Namangan muhandislik qurilish instituti fakul’teti 5340800-Avtomobil yo’llari va aerodromlari ta’lim yo’nalishi IV bosqich talabalari uchun “Avtomobil yo’llarini ekspluatatsiya qilish” fanidan yakuniy nazorat savollari



Yüklə 19,44 Kb.
səhifə1/2
tarix03.05.2023
ölçüsü19,44 Kb.
#106657
  1   2
6 variant


Namangan muhandislik qurilish instituti <> fakul’teti 5340800-Avtomobil yo’llari va aerodromlari ta’lim yo’nalishi IV bosqich talabalari uchun “Avtomobil yo’llarini ekspluatatsiya qilish” fanidan yakuniy nazorat savollari.
6-variant
1.Avtomobil yo`llarini ko`kalamzorlashtirish. 2.Yo`l yoqasidagi manzaraviy ekinlar. 3.Harakat xavfsizligini oshirish maqsadida xarakatni tashkil qilish. 4.Yo`l belgi chiziqlarini chizish uchun materiallar va jihozlar. 5.Avtomobil yo`llarini arxitektura-manzaraviy obodonlashtirish haqida tushunchalar.
Kafedra mudiri: dots. D.Maxkamov
Tuzuvchi: M. Abdurazaqov


1.Avtomobil yo`llarini ko`kalamzorlashtirish.
Avtomobil yo‘llarining ko‘kalamzorlashtirishni asosiy vazifasi yo‘l va uning elementlarini noqulay havo-iqlim omillaridan, yo‘l territoriyasi va atrofini transportdan ifloslanishdan himoya qilish, obodanlashtirish elementlari va arxitektura – tasviriy bezatishni, hamda haydovchini mo‘ljalga olishni ta’minlashni tashkil qilishdir.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish asosiy ikki turga bo‘linadi:
himoya va manzarali ko‘kalamzorlashtirish.
Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishga quyidagilar kiradi:
- nurashga qarshi ko‘kalamzorlashtirish;
- qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- shovqin-gaz-changdan ximoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish.
Manzarali ko‘kalamzorlashtirishga, avtomobil yo‘lining arxitektura-tasviriy ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llaniladigan ko‘kalamzorlashtirish kiradi.
Nurashga qarshi ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini atmosfera yog‘inlari va uchirib ketuvchi shamollarning buzuvchi ta’siridan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Erroziyaga asosan himoyalanmagan yo‘l yoqasi yuzasi, yon bag‘irlar va suv qochirish inshootlari uchraydi.
Asosan erroziyaga past mustahkamlik mayda donali changsimon qumlar, changsimon suglinok va glinalar, lyoslar va lyossimon suglinoklar, tarkibida ko‘p miqdorda gilina donalari bo‘lgan mergeli gruntlar xarakterli.
Yo‘l bo‘yida yotuvchi ko‘chib yuruvchi qumlarga qarshi chora ko‘rilmasa qatnov qismini qum bosishiga olib kelishi mumkin.
Grunt yuzalarini nurashga qarshi himoyalash choralarini samarali usullaridan biri ularda ildizi 20 sm va undan chuqurroq usuvchi o‘simlik qatlamini xosil qilish va natijada zich va mustahkam chimli qatlam hosil qilishdir.

  • Qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘l poyini qor bosishidan himoyalash uchun qilinadi. Bu trudagi ko‘kalamzorlashtirish bir yoki bir necha tasma ko‘rinishida, uncha katta bo‘lmagan hajmli qor bosishda buta yoki qoraqarag‘ay, jonli devor ko‘rinishida qo‘llaniladi.

  • Qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini qum bosishdan saqlaydi va daraxt-buta ekinlari hamda yo‘l bo‘ylab yotuvchi qumlarni o‘simlik ekish bilan mustahkamlashni o‘z ichiga oladi.

  • Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘lning axoli yashash joylari va ularning yaqinidan, kurort mintaqasi territoriyasi yonidan, davolanish maskanlari, qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar hamda madaniy qimmatbaho qishloq xo‘jalik masulotlari etishtirish uchun mo‘ljallangan yerlar va boshqa joylarda qilinadi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish ko‘p qatorli maxsus tanlab olingan daraxt-butali ekinlardan tashkil topadi va shovqin tarqalishini, zaharli gazlar va yo‘l qoplamasida to‘planuvchi changlarni tarqalishini oldini olishda samarali to‘siq hisoblanadi.

  • Manzarali ko‘kalamzorlatirish avtomobil yo‘lini atrof tabiati bilan aloqasini kuchaytirish maqsadida qilinadi. U o‘z tarkibiga faqat yangi daraxt va butalarni ekish emas, balki atrof landshaftiga organik mos tushuvchi yoki e’tiborsiz joylarni yopib turuvchi yo‘l bo‘yi tasmalaridagi mavjud o‘simliklarni saqlash, qo‘shimcha yangi ko‘chatlar ekish va saqlashni ham oladi.

  • Manzarali ekinlar harakat havfsizligini ta’minlashda ham qo‘llaniladi: katta masofalarda yo‘l trassasini ifodalashda ayniqsa qatnov qismi yuzasini haqiqiy ko‘rinishga ega bo‘lmaganda; haydovchilarni chorraha va tutashmalardan ogohlantirish; yon tomondan esadigan shamoldan himoyalash va boshqalar.

  • Shovqin-gaz-qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish.

  • Yo‘l bo‘yi mintaqasini kompleks himoyalash talablariga binoan yashil ekinlarni asosiy ko‘rsatgichlari quydagicha tartibda bo‘ladi:

  • - tasma kengiligi – 10 m dan kam bo‘lmagan;

  • - daraxt balandligi 7-8 m dan kam bo‘lmasligi shart;

  • - butalar balanligi – 1,5-2 m dan kam bo‘lmagan.



Yüklə 19,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin