Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti


Fanning o‘qitish natijalari va shakllanadigan kasbiy kompetensiyalar



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə96/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

Fanning o‘qitish natijalari va shakllanadigan kasbiy kompetensiyalar
Kursni tugatgan talabalar:
• Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan tarixiy yo‘lning mazmun-mohiyatini, O‘zbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan o‘zgarishlarning ahamiyatini;
• zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
• O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
• O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, maʼnaviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak


VI. Ta’lim texnologiyalar va metodlari
● Ma’ruzalar;
● Seminarlar(mantiqiy fikrlash,tezkor savol javoblar)
Taqdimotlar qilish
● Guruhlarda ishlash
VII. Oʻqitish va oʻrganish usullari
Modul ma’ruzalar, amaliy, seminar, laboratoriya va h.k auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda kurs mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida kurs muammolari taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin