Namangan muhandislik qurilish


Mavzu: Shlitsali birikmalarning o’zaro almashinuvchanligi



Yüklə 263,85 Kb.
səhifə10/11
tarix19.12.2023
ölçüsü263,85 Kb.
#186158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
МЕТРОЛОГИЯ ва СТАНД Мустақил иш НАМУНА 2

Mavzu: Shlitsali birikmalarning o’zaro almashinuvchanligi
Shlitsli birikmalarni, aslida, aylana bo‘yicha bir tekis joylashgan ko‘p shponkali birikmadek faraz qilish mumkin. Val chiqiqlari va vtulka ariqchalarining profillari shakliga qarab, shlitsli birikmalar to‘g‘ri yonli (8.4-rasm) va evolьventali (8.5-rasm) bo‘ladi. Bulardan uchburchak profilli shlitsli birikmalar ancha kamroq qo‘llanadi. SHlitsli birikmalar shponkalilar qo‘llanadigan hollarda, faqat kattaroq aylantirish momentlarini uzatish uchun va val bilan vtulka o‘qlarining o‘qdoshligiga nisbatan yuqori talablar bo‘lganda qo‘llanadi.
Shlitsli to‘g‘ri yonli birikmalar (10.4-rasm) qo‘zg‘aluvchan (tirqishli) va qo‘zg‘almas (taranglikli) birikmalarda qo‘llanadi.
O‘ar xil kattalikda bo‘lgan momentlarni uzatish uchun shlitsli birikmalar me’yorlanganda, asosan, tishlar sonlari, ichki d va tashqi D diametrlari va tish (ariqcha) ning eni bilan farqlanuvchi engil, o‘rta hamda og‘ir seriyalarga ajratiladi.
To‘g‘ri yonli shlitsli birikmalar tashqi diametri 14 dan 125 mm gacha bo‘lgan vallarni qamraydi (bu erda diametrlarning "tashqi" va "ichki" nomlari rezьbanikiga o‘xshash, ya’ni valning tashqi diametri uning tashqarisida, vtulkaniki esa uning ichida joylashgan). Standart orqali z x d x D larning biriktirilishlari me’yorlangan. To‘g‘ri yonli shlitsli birikmalarda tutashuv hosil qiladigan tishlar birikmaning o‘qiga parallel joylashadi.
SHlitsli birikmalarning parametrlariga bo‘lgan talablar val bilan vtulka orasida markazlashtirishning qabul qilingan sxemasiga, ya’ni asosiy tutashish amalga oshadigan yuzaga qarab beriladi. Markazlashtirish (tutashish)ning uch turi qo‘llanadi: tashqi yuza (D), ichki yuza (d) va tishlar bilan vtulka ariqchalarining yon tomonlari (v) bo‘yicha.

5-rasm
To‘g‘ri yonli shlitsli birikmalarni: a) tashqi diametri D; b) ichki diametri d; v) yon tomonlari b bo‘yicha markazlashtirish.
SHuni ko‘zda tutish kerakki, vtulkaning yuzasi protyajka yordamida ishlanadi, bu esa o‘z navbatida, materialga va tutashish aniqligiga bo‘lgan talablarni oldindan belgilaydi.
D bo‘yicha markazlashtirish qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas birikmalar, kichik aylantiruvchi momentlarni uzatish, kam eyiladigan boshqa birikmalar uchun qo‘llanadi. Bunday birikmani ta’minlash uchun vtulka toza protyajka bilan ishlov berilishi mumkin bo‘lgan, nisbatan unchalik katta qattiklikka ega bo‘lmagan, materialdan tayyorlanadi. Val qattiqligi yuqori materialdan tayyorlanadi va tashqi diametri bo‘yicha jilvirlanadi (tishlari frezerlanadi). Markazlashtirishning bu turi eng oddiy va iqtisodiy samaradorlidir.
d bo‘yicha markazlashtirish val bilan vtulkaning o‘qlarining moslashishiga nisbatan katta talablar bo‘lganda qo‘llanadi. Bu teshik va valning ichki diametrlari bo‘yicha jilvirlab yakuniy ishlov berilishi mumkinligi bilan asoslanadi. Bunday birikmalar val va vtulka katta qattiklikka ega bo‘lishi lozim bo‘lganda qo‘llanadi. Markazlashtirishning bu usuli lekin eng aniq.
b bo‘yicha markazlashtirish katta aylantiruvchi momentlarni uzatish, ayniqsa ishorasi o‘zgaruvchan yuklanish, revers bilan ishlaydigan birikmalarda qo‘llanadi. Bu usulda markazlashtirishning yuqori aniqligi ta’minlanmaydi, shuning uchun u boshqa ikki usulga nisbatan ancha kamroq qo‘llanadi.
SHlitsli birikmalar markazlashtiriluvchi parametrlarining joizlik maydonlari silliq birikmalarning standartidan olingan. Vallar parametrlari uchun standartda 5-10 kvalitetlar joizliklaridan foydalanib, 20 ta joizlik maydonlari keltirilgan; vtulkalar uchun esa 6-10 kvalitetlardan foydalanib, 8 ta joizlik maydoni keltirilgan.
Me’yorlangan joizlik maydonlaridan silliq birikmalarga o‘xshash vallar parametrlari uchun oltita, vtulkaning parametrlari uchun to‘rtta qo‘llash uchun afzalroq joizlik maydonlari ajratilgan.
Vallar uchun afzal joizlik maydonlari – g6, js6, f7, js7, e8, vtulkalar uchun esa H7, F8, D9, F10. Keltirilgan joizlik maydonlari markazlashtiruvchi tashqi va ichki diametrlarga taalluqli, ya’ni asosiy (markazlashtiruvchi) o‘tqizma shu yuzalar bo‘yicha amalga oshirilganda. Markazlashtirmaydigan yuzalar uchun ichki diametr d yoki yon tomonlar bo‘yicha amalga oshirilganda, valning tashqi diametri D ga a11 joizlik maydoni me’yorlanadi. Bu holda vtulkaning tashqi diametri uchun H12 joizlik maydoni afzaldir. Tashqi diametr D yoki yon tomonlari b bo‘yicha markazlashtirilganda, vtulka uchun H11 joizlik maydoni joriy qilingan, valning ichki diametri uchun esa joizlik maydoni joriy qilinmagan.
Markazlashtiruvchi va markazlashtirmaydigan yuzalarga bo‘lgan talablardan tashqari, shlitsli birikmalar uchun tishlarning yon tomonlari va vtulka ariqchalarining markazlashtiruvchi yuzalar o‘qiga nisbatan parallellikdan og‘ishiga bo‘lgan talablar joriy qilingan. Bu joiz og‘ishlar 100 mm uzunlikda quyidagilardan oshmasligi kerak: b o‘lchami uchun IT6, IT7 va IT8 joizliklari qo‘llanganda 0,03 mm dan, b o‘lchami uchun IT9, IT10 joizliklari qo‘llanganda 0,05 mm dan. Keltirilgan me’yorlar mazkur detallar, odatda, tekshiriladigan kalibrlar uzunligi o‘lchanuvchi detallar uzunligidan kamroq uzunlikda tayyorlangan bo‘lsa qo‘llanadi.
Shlitsli birikmalarning o‘tqizmalari markazlashtiruvchi yuzalar bo‘yicha amalga oshiriladi va qo‘zg‘aluvchan (tirqishli) hamda qo‘zg‘almaydigan (taranglikli) bo‘ladi. Val va vtulkalarning joizlik maydonlarini bir-biriga qo‘shish bo‘yicha tavsiyalar GOST 1139-80 ning ilovalarida berilgan. O‘tqizmalar standartda keltirilgan joizlik maydonlaridan hosil qilinadi [1].
Tavsifiy xususiyati shundaki, b o‘lchami uchun markazlashtirish usulidan qat’inazar doim o‘tqizma beriladi.
Tavsiya etilgan o‘tqizmalardan qo‘llanishi afzal o‘tqizmalar ajratilgan. Bular quyidagilardir:
D bo‘yicha markazlashtirishda
D bo‘yicha o‘tqizmalar – ; ;
b bo‘yicha o‘tqizmalar – ; ;
d bo‘yicha markazlashtirishda:
d bo‘yicha o‘tqizmalar – ; ;
b bo‘yicha o‘tqizmalar – ; ; ; ; ;
b bo‘yicha markazlashtirishda:
b bo‘yicha o‘tqizmalar ; ; ; ; .
Standartlarda markazlashtiruvchi diametr va yon tomonlari bo‘yicha o‘tqizmalarning biriktirilishi me’yorlanmagan. Bunday biriktirilishni konstruktor o‘zi tanlashi kerak.
To‘g‘ri yonli shlitsli birikmaning shartli belgisi markazlashtirish usuli uning elementlarining asosiy o‘lchamlari va ular bo‘yicha o‘tqizmalardan tarkib topgan.
Masalan: . Buning ma’nosi: shlitsli birikma ichki diametri d bo‘yicha markazlashtiriladi; 8 tishli; ichki diametri d = 36 mm, o‘tqizmasi ; D = 40 mm, o‘tqizmasi ; b = 7 mm, o‘tqizmasi .
Alohida vtulka va val tegishli ravishda faqat bitta joizlik maydoni bilan belgilanadi:
vtulka d – 8 x 36H7 x 40H12 x 7D9;
val d – 8 x 36e8 x 40a11 x 7f8.
Markazlashtiruvchi diametrlar bo‘yicha joizlik maydonlari ko‘rsatmasligiga yo‘l qo‘yiladi (chunki bu joizlik maydonlari standartlarda bir ma’noli me’yorlanadi), lekin yon tomonlari bo‘yicha o‘tqizmalar markazlashtirish usulidan qat’i nazar ko‘rsatilishi shart. Masalan, D bo‘yicha markazlashtirilganda D-8x36x40H7/h7x7F10/f9; yon tomonlar bo‘yicha markazlashtirilganda o‘tqizmani faqat shu parametr bo‘yicha ko‘rsatish mumkin: b-8x36x40x7D9/h8.
Evolьventali shlitsli birikmalar to‘g‘ri yonli shlitsli birikmalardan faqat tish va ariqchalari yon yuzalarining shakli bilan farqlanadi. Ularning vazifasi to‘g‘ri yonli shlitsli birikmalarnikidek bo‘lsada qator afzalliklarga ega: ishlovboproq, chunki bir modulli vallar bitta chervyak freza bilan ishlanishi mumkin, tishli g‘ildiraklarga qo‘llanadigan barcha pardoz operatsiyalarni (shevinglash, jilvirlash va hokazo) qo‘llash imkoni borligi; ularning tishlari o‘zgaruvchan qalinlikka egaligi va asosi yo‘g‘onroq bo‘lishi hamda profillar tekis o‘tishi (o‘tkir burchaklar- kuchlanishlar yig‘uvchilari yo‘qligi uchun to‘g‘ri yonli shlitsli birikmalarga nisbatan 10-40% ga kamroq) tufayli kattaroq aylantiruvchi momentlarni uzatish qobiliyati; yuklanish ostida o‘zi o‘rnashish va aniqroq markazlashtirishni ta’minlaydilar.
Tikroq evolьventa yuzasini hosil qilish va tish asosi yo‘g‘onroq bo‘lishi uchun profilь burchagi 30 (tishli g‘ildiraklarda 20) qabul qilingan.
Evolьventali birikmalarda markazlashtirishning uchta usuli qo‘llanadi.
Tashqi diametrlar 4 dan 500 mm gacha, modullar 0,5 dan 10 mm gacha, tishlar soni (modulь va diametrga qarab) 6 dan 82 gacha me’yorlanadi.
Evolьventali birikmalar aniqligini me’yorlashning prinsipial yo‘li to‘g‘ri yonli birikmalarnikiga o‘xshash joizlik maydonlari JO‘YAT dan olinadi, markazlashtiruvchi va markazlashtirmaydigan elementlar uchun joizlik maydonlari beriladi.
Me’yorlashning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, joizlik maydoni ikki qismdan – val tishi yo‘g‘onligi va ariqcha enining joizlik maydonlaridan iborat. Bu me’yorlar kalibrlar yordamida nazorat qilingan holda beriladi.
Nazorat kalibrlarsiz amalga oshirilganda bitta joizlik maydoni qo‘llanadi. Tishlar tomonlarining parallellikdan chekka og‘ishlari standartda birikmalar uchun emas, kalibrlar uchun beriladi.
Farqi yana shundaki, standartning asosiy matnida nafaqat joizlik maydonlari, balki tishlarning yon yuzalari va tashqi diametri bo‘yicha o‘tqizmalar (eng ko‘p qo‘llanadigan) keltirilgan. Ichki diametr bo‘yicha markazlashtirilgandagi joizlik maydonlari standartning ilovasida berilgan.
Birikmaning elementlari o‘tmaydigan kalibrlar yordamida nazorat qilinadi.



Yüklə 263,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin