Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə21/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#185961
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   271
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2023-2024

oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli yozma, o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Talabalar roziligi asosida elementar matematika fanidan olingan test natijalari oraliq nazorat bahosiga tenglashtiriladi.

  • yakuniy nazorat (YAN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi.

“Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fani bo‘yicha talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.

5 baholik tizim

Talabalarning bilim darajasi

5

A’lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.

4

Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.

3

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.

2

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik.




  • ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.

  • JN va ON nazoratlarda “2“ (qoniqarsiz) baho olgan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.

  • ON turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi

  • YaN turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.

  • Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.

  • ON turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “ 2 ” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

  • YaN turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

  • Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.

  • Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra, rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan 1-oraliq nazoat savollari
1.Korxonaning bozor iqtisodiyotining xo‘jalik sub’ekti tarzidagi
maqsadi va vazifalari.
2.Korxonani boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Korxonani tashkil etish tamoyillari va tartib-qoidalari.
4.Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi.
5.Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi.
6.Asosiy fondlarning amartizatsiyasi va foydalanish ko‘rsatkichlari.
7.Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash.
8.Aylanma fondlar tavsifi va tarkibi.
9.Aylanma fondlarning aylanish bosqichlari.
10.Aylanma fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari.
11.Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlanti-rish vositasi sifatida.
12.Korxonalarda invistitsiyalarning asosiy manbalari va yo‘nalishlari.
13.Investitsiyaviy loyihalarni baholash.
14.Mehnat resurslari va ularning tarkibi haqida tushuncha.
15.Mehnat resurslarini boshqarish.
16.Korxonada mehnatga haq to‘lash shaklllari.
17.Tannarx - ishlab chiqarish sarflarini kamaytirish vositasi.
18.Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini hosil qiluvchi xarajat turlari.
19.Foyda va rentabellik, ularni hisoblash usullari.
20.Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini pasaytirish omillari.
21.Biznes-rejaning mohiyati va vazifalari.
22.Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari.
23.Biznes-reja tarkibi va hisob-kitoblari.
24.Korxona xavfsizligini ta’minlashning maqsadi va vazifalari.
25.Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi.
26.Korxona tijorat sirining mohiyati va uni himoya qilish mexanizmi.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin