Navoiy davlat konchilik instituti kimyo-metallurgiya fakulteti



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə1/4
tarix26.05.2022
ölçüsü29,25 Kb.
#59565
  1   2   3   4
Buxgalteriya Jack


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Navoiy davlat konchilik instituti

kimyo-metallurgiya fakulteti

Iqtisodiyot va menejment kafedrasi

25-19IQ guruh talabasi


Samandarov Javlonbekning
Buxgalteriya hisobi
fanidan
Mustaqil ishi

Mavzu: Xo’jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv.

Reja:
1.Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi.
2.Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi.
3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob.

Javoblar

  1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi.

Buxgalteriya hisobi schyotlari - mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash hamda nazorat qilish usulidir.
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni istalgan paytda olish mumkin bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval shaklida bo‘ladi.
Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu jadvalning chap qismi "Debet" (D-t), o‘ng qismi "Kredit" (K-T) deb ataladi. "Debet" va "Kredit" so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan. "Debet" so‘zi lotincha bo‘lib "u qarzdor", "Credit" so‘zi esa "ishondi" degan ma'noni bildiradi.
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma'lumotlari buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma'lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba'zi bir schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga yozilgan summalarni kredit oborot deb ataladi.

Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin