Namangan muhandislik-pedagogika


Fan sohasini formal tasnifi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə2/12
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#39428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ispring quizmaker dasturida web dasturlash fanidan testlar kompleksini ishlab chiqish

Fan sohasini formal tasnifi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusida keltirilgan Web dasturlash fani kasb-hunar kollejlarining informatika va axborot texnologiyalari, multimedia tizimlari va texnologiyalari kichik mutaxassisliklarining mutaxassislik fanlari blokida o'qitiladi. Bugungi kunda manashu mutaxassisliklarni shu fan bo'yicha ma'ruza mashg'ulotlari 3 kursda o'qitiladi. “Web dasturlash” fani doirasida o'quvchilar elektron sahifalar, web saytlarni yaratish, saytlarni va sahifalarni yaratish bo'yicha dasturlashtirish asoslarini va texnikalarini (usullarini) o'rganishadi. Nazariy asoslari elektron sahifalarni dasturlashtirish bilan bog'liq qo'llaniladigan tushunchalar va modellarni o'z ichiga oladi. Web brauzerlar. Web brauzer dasturlari, Internet Explorer dasturi va





imkoniyatlari, Web celerator, AtGuard, AdWiper brauzer dasturlari, Mosaic brauzeri. Web sahifa tushunchasi, gipermatnlarni belgilash tili (HTML), gipermatnlarini uzatish protokoli (HTTP), Web sahifalarni yaratish uchun dasturiy vositalar bo'yicha oddiy ko'nikmalaridan kompleks bilimlar orqali o'tadi. SHuningdek amaliy texnika bilan ma'lumotlar modeli va saytlar yaratishning nazariy asoslari e'tiborga olinadi.

SHuningdek:

  • Internet tarmog'ida elektron web saylar bilan ishlashni o'rganish

  • Web saytlarni yaratish uchun mo'ljallangan CMSlar bilan ishlashni o'rganish

  • SQL Server ma'lumotlar bazasi bilan ishlashni o'rganish

  • Internet tarmog'ida joylashtirilgan shablon asosida yaratiluvchi saytlar bilan ishlani o'rganish

Ushbu fanni o'rganish davomida: elektron saytlarni strukturasi, saytlarning tiplari, wordpress,

joomla, dropal, datalife dasturlari bilan ishlash usullari va prinsiplari haqida tushunchalar beriladi.

Ushbu sohadagi muammolar va mazkur ishning zarurati. Bugungi kunda kasb-hunar kollejlarida o'qitiladigan mutaxassislik fanlaridan dars mashg'ulotlarini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o'quvchilarni mutaxassislik fanlari bo'yicha bilimlarini yuqori bo'lishi hamda amaliyot bilan bog'liq ravishda tashkil etishda pedagogik texnologiyalarni turli metodlarini qo'llash masalasi ustida juda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim sohasida samaradorlikni oshirish muammolarini hal qilishda aynan pedagogik texnologiyalarni qo'llab dars mashg'ulotlarini tashkil etish yaxshi natijalar berishi juda ko'p fanlarda o'z samarasini bermoqda.

Web dasturlash” fanini ma'ruza mashg'ulotlarini tashkil etishda Klaster, Limerik va Sinkveyn texnologiyalaridan foydalanish mavzusida keltirilgan bitiruv malakaviy ishini bajarilishi natijasida kasb-hunar kollejining manashu fanni o'rgatuvchi o'qituvchilari uchun dars ishlanma, didaktik materiallar hamda oraliq va yakuniy nazoratlarni avtomatlashtirish uchun elektron sahifalar asosidagi mavzular ketma-ketligidagi testlar kompleksini ishlab chiqish va foydalanish nazarda tutiladi.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin