Navro‘z birdamlik bayrami!



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#207702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
21 mart Navro\'z bayrami ssenariylari

Surayyo:
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida quyidagilarni yozgan. “U kunni “Navro‘z” deb atashining sababi Jamshid podshoh bo‘lgach, majusiylar dinini yangiladi va bu kun “Navro‘z” – “Yangi kun” deb ataldi”.


Suhrob:
Sharqning buyuk donishmandi, falakiyot bilimdoni Umar Hayyom o‘zining “Navro‘znoma” asarida “Navro‘z” so‘zi birinchi marta zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobi (eramizdan avvalgi III-II asrlar) “Avesto”da tilga olinganligini qayd etadi. Navro‘z bayram sifatida tilga olingan “Avesto”da inson hayotining mazmuni uch ma’noda mujassam topmog‘i lozimligi ham qayd etilgan. Bular – ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amallardir.


Ulug‘bek:
Navro‘z kunida bir soat bor. Shu soatda Feruz (baxt falagi) ruhlarni, maxluqotni yaratishga haydaydi. U kunning eng saodatli soatlari – quyosh soatlaridir. Uning tongida yorug‘lik imkoni boricha yerga yaqinlashadi. Odamlar unga qarashi bilan o‘zlarini baxtli sanaydilar.


Asaloy:
Biz ko‘hna tarix sahifalariga Navro‘zni izlab sayr etar ekanmiz, nigohimiz XII asrning mashhur tilshunos olimi M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” sahifalariga tushadi. Chunki jahonga mashhur bu asarida muallif Navro‘zni insonlar qalbidan joy olgan qo‘shiqlarini tahlil etadi.


Maftuna:
Tarix, zamonlar, asrlar guvohki, Navro‘z ezgulik, poklik, muhabbat timsoli sifatida ulug‘lanib, nishonlanib kelinmoqda. Hamisha shoirlar Navro‘zni madh etib keladilar.
Bejizga biz Navro‘zni milliy bayramimiz deya qadrlamaymiz. Chunki Navro‘z-biz bilan, xalqimiz bilan birga ming-ming yillarni yashab kelayotgan bayram. Unda buyuk ajdodlarimizning ulug‘ ruhlari bor.

(Birin-ketin davraga ulug‘ allomalar kirib keladi va o‘zlarining Navro‘z haqidagi she’rlaridan parchalar aytadilar).




Hofiz Sheroziy:
Gul jamoli dilga yoqmas beginor,
Zavqi yo‘qdir bodasiz bo‘lsa bahor.
Bahrasi yo‘q bog‘-u bo‘ston sayrini,
Bo‘lmasa bir lola yuzli guluzor.


Umar Hayyom:
Gul chehrasida nasmi Navro‘z na go‘zal!
Kezganda chaman bo‘lsa dilafruz na go‘zal!
Shod bo‘lsang-u har lahza bugun zavqi bilan,
O‘tgan kundan hech ochmasang so‘z na go‘zal!



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin