I.M. Sechenov o'zining “Bosh miya reflekslari” (1863) kitobida shunday fikrni ilgari suradi: “ongli va ongsiz hayotning hamma aktlari o'zining yuzaga kelish jihatidan reflekslardan iboratdir”.
Psixikaning asosiy vazifalarini “Venna diagrammasi” usuli yordamida quyidagicha ishlab chiqish mumkin:
Psixik (ruxiy) jarayonlar organizm hayotida aks ettiruvchilik, signallik va boshqaruv funktsiyasini bajaradi. Organizmning boshqaruv faoliyati organizm xatti - harakatlariga, muhit o'zgarishlariga muvofiqlashtirish va shu yo'l bilan organizmning muhitga to'g'ri, qulay moslashib olishiga imkon beradi. I.M. Sechenov psixik faoliyatning ruxiy jihatdan boshqarilishi reflektor xarakterga ega ekanligi haqidagi g'oyani ilgari suradi. Nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan bu g'oyalarning to'g'riligini I. P.Pavlov tajribada isbotladi.
I.P.Pavlov oliy nerv faoliyati qonuniyatlarini kashf etdi. Uning ana shu qonuniyatlari haqidagi barcha qarashlarini umumlashtirilgan holda ikki xil signal tizimi haqidagi ta'limot deb atash mumkin. I.P. Pavlov hayvonlarda birinchi signal tizimini (ranglar, hidlar, obrazlar) insonlarda, ikkinchi signal tizimini signallar signali, ya'ni so'zlar tashqil qilishini aniqlagan.
Ong psixikaninng eng yuksak darajasi bo'lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo'lishi natijasidir. Bu ma'noda ong mutafakkirlar ta'kidlab o'tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir.
Ongning birinchi xossasi, bu - ong anglash demakdir. Inson ongi tevarak - atrofdagi taqi olamga doir bilimlar yig'indisidan iboratdir. Anglash taqi olamdagi narsalarni tushunish. Ong tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi.
Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob'yekt bilan sub'yekt o'rtasidagi aniq farq o'z ifodasini topadi, ya'ni odam “men” degan tushunchani “men emas” tushunchadan farqini ajratadi. Odam o'zini bilish qobiliyatiga ega bo'lgan, ya'ni psixik faoliyatini, o'z - o'zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir.
Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko'zlash faoliyati ta'minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko'riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo'llari hisobga olinadi.
Ongning to'rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his - tuyg'ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig'indisidir.
Ongni yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi - tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu shunday psixik jarayonlar va holatlar yig'indisiki, unda inson o'z xatti -harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bo'nga tush ko'rish, ba'zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o'ziga xos shakli bo'lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o'rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o'rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashqil etish, ta'lim - tarbiya jarayonini to'g'ri olib borishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |