Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi


 b/g 24-17 Raxmonov N.N.  Propanni ajratib olish jarayoni



Yüklə 246,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix28.12.2023
ölçüsü246,47 Kb.
#200869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
 


21 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
Propanni ajratib olish jarayoni 
Suyuq uglevodorodlar (S
3
N
8
, S
4
N
10
, S
5
+yuqori fraksiya) ning ikki fazali oqimi 
K-3 deetanizatorning kubidan (etan xom ashyosini ajratib olish bloki) 113 °S dan 
yuqori bo’lmagan temperaturada, ta’minlash suyuqligi sifatida K-3 depropanizatorga 
(propanni ajratib olish bloki) beriladi.
K-3 depropanizator 52 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo 
tarkibida butan 0,33 % mol dan kam bo’lgan, apparatning yuqorisidan olinadigan 
propan (S
3
N
8
) va tarkibida propan 0,32 % mol dan kam bo’lgan kub mahsulotini 
(S
4
N
10
, S
5
+yuqori) olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi.
Kolonnaning nazorat likopchasidagi ishchi temperatura 88÷90 °S darajasida 
ushlab turiladi.
Inert, kondensatlanmagan gazlarning yig’ilib qolishi va kub reboylerining bug’ 
tizimi ishining buzilishini oldini olish maqsadida, uning yuqori qismidan, 23 kg/h 
miqdorida yuqoridan olinadigan mahsulotni doimiy tashlash amalga oshiriladi.
Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi, 
120÷122°S temperaturada, kub qismining yig’ish seksiyasiga beriladi. Gaz fazasi
yig’ish seksiyasidan, haydash seksiyasiga oqib tushayotgan suyuq faza bilan massa 
almashish jarayonida ishtirok etib, kolonnaning yuqori qismiga ko’tariladi.
120÷122 °S temperaturadagi suyuq faza (S
4
N
10
, S
5
+yuqori) kolonna kubining 
yig’ish seksiyasidan, ta’minlash mahsuloti sifatida, butanni ajratib olish blokiga 
beriladi.
Butanlarni ajratib olish jarayoni 
Suyuq uglevodorodlar (S
4
N
10
, S
5
+yuqori fraksiya) ning ikki fazali oqimi K-3 
depropanizatorning kubidan (propanni ajratib olish bloki) 120÷122 °S temperaturada, 
ta’minlash suyuqligi sifatida K-4 debutanizatorga (butanni ajratib olish bloki) 
beriladi.
K-4 debutanizator 36 klapanli likopchalardan iborat bo’lib, ularda xom ashyo 
tarkibida (S
5
+yuqori) 1,31 % mol dan kam bo’lgan, apparatning yuqorisidan 
olinadigan butan (S
4
N
10
) va tarkibida butan 0,98 % mol dan kam bo’lgan kub 
mahsulotini (S
5
+yuqori) olish maqsadida fraksiyalarga ajratiladi.


22 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
Gaz fazasi ta’minlovchi suyuqlik beriladigan nuqtadan kolonnaning yuqori 
qismiga harakatlanadi, bunda pastga oqib tushayotgan suyuqlik bilan uzluksiz massa 
almashish jarayoni borishi hisobiga butanlar bilan to’yinadi.
Butan saqlovchi klapanlardan “ho’l” mash’ala tashlamalarini yig’ish 
kollektoriga tashlanadi. 29–36 
0
S temperaturadagi suyuq butan “ho’llash” suyuqligi 
sig’imidan N-4 nasoslarning so’rish qismiga beriladi.
Aralashtirilgan propan-butan fraksiyasi (PBF) oqimi saqlash va iste’molchilarga 
jo’natish uchun tovar parkiga yuboriladi.
S
5
+yuqori uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan kub mahsuloti 
kolonnnaning kub qismidagi haydash seksiyasiga beriladi. Uglevodorodlar 
aralashmasi 105÷107 °S temperaturada haydash seksiyasidan, termosifon vositasida 
R-4 kub reboylerining quvurlar hududiga beriladi. R-4 kub reboyleri vertikal 
g’ilofquvurli issiqlik almashgichdir.
Suyuq faza reboylerda, past bosimdagi to’yingan bug’ bilan issiqlik almashish 
hisobiga isiydi. Bug’ kub reboylerining quvurlararo hududiga 170°S temperaturada 
va 500 kPa bosim ostida beriladi. Suyuq fazaning reboylerda isishi natijasida oson 
uchuvchi uglevodorodlar bug’lanadi, buning natijasida issiqlik almashgichnig butun 
balandligi bo’yicha uglevodorodlar aralashmasining zichligi kamayadi. Issiqlik 
almashgichnig haydash seksiyasidagi va kub reboyleridagi mahsulotlarning 
zichliklari orasidagi farq termosifon jarayonining harakatlantiruvchi kuchi 
hisoblanadi.
Reboylerdan chiqqan uglevodorodlar aralashmasining ikki fazali oqimi, 
110÷113 °S temperaturada, kub qismining yig’ish seksiyasiga beriladi. Gaz fazasi
yig’ish seksiyasidan, haydash seksiyasiga oqib tushayotgan suyuq faza bilan massa 
almashish jarayonida ishtirok etib, kolonnaning yuqori qismiga ko’tariladi.
110÷113 °S temperaturadagi suyuq faza – barqaror kondesat (S
5
+yuqori 
uglevodorodlar) kolonna kubining yig’ish seksiyasidan, 410÷420 kPa bosim ostida, 
sovutish uchun R-5 sovutgichning quvurlararo hududiga beriladi.
R-5 sovutkich gorizontal ikki yo’lli g’ilof quvurli issiqlik almashgichdir. 


23 b/g 24-17 Raxmonov N.N. 
Sovutkichda barqaror uglevodorod kondensati, aylanma suv bilan issiqlik 
almashish hisobiga, sovuydi. Beriladigan aylanma suvning temperaturasi 24÷28 °S, 
uning qaytuvchi oqimining temperaturasi 29÷33 °S ni tashkil etadi. 
29÷36 °S temperaturadagi sovutkichdan chiqqan uglevodorod kondensati, tovar 
mahsulot sifatida. tovar parkiga jo’natiladi. 

Yüklə 246,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin