Nazariy qism: Jismoniy harakatning yurak va qon tomir tizimiga taʼsirini oʻrganish



Yüklə 274,17 Kb.
səhifə2/5
tarix14.05.2023
ölçüsü274,17 Kb.
#113455
1   2   3   4   5
2-Amaliy

Qoʻshimcha havoni aniqlash. Silindr qopqogʻidan probka olinib, ichki silindr qoʻl bilan 3000 ml belgisigacha koʻtariladi. Tekshiriluvchi bir necha marta tinch nafas olgandan keyin biroz nafasni toʻxtatadi, mundshtukni ogʻziga olib spirometrdan chuqur nafas oladi. Ichki silindr necha belgigacha pastga tushgani belgilanadi va 3000 dan olib tashlanadi. Ayirma qoʻshimcha havo boʻlib hisoblanadi.
Nafas havosini aniqlash. Spirometr “0” holatiga keltiriladi. Tekshiriluvchi mundshtukni ogʻziga olib, tinch holatda havoni burun orqali olib, nafasni spirometrga chiqaradi. 5-6-marta shunday qaytarilib, olingan sonlarning oʻrtachasi aniqlanadi.
Rezerv havoni aniqlash. Spirometr “0” holatiga keltiriladi. Bir necha marta tinch nafas olgandan keyin nafasni chiqarib, biroz toʻxtagandan keyin mundshtukni ogʻziga olib, mumkin qadar qattiqroq nafasni spirometrga chiqaradi. Shkaladagi son rezerv havo hajmini koʻrsatadi. Ishning oxirida qoʻshimcha, rezerv va nafas havolarini qoʻshib, avvalgi aniqlangan tiriklik sigʻimi miqdori bilan solishtiriladi. Natijalar farqi 10% dan oshmasligi kerak.


Nazorat savollari:
1. Oʻpkaning tiriklik sigʻimi deganda nimani tushunasiz?
2. Oʻpkaning tiriklik sigʻimini qaysi asbob yordamida oʻlchanadi?
3. Normada oʻpkaning tiriklik sigʻimi ayollarda qancha?
4. Normada oʻpkaning tiriklik sigʻimi erkaklarda qancha?
5. Oʻpkaning tiriklik sigʻimini katta- kichikligi nimalarga bogʻliq boʻladi?


Topshiriqlar:

  1. 1 minutdagi arterial pulsingizni sanang va jadvalni toʻldiring.




1 minutdagi arterial pulslar soni (normal 72– 85tа)

Jismoniy nagruzkadan soʻng

1- marta

2- marta

3- marta

Oʻrtacha

Guruh oʻrtachasi

Shaxsiy

Guruh oʻrtachasi






















2. Spirometr yordamida oʻpkaning tiriklik sigʻimini oʻlchab jadvalni toʻldiring va normaga solishtiring.



Havo turi

Havo miqdori (ml)

Natija

Norma (o’rtacha)

Nafas olish havosi




500

Qoʻshimcha havo




1500

Rezerv havo




1500

Oʻpkaning tiriklik sigʻimi




3500


Yüklə 274,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin