Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə29/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Individual va jamoaviy ong
Odamning asosiy xususiyatlaridan biri uning mehnat qilish qobiliyatidir, mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo‘lib hisoblanadi. Jamoaviy ong faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. Shuningdek, u L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leont’yev, A.R.Luriya, A.V. Zaporojets, P.YA.Galperin va boshqa ko‘pchilik psixologlarning asarlarida yoritib berilgan.
Jamoaviy ong – bu sub’yektning olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik obrazning yuzaga kelishi va uning ob’yektda ifodalanishi, shuningdek, sub’yektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’yekt faolligining ifodalanish shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini bildiradi. Shunday qilib, faoliyatni insonga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin. Jamoaviy ong predmetlilik va sub’yektlilik xususiyatlariga ega. Jamoaviy ong predmeti deb u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan to‘qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko‘ra, psixik jarayonlar faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon o‘z funksiyalari va operatsiyaviy-texnik tuzilishiga ega bo‘lib, ma’lum maqsadda amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o‘zaro farqlari va mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog‘liq perseptiv maqsad va funksiyalariga ega.
Perseptiv funksiyaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini keltirish mumkin. Bunday funksiyalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko‘z bilan chamalash masalalarini hal etishda, chehralarni, ovozlarni tanib olishda va h.da bajarishga to‘g‘ri keladi. Barcha funksiyalarni hal etish uchun har biriga mos ravishda farqlash, aniqlash, o‘lchash, tanish va boshqa harakatlar ko‘rinishidagi perseptiv harakatlar amalga oshiriladi. Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va b.)ni faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o‘rganib, ma’lum axborotlar – faoliyatning umumiy tuzilishi, darajalari, kechish shakllari va hokazolarni qo‘llash mumkin va zarurdir.


Adabiyotlar
  1. ҒозиевЭ.Ғ. Умумий психология.Т.:Ўқитувчи, 2010.


  2. Леонтьев А.Н. Лекции по общей психологии: учеб.пособие для студ.высш.учеб.заведений. – 5-е изд., стер. – М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2010. – 511 с.


  3. Лурия А.Р. Лекции по общей психологии. –СПб.: Питер, 2006. – 320 с.


  4. Ж.Годфруа. Что такое психология? М. 1999 г. 2-том.





Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin