Навоий кон-металлургия комбинати


O’qituvchi –maslahatchining



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/21
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#200101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Na`muna TAYYOR

O’qituvchi –maslahatchining
F.I.Sh.

Topshiriq berilgan sana

Topshiriq bajarilgan sana

Bajarilganligi to’g’risida belgi

1.

Kirish













2.

Umumiy bo’lim













3.

Texnologik qism













4.

Iqtisodiy qism













5.

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi













6

Ekologik qism













7

Grafik qism













VII. Bitiruv ishining bajarilish grafigi:



Bitiruv ishi bosqichlari

Bosqichlarni bajarilish muddati

Eslatma

1.

Kirish







2.

Umumiy bo’lim







3.

Texnologik qism







4.

Iqtisodiy qism







5.

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi







6.

Ekologik qism







7.

Grafik qism










Xulosa










Foydalanilgan adabiyotlar










Taqriz










Himoya









Тopshiriq berilgan sana «_____» _________________ 2023 y.
Bitiruv ishi rahbari: ______________________________ ______________
(F.I.SH.) (imzo)


Тоpshiriqni bajarish uchun oldim: «_____» _________________ 2023 y.
Bitiruvchi talaba: ______________________________ ______________
(F.I.SH.) (imzo)






MUNDARIJA



Bet




SO`Z BOSHI………………………………………………………….







KIRISH……………………………………………………………….




I.

UMUMIY QISM……………………………………………………..




1.1

Loyihaning maqsadi va vazifalarini shakllantirish……………………




1.2

Korxonaning ish rejimlari va vaqt fondlari............................................




1.3

Detal materialining tahlil………………………………………………




1.4

Detal konstruksiyasini texnologik tahlili………………………………




1.5

Ishlab chiqarish turini aniqlash………………………………………...




1.6

Xom ashyo olish usulini aniqlash……………………………………...




II.

TEXNOLOGIK QISM………………………………………………




2.1

Mexanik ishlov berish uchun quyumni tanlash va hisoblash………




2.2

Mexanik ishlov berish marshrutli texnologik jarayonini loyihalash…




2.3

Kesish xolati elementlarini analitik hisoblash………………………




2.4

Kesish holati elementlarining hisobiy qiymatlari ……………………..




III.

KONSTRUKTORLIK BO`LIM…………………………………




3.1

Loyihalanayotgan maxsus moslamaning ishlash prinsipi……………




3.2

Moslamaning siqish kuchini va xavfli kesimini hisoblash……………




IV.

IQTISODIY QISM………………………………………………




V.

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI……………………







EKOLOGIK QISM………………………………………………..







XULOSA…………………………………………………………







FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…………………







Yig‘ish chizmasining spesifikatsiyasi






SO‘Z BOSHI
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda butun o‘qish davomida olingan bilimlar amaliyotda qo‘llay olishni namoyon qilinadi. Bakalvr talabalarning malakaviy ishlarida ma'lum bir detalni tayyorlash texnologik jarayonini takomillashtirish mavzusi bajariladi. Mening bitiruv malakaviy ishimda “Val” detalini yirik seryali ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni loyihalash ishlab chiqilgan.
Mazkur malakaviy bitiruv ishim 5 bo‘limdan iborat:
Birinchi, umumiy bo‘limda detal konstruksiyasining texnologikligi tahlili, detal materiali tahlili, ishlab chiqarish turini aniqlash, xom-ashyo olish usulini tanlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Bunda xom-ashyo olish usulini tanlashga ta'sir etuvchi omillar, ishlab chiqarish turilari to‘g‘risida batafsi ma'lumotlar keltirilgan.
Ikkinchi, texnologik bo‘limda mexanik ishlov berish uchun qoldiriladigan quyimlarni hisoblash, har bir operatsiya va uning o‘tishlarini amalga oshirishga imkon beruvchi kesish holati elementlari hisobi, berilgan detalni tayyorlash texnologik jarayoni va boshqa injenerlik hisoblashlari keltirilgan.
Uchinchi konstruktorlik bo‘limida loyixalanayotgan operatsiyada qo‘llanilgan maxsus moslamaning ishlash prinsipi va uning siqish kuchini va xavfli kesimini hisoblash keltirilgan. Shuningdek bu bo‘limda moslamaning tuzilishi to‘g‘risida ham ma'lumotlar keltirilgan.
To‘rtinchi iqtisodiy bo‘limda loyixalanayotgan operatsiya uchun mexanik ishlov berish usullarini iqtisodiy taqqoslash keltirilgan. Bunda bitta operatsiyani bajarish uchun ketadigan barcha xarajatlar jadvali keltirilgan bo‘lib, ular orqali loyiaxanayotgan va amalda mavjud texnologiyalar o‘zaro taqqoslangan.
Beshinchi hayot faoliyati xavfsizligi bo‘limida loyihalanayotgan operatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik texnikasi qoidalari keltirilgan. Shuningdek, mashinasozlik korxonalari uchun mehnat muxofazasi va atrof muhit xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan.
Bulardan tashqari, bitiruv malakaviy ishimda xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va yig‘ish chizmasining spetsifikatsiyasi ham keltirilgan.
KIRISH
O‘zbekistonimiz iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli, mashinalar va buyumlar bilan ta’minlash mashinasozlik sanoati xodimlari oldida turgan muhim vazifalardandir. Albatta, bu vazifalarni bajarish uchun turli tuman mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yuksak samarali texnikaga ega bo‘lgan robotlashtirilgan, avtomatlashtirilgan kichik va katta robot texnologik komplekslarni, kompyuter bilan boshqailuvchi korxonalarni yaratish kerak bo‘ladi. Hozirgi paytda Vatanimiz mashinasozlik korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosida ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to‘ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni xilma-xil moslamalar, mexanik qo‘l, sanoat robotlari bilan jihozlash orqali texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ishlari davom etmoqda.
Diplom ishi maqsadi - o'quv jarayonida olingan nazariy bilimlarni to'g'ri qo'llash, mashinasozlik korxonalarida amaliy tajribangizdan professional texnologik va konstruktiv muammolarni hal qilishda foydalanishni o'rganishdir. Tishli ishlab chiqarishning texnologik operatsiyasini tahlil qilish, mashinaning rasmiy maqsadi, yig'ish, qism, detalga qo'yiladigan texnik talablar, ishlab chiqarish qobiliyati, ish qismini olish usuli, texnologik jarayonni tahlil qilish. Operatsion xaritalarni ishlab chiqish, kesish shartlarini hisoblash va texnologik jarayonning tahlil qilingan ishlashini normallashtirish. Ushbu qismni qayta ishlash uchun dastgoh asboblari va kesish asboblarini tanlang.
Umumiy yig‘ma moslamani va umumiy qayta moslanuvchan moslamani, yangi texnalogik jarayonlarni yuqori samaradorli asboblarni, avtomat dasgoxlarni qo‘llash, bu ishlab chiqarish unumdorligini oshirish bilan ishlov berish aniqligi va yuza sifatini yaxshilashni e'tiborga olish zarur.
Loyihalash ishlarini, texnologik hujjatlarni tayyorlashni avtomatlashtirish mehnat unumdorligini, qo‘shimcha dromadlarni oshirishga imkon yaratadi.
Buning uchun yosh mutaxasis kadrlarni ishlab chiqarish zavodlariga yetkazib berish zarur. Bu sohada bizning Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Olamliq kon-metallurgiya kombinati AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ (Navoiy mashinasozlik zavodi) bilan hamkorlikda talabalarni o‘qitish, ishlab chiqarish amaliyotlarini paralel olib borishmoqda. Bunday xollarda talabalar mutaxasislik fanlarini zavodda tashkil qilingan tajriba-amaliyot sexlarida o‘rganishmoqda. Natijada yosh mutaxasis kadirlarni yetishtirib berish ham hozirgi kunda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Texnikaviy taraqqiyot rivojlangan sari takomillashtirilgan va avtomatlashtirilgan, yuqori aniqlikka ega bo`lgan mashinalarni ishlab chiqarish hamda ulardan samarali foydalanish uchun chuqur bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan muhandislarni tayyorlashni vaqt taqozo etadi.
Mutaxassislarni sifatini oshirish uchun kasbga tayyorlashda ularni ishlab chiqarish bilan bog`langan o`quv rejalarini va o`quv dasturlarini nazariy va fundamental fanlarga asoslagan holda olib boriladi.
Keltirilgan mavzularda shu sababli, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan (tasodifiy xatoliklarda) va o`lchamli zanjirlarni hisoblashda va nazariy mexanikadan (bazalash nazariyasidan, tayorlamani ishlov berish uchun kesishda, texnologik sistemalarni bikirligini va ishlov berilayotgan tayyorlamaning geometrik shaklining) o`rganishda foydalanilgan.
Umumnazariy va muhandislik muammolarining maxsus fanlarda o`zaro yakinlashishi muhandislarning bilimini nazariy jihatdan mustaxkamlaydi va ishlab chikarishda fundamental fanlar yutuklariga asoslanib ularni yechishda yaxshi natijalarga erishiladi.
Mavzular to`plami ICHTJTYAT (YESTPP), KXYAT (YESKD) va TXYAT (YESTD) lar asosida ishlashni ko`zda tutadi.
Ma'lumki mashinasozlik xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarini yangi texnika bilan ta'minlaydi, davlatning texnik jixatdan taraqqiyotini aniqlaydi va moddiy bazasini yaratishda asosiy rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning rivojlanishiga hamma vaqt katta ahamiyat beriladi.
Mashinasozlik ishlab chiqarishining rivojlanib borishi natijasida yangi texnikaviy fan - "Mashinasozlik texnologiyasi" fani paydo bo`ldi. Mashinasozlik texnologiyasi - belgilangan muddatda, ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlangan miqdorda, kam mehnat sarf qilgan holda va tannarxi arzon bo`lgan sifatli maxsulotlar ishlab chiqarish to`g`risidagi fandir.
Mashinasozlik texnologiyasi fani uzining rivojlanishida bir nechta bosqichlardan o`tdi.
Birinchi bosqich 1929-1930 yillargacha bo`lgan davrni uz ichiga oladi. Bu davr ichida dunyoda mashinalarni tayorlash tajribalari bir muncha yig`ilib qolgan edi. Jurnallarda, katalog va broshyuralarda detallarga ishlov berish jarayonlarini va ularda qo`llaniladigan jixozlar va asbob-uskunalarning bayoni keltirilgan. Birinchi kulozmalar va loyihalash tashkilotlarining me'yorliy hujjatlari nashriyotda chop etilgan.
Ikkinchi bosqich 1930 - 1941 yillargacha bo`lgan davrni uz ichiga oladi. Ikkinchi jahon urushigacha bo`lgan davr. Bu vaqt mobaynida ishlab chiqarishda ahamiyatga ega bo`lgan tajribalarni yig`ib umumiylashtirilib, sistemaga keltirish va texnologik jarayonni qurishda umum ilmiy tamoyillarni ishlab chiqish ishlari amalga oshirildi.
1933-1935 yillarda A.P. Sokolovskiy, A.I.Kashirin, V.M.Kovan, A.B.Yaxin va boshqalarning sistemalashtirilgan ilmiy ishlari nashr etilgandan keyin bu davr ichida mashinasozlik texnologiyasi fan sifatida shakllangan desa bo`ladi.
Bu etapda texnologik jarayonlarni tipiklashtirish tamoyillari ishlab chiqa boshlandi va amalga tadbiq etila boshladi. Shu bilan birga tayorlamaga ishlov berishda bazalash nazariyasi, o`lchamlar zanjirlari, quym qatlamlarini hisoblash, texnologik sitemaning bikrligi, xatoliklarini aniqlash usullari va boshqa muammolar yechila boshlandi.
Uchinchi bosqich 1941-1970 yillarga tug`ri keladi. Bu davr ichida mashinasozlik tez rivojlanib bordi. Urush davridagi harbiy texnikani seriyali va ommaviy tayorlashdagi potok usullari, metallarga ishlov berish tezligini oshirish, tez o`zgaruvchan texnologik jarayonlarni qo`llash kabi muommolarni yechimlari tahlil qilinib yangi izlanishlarga asos bo`ldi.
Bu yillarda tayorlamaga ishlov berishda xatoliklarni hisoblash va qurish (matematik statistika va ehtimollar nazariyasi asosida), texnologik sistemani bikrligi va uni aniqlikka va unumdorlikka ta'siri o`rganildi.
Bu davr ichida potokli va avtomatlashtirilgan texnologik jarayonni seriyali ishlab chiqarishda tashkil etish boshlandi. Prof. S.P.Mitrofanov tomonidan guruhli metod texnologiyasi ishlab chiqarishga tadbiq etildi. Keng miqyosida plastik deformatsiya, elektrofizik va elektroximik jarayonlar toza ishlov berishda qo`llanila boshlandi.
Turtinchi bosqich 1970 yildan hozirgi vaqtgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda texnologik jarayonlarni loyixalashda EXM dan keng foydalanish va matematik modellashtirish mexanik ishlov berish jarayonlarida qo`llanila boshlangan edi.
Shu vaqt ichida sonli dasturli dastgohlarda (CHPU) mexanik ishlov berish, programmalashtirish va avtomatlashtirish, SAPR TP ni joriy etish rivojlanmoqda (SAPR TP - sistema avtomatizirovannogo proyektirovanniya texnologicheskix protsesov).
Avtomatlashtirilgan sistemalar EHM da foydalanish asosida egiluvchan avtomatlashgan ishlab chiqarish sistemalarni yaratish, operatsiyalararo transport, nazorat, rabototexnikadan foydalanish ishlari keng tarqalmoqda. Mashinasozlik texnologiyasi fani institutda o`qitilayotgan boshqa maxsus fanlardan ancha farq qiladi. Mashinasozlik texnologiyasi rivojlanayotgan sanoatning talabiga binoan o`zgaradigan amaliy fandir. A.P.Sokolovskiy aytganday, texnologiya tug`risidagi bilim sexda tug`ilgan va shuning uchun ham undan uzilmasligi kerak. Aksincha, texnologni ishi unumsiz bo`ladi.
1. Mashinasozlik texnologiyasi amaliy fan bo`laturib, shu bilan birga salmoqli nazariy asosga ega. Bu texnologik jarayonni tiplash va guruhli ishlov berish, sistemaning bikrligi, ishlov berish jarayonining aniqligi, tayorlamaga ishlov berishda o`lchamlarning yeyilishi, jihozlarni va texnologik moslamalarning xatoliklari, ishlov berishda quyumlarning qatlami, unumdorlikning oshirish yo`llari va texnologik jarayonlarni samaradorligini oshirish, konstruktorlik va texnologik bazalarini bazalash nazariyasi va boshqalardir.
Mashinasozlik texnologiyasi muhandislik va ilmiy fanlarning majmuasi bo`la turib o`quv fanlarining ijobiy yutuqlariga aloqador. Mashinasozlik texnologiyasi talabga javob beradigan sifatli mashinalarni tayorlash y`ani texnik muommolarni sintez qilish ishlab chiqarishni rejadagi kabi masalalarni yechish uning asosiy vazifalaridan biridir.
Mashinasozlik texnologiyasi fani kesish nazariyasi, metall kesish dastgohlari va asbob-uskunalar, texnik o`lchamlar, materialshunoslik va termik ishlov berish fanlari bilan juda yaqindan bog`langan va ularga asoslangan.
Mashinasozlik fani eng yosh fan bo`laturib, shu bilan birga, juda tez rivojlanayapti. Bunga sabab yangi texnika va sanoat ishlab-chiqarishini takomillashib borayotganligidadir. Shuning uchun ham mashinasozlik texnologiyasi uzluksiz aniqlana boradi va uning mazmuni yangiliklar bilan birga boyitila boradi.
Mashinasozlik texnologiyasi oliy o`quv yurtlarida fan sifatida mexanik ishlov berish, ta'mirlash va yig`uv masalalari bilan chegaralanadi.
Mashinasozlik texnologiyasi - asosiy kasbiy fan hisoblanib, shu sohadagi mutaxassislarni tayorlashda konstruktorlik, texnologiklik va mexanik yig`uv ishlab chiqarishida bulgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirishda asos bo`ladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin