Individuallik – bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi.
Individuallik – bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o‘zida insonning boshqa odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana tuzilishi, yuz tuzilishi va h.) xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning boshqasidan farqini, ya’niuning individualligini aytib berishi mumkin.
Shunday qilib, biz ko‘rib chiqqan «odam, individ, shaxs va individuallik» tushunchalari ko‘lam jihatidan turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama esa – «individuallik» tushunchasidir.
Adabiyotlar
Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология.Т.:Ўқитувчи, 2010.
Леонтьев А.Н. Лекции по общей психологии: учеб.пособие для студ.высш.учеб.заведений. – 5-е изд., стер. – М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2010. – 511 с.
Лурия А.Р. Лекции по общей психологии. –СПб.: Питер, 2006. – 320 с.
Ж.Годфруа. Что такое психология? М. 1999 г. 2-том.