11-mavzu. Korxona faoliyatini boshqarish asoslari. (2 soat) 1. Korxona boshqaruvining mohiyati va prinsiplari
2. Boshqaruvning axborot ta’minoti
1. Korxona boshqaruvining mohiyati va prinsiplari Boshqaruv – bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Boshkaruv tizimini turli mikyoslarga bulish mumkin:
Ish jadvalining bevosita iste’molchilarga mosligi va boshkalar.
Boshkaruvning tashkiliy tuzilmasi boshkaruv oldida turgan vazifalarni muvaffakiyatli xal etishga yordam beradigan kilib tuzilishi kerak. U kuyidagi talablarga javob berishi kerak
1.Boshkaruv tizimida bugin va boskichlar soni makbul bulishi kerak. Bugin va boskichlar sonining aksossiz kupayib ketishi:
Boshkaruv apparatini saklash xarajatlarining ortib ketishi
Axborotlarning utish yuli chuzilib ketishi
Boshkaruvda paralellizm va takrorlanishning yuzaga kelishiga
Boshkaruvda ma’suliyatsizlikka yul kuyilishiga va boshkaruv samarasini pasayishiga olib keladi.
2.Boshkaruv tuzilmasi boshkaruv apparatining tezkor ishlashini ta’minlashi lozim. Bu faoliyat vazifalarni uz vaktida va moxirlik bilan tez xal etishda namoyon buladi. Bunga ishlab chikarishning mikyosi, murakkabligi, boshkaruv ob’ektlarining joylashuvi xam ta’sir kursatadi.