Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə22/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi (amerikalik psixolog E.Bern va nemis psixologi K.Levin). Ushbu psixologik nazariya insonning hayotda ma’lum, o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy rollarni ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana shu rollar ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo‘lib hisoblanadi.
Bunday nazariyaning ma’lum bo‘lgan turlaridan biri amerikalik psixolog erik Bern tomonidan taklif etilgan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, odam boshqa rollardan ko‘proq quyidagi ijtimoiy rollarni ijro etadi: bola roli, ota-ona roli va katta odam roli.
Bola roli katta odamning o‘zini boladek his etishda davom etishida va bola sifatida tutishida namoyon bo‘ladi (mas’uliyatsiz, xarxasha qiladi, arazlaydi, e’tibor va g‘amxo‘rlik talab etadi va h.). Ota-ona roli odamning boshqalar uchun mas’uliyatni, ularga g‘amxo‘rlikni o‘z elkasiga olishida, boshqalarga o‘rgatishi, jazolashi, talab qilishida va hokazolarda namoyon bo‘ladi.
Ota-ona roli – o‘zinikatta odamlar haqiqatdao‘zlarini bir-birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim bo‘lsa, shunday tutishlaridan iborat. Har kimning shaxsiy erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, huquqini tan oladilar, ishonadilar, qo‘llaydilar va b.
Fizikaviy «maydon» tushunchasi va topologiyada qabul qilingan tasvirlash tamoyillarini qo‘llagan holda, K.Levin individ va muhit o‘rtasidagi mutanosiblik buzilgan holatdagi xulq-atvorning dinamik tizimi konsepsiyasini ishlab chiqdi.
K.Levin konsepsiyasida boshlang‘ich holat sifatida individning «hayotiy makoni» ichida ma’lum yo‘nalish, kattalik va tayanch nuqtasiga ega bo‘lgan, uning psixologik kuchlari (intilishlar, istaklar va b.) hosil bo‘ladigan va o‘zgaradigan yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi. «Maydon»ning bir xil hududlari individni tortadi, boshqalari itaradi. Ob’yektlarning bu sifati xulq-atvor «maydon» kuchlari bilan harakatlanadigan xulq-atvorning motivatsiyali tuzilishini xarakterlovchi valentlik (musbat yoki manfiy) deb ataladi. Valentlik shaxs va uning maqsadlari, yo‘ldagi to‘siqlar va hokazolar jamlangan psixologik «makonni» o‘z ichiga oluvchi yaxlit vaziyatning funksiyasi bo‘lib hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik yo‘nalishlar ham mavjud. Bunday yo‘nalishlardan biri bo‘lib, gumanistik psixologiya hisoblanadi. Gumanistik yo‘nalish psixologlari uchun shaxs faqat atrofdagi voqelikka emas, balkishaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan psixologik hosiladir. Gumanistik psixologiyaning vakillari K.Rodjers va A.Masloudirlar.
Terapiyadagi o‘zining metodini K.Rodjers nodirektiv, ya’nibemorda jamlangan metod deb nomladi. Bu metodga asosan, shifokor bemorga bosim o‘tkazishi kerak emas. Shifokor va bemor o‘rtasidagi aloqa bir-biriga nisbatan hurmatga asoslangan bo‘lishi kerak, bunda ularning ikkisi ham suhbat yoki aloqaning teng huquqli ishtirokchisi bo‘lib hisoblanadilar. Terapevtning funksiyasi shifokorning bemor uchun ikkinchi «Men»i sifatida namoyon bo‘lishi va uning ichki olamiga e’tiborli bo‘lgan vaziyatni yaratishdan iborat. Bunday vaziyatda mijoz barcha kechinmalari, hissiyotlari qiziqish va mamnuniyat bilan idrok etilishini his etadi, bu tajribasida yangi qirralarni ochishga, ba’zida esa u yoki bu kechinmalar ma’nosini birinchi marta anglab etishga yordam beradi.
Keyinchalik Rodjersning nodirektiv terapiya g‘oyasi nodirektiv xulq-atvor psixologiya nazariyasigacha rivojlandi. Bu nazariyaga asosan, sog‘lom odamlarning o‘zaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv bo‘lishi kerak.
Rodjers shaxs nazariyasining markaziy xalqasi – o‘zini baholash darajasidir. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi natijasida unda o‘zi haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Lekin o‘zini baholashning shakllanishi nizolarsiz o‘tmaydi. Ko‘p hollarda atrofdagilarning baho berishi o‘zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson ko‘pda atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o‘z fikrida qolishdan birini tanlay olmay, qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo‘ladi, buni Rodjers «jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola organizmida bo‘lib o‘tadi, ya’nibu erda biz yana bir bora tug‘ma sifatlar tushunchasi bilan to‘qnashamiz.
Psixologiyadagi gumanistik yo‘nalishning boshqa vakili amerikalik psixolog Abraxam Xarold Maslou bo‘ladi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, insonning asosiy ehtiyoji – bu o‘zini aktuallashtirish, o‘zini mukammallashtirish va o‘zini namoyon etish. A.Maslouning yozishicha: «O‘zini aktuallashtiruvchi odamlarning barchasi qandaydir faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ular o‘z funksiyalariga, ishlariga astoydil kirishadilar, o‘z ishlarini juda qadrlaydilar» Bu toifadagi odamlar yuksak qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar (ular ichida – yaxshilik, haqiqat, insoflilik, go‘zallik, haqqoniylik, etuklik va boshqalar), bunday odamlar uchun bu xislatlar hayotiy muhim ehtiyoj bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs tuzilishi Maslou bo‘yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar tadrijiyligidan iborat. Bu ehtiyojlarni tubandan yuqoriga sanab o‘tamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar, mansublik va muhabbatga bo‘lgan ehtiyojlar, hurmat qozonish ehtiyojlari, bilish ehtiyojlari, estetik ehtiyojlar va o‘zini aktuallashtirish ehtiyojlari.
Yuksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo‘lgan o‘zining barcha qobiliyatlarini to‘la rivojlantirish, ma’nan o‘sish va axloqiy yuksalishga intilish kabi aktuallashtirish ehtiyojlarini bildiradigan xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Inson ehtiyojlar tadrijiyligi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida egallagan o‘rnining o‘zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq darajadagi ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz darajada bo‘lsaham qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb ehtiyojga aylanadi; agar insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida, uning yaxlit ehtiyojlar darajasi ham qaytadan tuziladi. Maslou fikricha, o‘zini aktuallashtirish — bu doimiy taraqqiyot va o‘z imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayonidir. Maslou o‘zini aktuallashtirish – tug‘ma hodisa bo‘lib, inson tabiatiga kiradi deb hisoblaydi. Inson yaxshilik, axloqiylik, samimiylikka bo‘lgan ehtiyojlar bilan tug‘iladi. Ular insonning asosini tashkil etadiva odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni bilishi kerak bo‘ladi.
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma’lum bo‘lgan tadqiqotlar L.S.Vigotskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bog‘liq. Shaxs muammosini hal etishga A.N.Leont’yev va L.I.Bojovich katta hissa qo‘shganlar.
L.S.Vigotkiy, L.I.Bojovich tomonidan kiritilgan etakchi faoliyat va taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko‘rish bola hayotining turli davrlarida faoliyatning o‘zaro ta’siri va shaxslararo muloqotning murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma’lum nigoh bilan qarash shakllanishini ko‘rsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim xususiyatlaridan biri, faoliyat etakchi motivlari yig‘indisi sifatida tushuniladigan taraqqiyotning sharti bo‘lib hisoblanadi.
A.N.Leont’yev o‘zining markaziy o‘rinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. L.I.Bojovichning konsepsiyasiga o‘xshash, bu konsepsiyada hamshaxsning asosiy ichki xususiyati shaxsning motivatsiya sohasi bo‘lib hisoblanadi. Uning nazariyasidagi muhim tushuncha inson faoliyati maqsadlarining uning motivlariga, ya’niayni damda bevosita qo‘zg‘atuvchiga yo‘nalganlikka bo‘lgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy mohiyatdir. Shaxsga tegishli bo‘lgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman bo‘lsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning o‘zi esa shunchalik ma’nan boy bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, shaxs bo‘yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib borilayotganini ta’kidlab o‘tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan iborat.
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga singari ko‘plab qarama-qarshi ta’riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur psixologV.P.Zinchenko fikriga ko‘ra: «Inson» tushunchasi bilan faqat «shaxs» tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B.Elkonin adabiyotlarda shaxsning yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs emasligini xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi, faylasuf E.V.Ilenkovning yozishi bo‘yichashaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga tenglashtirib bo‘lmaydi. Shaxs miya tuzilishi bilan emas, balkiinsonning insonga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emas. Shaxslar ko‘lamiE.A.Ilenkovning odilona fikriga ko‘ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi.
Yana bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvilining tasdiqlashicha: «Shaxs – bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi. Shaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». Shunday ta’rif bergan bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangiz-chi, axir insonning eng muhim ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq».
Psixologlar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilarideb hisoblaydilar. B.G.Anan’yev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa ta’sirlari ob’yekti» sifatida ta’rif beradi. A.N.Leont’yev fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biron bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum o‘rinni egallagan insonning kutilgan xulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining muayyan tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)». Shaxs taraqqiyoti individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. Umumiy psixologiyada ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‘iz, individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va nomodal boshlang‘ich modda tushuniladi.
L.S.Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‘ngra uni yana qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida yozgan edi.
Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyandalari ham qo‘shiladilar. G.S.Knabening ta’kidlashiga ko‘ra, «shaxs» insonning jamiyat hayotidagi ishtiroki va hayotda tutgan o‘rni nuqtai nazaridan insonga xosxususiyatdir». V.A.Shkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «Shaxs jamiyat a’zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish… Shaxsni uning ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o‘z tipi va hokazolarning xususiyatlaridan yig‘ib olish mumkin». Hozirgi kunda psixologiyashaxsni insonning jamiyatdagi hayotida shakllanadigan ijtimoiy-psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu munosabatlar uning shaxsini shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u yangi sifatlarga ega bo‘ladi.
Chet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo‘lgan fikrlar oqimi va xulq-atvorini belgilab beradigan ma’naviyat tushuniladi. J. Godfruaning fikricha, shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta’sirlar bilan belgilanadi. «Shaxs» tushunchasi o‘z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.) asosida ijtimoiy muhit (oila, maktab, «muhim o‘zgalar») va faoliyat (o‘yin, bilish, mehnat) bilan faol o‘zaro ta’sirlar jarayonida hosil bo‘lgan individga xos bo‘lgan ijtimoiy sifatlar yig‘indisini birlashtiradi.
Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o‘laroq, 30yoshga etgunicha o‘zgarmasdan qolmaydi. Masalan, Kaliforniya Universitetining bir guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta Beshlik» (vijdonlilik, murosaga moyillik, nevrotizm va ekstravertlik) nomi bilan ma’lum shaxsiy sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog‘liq emas, shuning uchun etarlicha ishonchli tarzda namoyon bo‘ladi. Odamlar yosh o‘tishi bilan hayotiy ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o‘rganadilar, xususan, shafqatliroq va mehribonroq bo‘lishga intiladilar.
Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o‘laroq, yosh o‘tishi bilan nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, 20–30 yoshlilarda murakkab funksiyalarni bajarishda va tashkilotlar tuzishda ko‘mak beradigan vijdonlilikning kuchayishi kuzatiladi. Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko‘pchilik holatlarda 30 yoshdan so‘ng yorqin namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda «shaxs» tushunchasining turlicha talqinlari mavjud. Bizesa R.S.Nemov tomonidan berilgan shaxsning, nazarimizda, yanada aniq va to‘liq psixologik ta’rifidan foydalanamiz.
Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishidan iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L.Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarda; yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladigan individual-tipologik xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. A.G.Kovalev yo‘nalganlik, xarakter, imkoniyatlar va mashqlar tizimini ajratadi. M.I.Enikeev temperament, yo‘nalganlik, layoqatlar va xarakterni sanab o‘tadi. Mashhur psixolog K.K.Platonov yo‘nalganlik tarkibini, ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib ko‘rsatadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin