“Nazm va Navo” kechasi senariysi 2023-y. 13-fevral tta urganch filiali yashil zali soat 14: 00



Yüklə 24,9 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü24,9 Kb.
#110404
SENARIY


O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Nazm va Navo” kechasi
SENARIYSI
2023-y. 13-fevral TTA Urganch filiali yashil zali.
soat 14:00
Sahna bayramona bezatilgan. Sahna markazida monitor o‘rnatilgan. Monitorga Shoir portreti va uning ostida 80 yosh degan yozuv hamda portretga yonma yon shoirning ushbu satrlari yozilgan.
Dilimning rangini gul bilsa bo‘ldi
Mening kimligimni el bilsa bo‘ldi”.
“Avvalgilarga o‘xshamas”. Musiqasi yangrab turadi.

Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi


1-boshlovchi:
Ko‘zim kurtagidan uchgan kapalak
Darhol chamanlarga urarkan o‘zni.
Demak bizlarga ham intizorlar ko‘p
Demak kimdir sevib asraydi bizni.
2-boshlovchi:
Yashash bu orzular qanotin kermoq,
Yashash bu-muhabbat gullarin termoq,
Yashash bu umrning gulgin damlarin
El uchun yashamoq el uchun bermoq!
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, qalbi so‘zga, adabiyotga oshufta she’riyat muhlislari!
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, buyuk Xorazmiylar izini ko‘ziga to‘tiyo qilayotgan ma’naviyat va ma’rifat ahli!
1-boshlovchi:
Yuqoridagi otashin misralar sohibi, Xorazmning asl farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Nazm va Navo” kechamizga xush kelibsiz!
2-boshlovchi:
Ushbu adabiyot va san’at, nafosat va go‘zallik, e’zoz va e’htirom ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!
1-boshlovchi:
Azizlar, marhamat, e’tiborimizni monitorga qaratamiz.
1. Monitorda film namoyishi ketadi.
1-boshlovchi:
Tabrik uchun so‘z Xorazm viloyati hokimi maslahatchisi Xudoyberganov Ravshanbek Yusupovichga!
2-boshlovchi:
Marhamat!
2 R. Xudoyberganov tabrigi.
1-boshlovchi:
Daraxtu giyohlarning tarxi, fayzini
Bir risola etmoq istab sozlab bayotin,
Obdon boqsam o‘z umrimning qabatlariga
Men yashabman o‘shalarning rangin hayotin.
2-boshlovchi:
Til chiqarsam gar Yerimning dardin yorgali
Qatqaloqlar qisuvidan ozurda jonman.
Tongning tiniq durlarini tun changalidan
Omon olib chiqqanimdan pokman, Omonman!
3. Ashula “Umr o‘tar”. Ansambl ijrosida.
1-boshlovchi:
Men she’r yozsam endi uni qog‘ozga emas,
Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman!
2-boshlovchi:
Tabrik uchun so‘z O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyar xodimi
Gavhar Ibodullayevaga. Marhamat
4. G. Ibodullayevaning so’zi.
5. Omon Matjon she’ri “Avvalgilarga O‘xshamas”. Ogahiy ijod maktabi o‘quvchisi o‘qiydi.
6. Ashula “Avvalgilarga O‘xshamas”. Xonanda Otamurot Nurmetov ijrosida.
1-boshlovchi:
Tabrik uchun so‘z Urganch Davlat Universiteti Filologiya fakulteti dekani, Filologiya fanlari doktori G‘oyipov Dilshod Qadamboyevichga beriladi.
2-boshlovchi:
Marhamat.
7. D. G‘oyipov so’zi:
8. Omon Matjon she’ri “Vatan haqida”. Ogahiy ijod maktabi o‘quvchisi o‘qiydi.
9. Ashula “Turl-turli”. Xonanda Anvar Bekchonov ijrosida.
1-boshlovchi:
She’riyat hammaning o‘zi o‘zligi,
Men ham shoshilyabman senga she’riyat.
2-boshlovchi:
Tabrik uchun so‘z Ogahiy ijod maktabi katta o‘qituvchisi, Filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubovaga
Marhamat.
10. M. Matyoqubova so‘zi
11. Ashula “Tabassum qil”. Xonandalar Mirzobek, Mansurbek, Musobek Bobojonovlar ijrosida.
12. Omon Matjon she’ri “Men bulut bag‘riga…”. Ogahiy ijod maktabi o‘quvchisi o‘qiydi.
13. Ashula “Bir damcha yo‘qdur”. Xonanda Xudoybergan Xudoyberganov ijrosida
14. Omon Matjon she’ri “She’riyat”. Ogahiy ijod maktabi o‘quvchisi o‘qiydi.
15. Ashula “Noiloj ketdim”. Xonanda Sirojbek Omonov.
16. Omon Matjon she’ri “Dilimning rangini…”. Ogahiy ijod maktabi o‘quvchisi o‘qiydi.
17. Ashula “Eshigingdan o‘tarman bir kun”. Xonanda Bayram Yoqubov ijrosida.
1-boshlovchi:
Azizlar diqqatimizni yana monitorga qaratamiz.
2-boshlovchi:
Marhamat:
18 Monitorda O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon “Biz bilan” she’rini o‘qiydi.
1-boshlovchi:
Aziz do‘stlar endi sahnamizga aziz mehmonimiz, ulug‘ shoirimiz Omon Matjonning farzandi Diyorbek Matjonovni taklif etamiz.
2-boshlovchi:
So‘z aziz mehmonimizga marhamat.
19 Diyorbek Matjonov so‘zi.
1-boshlovchi:
Shoir uchun bu yorug‘ olamda ikkita baxt bor.
Biri uning o‘z xalqi qalbida qolishi bo‘lsa,
2-boshlovchi:
Ikkinchisi Uning o‘zidan keyin ham she’rlarining yashab qolishidir!
1-boshlovchi:
Mana shu ikki baxt O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon hayoti va ijodi misolida bugun mangulikka yuz tutmoqda!
2-boshlovchi:
Bu hushbaxt damlar qutlug‘ ayyomlar yana bir bor xalqimizga, adabiyotimizga, yangi O‘zbekistonimizga, barchamizga muborak bo‘lsin, azizlar!
1-boshlovchi:
Shuning bilan bugungi “Nazm va Navo” kechamiz o‘z nihoyasiga yetdi. Ammo ulug‘ shoirimiz tavalludining 80 yillik tantanalari vohamizda yil bo‘yi davom etadi!
2-boshlovchi:
Demak, shirin diydor qadar omon bo‘ling, omon bo‘ling, azizlar!
(Yakuniy ijro Lazgi.)
Yüklə 24,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin