Neft va gaz mahsulotlarini yig‘ishda atrof – muhitga bo‘lgan ta’sirlar



Yüklə 268,55 Kb.
səhifə1/4
tarix28.03.2022
ölçüsü268,55 Kb.
#54315
  1   2   3   4
48 Neft va gaz mahsulotlarini yig‘ishda atrof – muhitga

Neft va gaz mahsulotlarini yig‘ishda atrof – muhitga bo‘lgan ta’sirlar.

Reja:

1. O’simlik va yer qatlamiga bo‘lgan ta’sirlar

2.Suv xavzalariga bo‘lgan ta’sirlari.

3.Atmosferaga bo‘lgan ta’sirlar.

4.Neft mahsuloti va gazlarni ruxsat etilgan konsentratsiyalari.

1. O’simlik va yer qatlamiga bo‘lgan ta’sirlar.

  • Yuqorida ta’kidlaganimizdek, magistral neft va gaz quvurlarida sodir bo‘ladigan turli avariyalar natijasida ular orqali tashilayotgan neft va uning mahsulotlari yerga, suv xavzasiga to‘kiladi; gazlar esa, atmosfera tarqaladi. Natijada, atrof – muhit komponentlari : gidrosfera, metosfera, atmosfera va biosfera bulg‘anadilar.
  • Har qanday moddalar singari neft va uning mahsulotlari va gazlar ham, ma’lum zararli ko‘rsatgichlarga ega bo‘lib, atrof – muhit komponentining tashkil etuvchilarining (insonlarni, hayvonot va o‘simlik dunyosini va boshqalarning) ekologik sharoitlarini yomonlashtiradi.
  • Magistral quvurlardan to‘kilgan neft va uningning mahsulotlari, yerning biologik unumdorligini pasayishiga olib keladi. Amaliy kuzatishlarga (tekshirishlarga) qaraganda, neft va uning mahsulotlari bilan ifloslangan yerga yoqilgan o‘simlikning, neft bilan ifloslanmagani yerga yoqilgan o‘simliklarga qaraganda, buyining 3–4 marta past bo‘lishligi hosildorligini esa 5–6 marta bo‘lishligi aniqlangan.
  • Neftning qaynash harorati 150 0C dan 275 0C bo‘lgan fraksiyalari yuqori zaharli hisoblanadilar. Qaynash harorati past bo‘lgan fraksiyalar, tez bulg‘anuvchi fraksiyalari, kam zaharli – xavfsiz hisoblanadilar.
  • Chunki bunday fraksiyalar tez bug‘lanishi natijasida, yer qatlamiga kirishga ulgirolmaydilar.
  • Yuqori haroratda qaynovchi og‘ir fraksiyalarining qovushqoqligini yuqori bo‘lishligi, ularning yer – o‘simlik qatlamiga bo‘lgan ta’sirini sekinlik bilan amalga oshishini sodir etadi.
  • Umuman, neft va uning mahsulotlari bilan bo‘lgan yer – o‘simlik qatlamining o‘ziga tozalanish jarayoni, ayniqsa shimoliy rayonlarda 10 yillar vaqtni talab etib, natijada o‘simlik dunyosiga bo‘lgan ta’siri ham uzoq vaqt davom etadi.

To‘kilgan neft va uning mahsulotlarini yer – o‘simlik qatlamiga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish (oldingi holatiga qaytarish): kirib olish va regeneratsiya usullari yordamida amalga oshiriladi.

Yer osti suv balandligi uning yuzasidan chuqur joylashgan bo‘lsa, tuproqni neftdan tozalashda kirib olish usulidan foydalanadi. Aksincha, regeneratsiya (yerni yuvish) usulidan foydalaniladi. Bu usullarni bajarilishi va texnologik chizmalari bilan ma’ruza vaqtida batafsil tanishtiriladi.



Yüklə 268,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin