Mehnat faoliyati havfsizligi.
Kompyuter bilan ishlaganda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
1) Ishdan oldin:
-ish joyini to‘g’ri tashkil qilish;
-kuchlanish kabellarini, ulovchi o‘tkazgichlarni, rozetka, shtepsel vilkalarini sozligini tekshirish;
-mashinani shunday o‘rnatish kerakki, tebranish (vibratsiya) va chayqalish turlari bartaraf etish imkoni bo‘lsin;
-mashinaning hamma bloklarini sozligini va kompyuterni butun ishga tayyorlik darajasini tekshirish.
2) Ish mobaynida:
-kompyuterda begona shaxslarni ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik;
-begona buyumlarni mashinaning ishlayotgan bloklariga tushib qolmasligini nazorat qilib turish;
3)Ishdan so‘ng:
- ish joyini tartibga keltirish
Ish mobaynida quyidagilar taqiqlanadi:
kiyimning yuqori cho‘ntaklarida begona metall buyumlar, ayniqsa o‘zining tarkibida magnitlangan temirga ega bo‘lgan buyumlarni saqlash;
malakasi ikkinchi toifadan past bo‘lgan shaxslarni xonada bir o‘zi ishlashi;
mashinaning tok oqib o‘tadigan qisimlariga teginish;
manbaga ulangan kompyuterdan platalarni olish va qo‘yish; shuningdek, ajralishi yoki bog’lanishli ulanishlarni ajratish yoki ulash;
tarmoqqa ulangan kompyuterning ustki qopqog’ini yechish;
axborotni tasvirlovchi modul ( monitor ) qopqog’ini ochish, chunki electron nur trubkaga yuqori kuchlanish beriladi;
ventilatsion tirqishlarni berkitish;
malakaviy mas’uliyatga ega bo‘lmagan foydalanuvchilarga kompyuterda paydo bo‘lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish;
boshqa nominalga ega bo‘lgan saqlagichlarni ishlatish;
nosoz mashinalar bilan ishlash;
ish vaqtida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq holda tashlab ketish…
Ish joyida monitor shunday joylashishi kerakki, yorug’lik iloji boricha yuqoridan burchak ostida tushishi kerak. Monitor derazaga nisbatan yoni bilan turishi, ish stoli esa yorituvchi qurilmalar ostida turishi kerak. Ko‘zni zo‘riqtiradigan, to‘g’ri ( ko‘rish maydoniga tushayotgan yorug’lik manbayi ) va qaytgan ( ekrandan qaytgan yorug’lik ) yorug’likdan iloji boricha himoyalanish kerak. Buning uchun ish joyini o‘zgartirish kerak. Monitordagi tasvirning yoritilganligi, ravshanligi va kontrasti bajarilayotgan ishga va xonaning yoritilganligiga bog’liq holda sozlanishi kerak. Monitor, hujjatlar va klaviatura shunday joylashishi kerakki, ularni yorug’lik manbasiga nisbatan joylashganligiga bog’liq bo‘lgan yuzalardagi ravshanlik 1:10 nisbatan oshib ketmasligi kerak (1:3 nisbat tavfsiya etiladi). O‘tirganda oyoqlarning bukilgan burchgi 90 daraja va undan yuqorini tashkil qilishi zarur. Axborot kiritish vaqtida qo‘lning tirsakdan to kaftgacha bo‘lgan qismi pol bilan parallel bo‘lishi, yelkalar esa erkin holda bo‘lishi kerak. Bu maslahatlarning hammasi kompyuter bilan ishlashda tana a’zolarini toliqtirmasdan, zo‘riqtirmasdan ishlashini ta’minlaydi.
Xulosa: bundan ko‘rinib turibdiki, kompyuter bilan ishlaganda har bir ishga ma’suliyat bilan yondoshib, texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish mashinaning ham, insonning ham havfsizligini ta’minlaydi. Bu esa ikki tarafga ham omadli ish yuritishga imkon yaratadi.
Xulosa
Malakaviy amaliyot haqida xulosam shuki, o‘gangna bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 5 yil sirtdan o‘qishning o‘zi kamlik qiladi. Bo`lajak mutaxassis xodim uchun eng kerakli narsa o`quv jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng kerakli xislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda AKT, dasturlash tillari fanlarni mukammal bilishni taqazo etadi. Mening fikrimcha, Oliy ta’limni bitirib biror bir tashkilot ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan xodim uchun ikki oylik pedagogik amaliyot kamlik qilarkan.
Ta’lim jarayonida o‘qitish ishlari zamon talabiga mos ravishda kompyuterlar yordamida dasturlash asoslariga oid yozilgan kompakt-disklardan, so‘nmas internet tarmog‘ining Informatika va AT faniga oid ma’lumotlaridan, yangi texnologiyalar na’munalari berilgan video filmlar, slayda va albomlar kabi ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish asosida olib borish, tajribalarni oshirish maqsad va vazifaga aylanishi zarur.
Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan biz yoshlarga juda katta sharoitlar yaratilgan. Shu bilan bir qatorda telikommunikatsiya va axborot texnolagiyalariga katta e’tibor qaratilgan.
Shu boisdan men ham shu soxaning yetuk mutaxassisi bo‘lishga va xususan malakaviy amaliyotimni o‘tagan davlat xizmatlari markaziga, institutda o‘qituvchilarimdan o‘rgangan o‘z bilim va ko‘nikmalarim bilan o‘rtoqlashishga harakat qilaman. O‘z ustimda ishlab berilgan shart sharoitlardan unumli foydalanishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.
Foydalanilgan adabiyotlar.
https://www.lex.uz
https://www.wikipedia.com
https://www.google.com
Dostları ilə paylaş: |