Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


- mashq. Testlarni yeching va javobingizni izohlang. 1. Berilgan gapdan talaffuzida unli tovush tushib qoladigan, bu o‘zgarish



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

2.3- mashq.
Testlarni yeching va javobingizni izohlang.
1. Berilgan gapdan talaffuzida unli tovush tushib qoladigan, bu o‘zgarish 
esa yozuvda aks etadigan so‘zni aniqlang: Odamning himmati va muruvvati 
uning muomalasi, qo‘lidan kelgan ishlari, yaratuvchiligi barobarida qadrlanadi. 
(Yusuf Xos Hojib) 
A. Odam.
B. Muomala.
C. Qadrlanadi.
D. Muruvvat.
2. Qaysi qatordagi fikr „
Ko‘rnamak“ hikoyatining xulosasi bo‘la oladi?
A. Savobi oshkoradan gunohi pinhona afzal.
B. Savobning tagi teshik.
C. Mehnatsiz rohat bo‘lmas, savobsiz – jannat.
D. Tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurma. 
2.4- mashq.
Boshqotirmada gap qaysi o‘yin turi haqida ketayotganini matndagi 
ajratilgan birikmaga tayanib, rasmlar orasidan toping va shu so‘zdagi unli to
-
vushlar talaffuziga diqqat qiling. Topilgan so‘zning ma’nodoshida unlilar qanday 
talaffuz qilinadi? 
XI asrda yashagan Xalifa al-Ma’mun shunday degan ekan: 
„Men dunyoning 
Sharqda Hindistondan G‘arbda Andalusiyaga qadar cho‘zilgan hududiga hukm-
dor bo‘lishimga qaramay, ikki tirsak orasidagi masofaga eplab hukmronlik qilol-
mayman“. 
http://eduportal.uz


9
2.5- mashq.
 
Talaffuzi va imlosi bir xil so‘zlarni aniqlab, ular ishtirokida gaplar 
tuzing va daftaringizga yozing. 
O‘tov, alanga, tomosha, prujina, qulduramoq, tutun, mevafurush, uzangi, 
uchqun, munchoq, parashut, mineral, oyoqyalang, ovunmoq, turtinmoq, jo‘shqin, 
kometa, kuldirgich, mashg‘ulot, palata, suyulmoq.
2.6- mashq.
Matnni o‘qing. Undagi talaffuzi va imlosi nomuvofiq so‘zlarni 
aniq lang. O‘z xulosangizni bir jumlada ifoda qiling.
O‘rmon mudhish tezlikda yonardi. Kichkinagina chumchuq yo‘lidagi dar yo -
dan panjalari bilan suv olib, o‘rmon ustiga uchdi va tag‘in daryoga shoshdi.
O‘rmonning yonishini ilojsiz kuzatib turgan hayvonlardan biri baqirdi:
– Hoy, o‘rmonni bir tomchi suv bilan qutqarasanmi?
Chumchuq javob berdi:
– Mening qo‘limdan keladigani shu…
(R. N. Guntekin)

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin