Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə125/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Adabiyotlar
  1. Аверин В.А. Психология личности: Учебное пособие. – СПб.: Изд-во Михайлова В.А., 1999.


  2. Маслоу А. Мотивация и личность. – СПб.: Питер, 2003. – 352с.


  3. Нельсон-Джоунс Р. Теория и практика консультирования. СПб.: Питер, 2000. -464 с.


  4. Холл К., Линдсей Г. Теории личности. М., 1998.- 796 с.


  5. Хьелл Л., Зиглер Д. Теории личности. СПб.: Питер, 1997. – 608 с.


  6. ҒозиевЭ.Ғ. Умумий психология.Т.:Ўқитувчи, 2010.




Nazorat savollari
  1. Shaxsning o‘zini o‘zi anglashi.


  2. O‘zini o‘zi bilishi va o‘zini o‘zi baholashi.


  3. O‘zini o‘zi anglash bosqichlari..


  4. “Men” tushunchasi.


  5. Shaxsning “Men-konsetsipsiyasi”.


  6. “Retrospektiv Men”. “Real Men” va “ ideal Men”larning mohiyati.




15-mavzu.SHAXS TARAQQIYOTINING PSIXOTIK, CHEKLANGAN VA NEVROTIK DARAJALARI
Reja:
1. Xarakter tuzilishi va uning diagnostikasi
2. Shaxs tuzilmasining nevrotik darajasi
3. Shaxs tuzilmasining cheklanganlik darajasi
4. Shaxs tuzilmasining psixotik darajasi.
5. O.Kernberganing strukturali yondashuvi


Xarakter tuzilmasi va uning diagnostikasi mezonlari
Xarakter bilan bog‘liq muammolari bilan bog‘liq hal etiladigan masalalardan biri uning buzilish bo‘lib, uni qanday mezonlar orqali baholash bilan bog‘liq. Xarakterga bag‘ishlangan jahon psixologik adabiyotlarda xarakter shaxs xususiyatlarining tizimlashuviga ko‘ra aniqlanadi va unga quyidagilar kiradi:
1) barqaror ehtiyojlar va motivlar;
2) shaxsning irodaviy sifatlari (maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, tashabbuskorlik va boshqalar);
3) barqaror emotsional reaksiyalar. Barqaror ehtiyojlar va motivlar ,
shaxsning irodaviy sifatlari psixikaning mazmuniy xossasini, emotsional reaksiyalar esa psixikaning dinamik xossasini tashkil etadi.
Psixoanalitik adabiyotlarda xarakter muammosiga quyidagi nuqtai nazardan qaraladi: Z.Freyd drayv nazariyasiga ko‘ra:1)libido rivojlanishining bir necha bosqichi qayd etiladi; 2) ego-psixologiya pozitsiyasidan xarakter himoya mexanizmi, ya’ni xavotirdan qochish sifatida namoyon bo‘ladi .
Xarakter diagnostikasiga va shaxs buzilish darajasi ham Z.Freydning drayv nazariyasi asosida shakllantirilgan. N. Mak-Vilyamsning modeliga ko‘ra xarakter modeli va uning diagnostikasi bo‘yicha o‘ziga xos yondashuv mavjud.
N. Mak-Vilyamsning xarakter tuzilmasi mazmuni ikki mezon asosida aniqlanadi:
1) shaxs tuzilmasini rivojlanish darajasini baholash (Freyd bo‘yicha), shaxs individuatsiyasi yoki patologiya darajasini aks ettiradi. Mak-Vilyams taraqqiyotni to‘rt darajaga ajradi: psixotik, cheklangan, nevrotik va normal.
2) shaxsning himoya uslubi yoki xarakter tipi diagnostikasi (masalan, paranoid, shizoid, depressiv va boshqalar.).
Mak-Vilyams modeli vujudga kelishi bilan odatdagi psixologiya xarakterga nisbatan chetdan qarashni to‘xtatdi. Ammo birdaniga yuz bermasdan, balki unga qadar kundalik ongda ikki kategoriyadagi insonlarga ajratiladigan odamlarni ajratuvchi mulohazalarga olib kelgan: bemorlar ("psixlar") va sog‘lomlar (" psix emaslar"). Differensial nuqtai nazardan o‘tkazilgan diagnozda amaliy jihatdan bunday yondashish qat’iyan shart emas.
Bu yo‘nalishga bog‘liq diagnostik maqsadlarda uzoq vaqt davomida standart baholash uslubidan foydalanilgan. Bu psixiatr va psixoterapevtlarni qoniqtirib kelgan.
Ushbu sxemaga ko‘ra real voqelikda sog‘lom yoki normal insonlar degan xulosaga olib keluvchi holat. Unga nisbatan og‘ishni aks ettiruvchi boshqa bir munosabat esa reallik haqidagi ma’lumotlarga zid munosabatni aks ettiruvchi bemorlar guruhiga ajratishga olib keldi.
Odatda isterik, fobiyali, kompulsiv, maniakalli yoki depressivli tendensiyalilarga ma’lum psixologik qiyinchiliklarga uchraganlarga patsientlar deb murojaat qilinadi. Asotsial patsientlar esa axloqiy jihatdan aqlsiz patsientlar sifatida tasniflanadi.
20-asrning o‘rtalariga qadar nevrotik va psixotik darajali patologiya o‘rtasidagi farqlarni tahlilchilar shaxs buzilishidagi oraliq shakllardan foydalanmasdan tafovutlashga olib keldilar.
Nevrotik voqelikni tushunishi, ammo shaxsiy muammolari borasida shaxsiy qiyinchilikka duch keladiganlar hisoblangan. Uning tayanch xususiyatlari hatdan tashqari mexanik va qayishqoq bo‘lmagan psixologik himoya mexanizmlardan iborat. N. Mak-Vilyams nevrotiklarni qopqog‘i mahkam berkitilib, qaynatilayotgan xumchaga o‘xshatadi.
Psixotiklar esa voqelikdan munosabatni ajratib qo‘ygan va kuch himoya mexanizmga ega bo‘lganlar sanaladi.
XIX-asrdayoq salomatlik bilan bemorlik o‘rtasidagi “cheklangan maydonga” ega patsientlarga ajratishga olib kelgan edi. XX-asrning o‘rtasiga kelib, nevrozlar va psixozlar o‘rtasidagi oraliq zona haqidagi g‘oya paydo bo‘ldi.
Xelen Doych buni “go‘yoki shaxslar deb” nomladi. Xox va Polatin "psevdonevrotik shizofreniya" kategoriyasi olib kirishdi. 1953 yildaNayt cheklangan holarlar haqidagi esseni e’lon qildi. 1968 ymlda Grinker cheklangan sindromning asoslovchi tadqiqot o‘tkazdilar
1980 yillarda umumqabul qilingan DSM-IV (Diagnostics and Statistics of Mental Disorders) atamasi paydo bo‘ldi. Bemorlarning ajratilgan guruhi xususiyatlari psixotiklarda gallyusinatsiya yoki alahsirash mavjud emas, ammo nevrotiklarda nostabil va aytib bo‘lmaydigan xulq-atvor mavjud. Patsientlarning psixoanalitik davolash vaqtida patsientlar vaqtinchalik psixotik bo‘lib, psixoanalitikdan tashqari holatda barqarorlikni namoyon qiladi.
Mak-Vilyams psixotik, cheklangan va nevrotik darajalari E.Erikson bo‘yicha shaxs taraqqiyot darajasiga to‘g‘ri keladi.
Psixotiklar Erikson bo‘yicha taraqqiyotning birinchi darajasiga to‘g‘ri keladi. Ular ishonish yoki ishonmaslik, cheklangan shaxslarda separatsiya/individuatsiyalar, nevrotiklar – tashabbuskorlik yoki aybdorlik tuyg‘usini kechirish bilan identefikatsiyalashgan.
Uch darajadagi shaxs taraqqiyotiga mansub kishilar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash uchun maxsus standartlashgan so‘rovnomalar patsientlar o‘rtasida o‘tkazilgan.
U quyidagi savollar bilan yoritiladi:
  • ustuvor sanaladigan himoyalar;


  • identiklikni integratsiyalashgan darajasi;


  • testlashtirishning voqelikka mosligi va o‘zining patologiyasini kuzatishga qobiliyatli;


  • asosiy nizolar tabiati;


  • ko‘chish va ko‘chishga qarshi xususiyatlar;


  • ushbu sxema oqibatida shaxsning alohida darajasi haqidagi xulosaga kelinadi: psixotik, cheklangan va nevrotik





Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin