalarini shaxsiy serverlarda qo’llanilishi kompaniya ko’lamida kichik xisoblanib, shuning uchun ularga xizmat ko’rsatish onson bo’ladi. Katta sonli fizik serverlardan voz kechish orqali DT ni sotib olishdagi muomolar kamayadi. Servis va ilovalar bulut ichida bo’lganligi uchun istemolchilar DT sotib olishlari shart bo’lmaydi.
Xisoblash kuchi o’sishi. Shaxsiy kompyuterlar bilan bulutli xisoblash resurslarini solishtirganda, bulutli xisoblash resurslari katta imkoniyatlarga ega. Bulutli xisoblash kechi uning serverlari soni bilan o’lchanadi. Istemolchiga superkompyuterdan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratib beradi, bu albatta oddiy shaxsiy kompyuterda masalalarni yechish imkoniyati bo’lmaganda.

  • Malumotlar saqlashdagi cheklanilmagan xajimlar. Malumotlarni saqlash xajmiga qarab bulutli texnologiyalar qulay va avtomatik tarizda (istemolchi hohish istagiga qarab) joylashtiradi. Oddiy shaxsiy kompyuter istemolchisi malumotlarini saqlashga joy yetmaganda, bunday xolat bulutli xisoblash istemochilarida yuzaga kelib chiqmaydi.

  • Operatsion tizim bilan mos kelishi. Bulutli texnologiyalar istemolchilarda qanday operatsion tizim turganligiga qaramaydi. Microsoft Windows operatsion tizimidan foydalnilayotgan mijoz, Unix mijozlari bilan muomosiz malumotlarni almashishi mumkin. Servislardan foydalanishda esa har bir operatsion tizim brauzerga qarab standartlashtiradi.

  • Xujjat formatlari bilan mos kelishi. Shaxsiy kompyuterdagi fayl Microsoft Word 2007 dasturi asosida bajarilgan bo’lsa, eski versiyalarida yani Microsoft Word 2003 da ochish imkoniyati mavjud emas. Bulutli xisoblashlarda esa to’gri kelmagan xujjatlarni ochish muomosi kelib chiqmaydi.

  • Istemolchilarning bir gurux bo’lib ishlashidagi qulayliklari. Bulutli xisoblash tizimlarida bir vaqtning o’zida bir necha istemolchilar ish olib borishlari mumkin. Xujjatlarni bir kompyuterdan boshqasiga ko’chirib o’tkazish kerak bo’lmaydi. Xujjatlarni taxrirlash tez aks etadi, bundan tashqari istemolchilar xujjatning yangilash imkoniyati mavjud.

  • Bulutli xisoblashlarda fayllardan erkin foydalanish imkoniyati mavjudligi. Agar malumotlar bulutda saqlanilayotgan bo’lsa, bu malumotlardan istalgan vaqtda istemolchilar foydalanishlari mumkin faqatgina Internet tarmog’i mavjud bo’lgandagina. Istemolchilar uchun keng qamrovdagi qurulmalardan internetga kirish orqali foydalanishlari mumkin. Bulut mijozi shaxsiy kompyuter, planshet, netbook, smartfon, notebooklardan foydalanishlari mumkin.

Tabiy resurslardan foydalanishni kamaytirish. Bulutli xisoblash texnologiyalarida xisoblash kuchlarini tejash nafaqat elektroenergiya bo’yicha balki fizik maydon va tabiy resurslarni kamaytirish imkoniyati mavjud. Malumotlarga ishlov berish markazi (ЦОД) malum bo’lgan salqin xududlarda xam saqlash imkoniyati bor. Malumotlardan foydalana oladigan qurilmalar xozirda juda ixcham xisoblanib, ishlab chiqarishda kamroq materiallar ketadi.

  • Malumotlarni yoqolishiga bardoshligi. Bulutda saqlanilayotgan malumotlar, o’zlarining nusxalarini bir necha serverlarga joylashtiradi. Shuning uchun bulutda saqlanilayotgan malumotlarni yoqolishi extimoli juda xam kam albatta buni istemolchining shaxsiy kopyuteri bilan solishtirganda.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin