Naftion kislota (natriyli tuzi)


 - rasm. Shlifli kolba va sovutgichlar.  9 - rasm



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/111
tarix31.01.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#81976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
212 XTF ga tasha

8 - rasm. Shlifli kolba va sovutgichlar. 
9 - rasm. Shlifli nasadkalar, tomizgich voronkalar va shlifli alonj. 
 
Kimyoviy idishlarni yuvish
 
Tajriba uchun ishlatiladigan idishlar toza, quruq bo’lishi kerak. Uni 
vodoprovod suvi bilan maxsus tozalagich (ershik) yordamida yuviladi va bir necha 
marotaba suv bilan chayiladi. Agar idish nihoyatda iflos bo’lsa, suvga ozroq xlorid 
kislota solinadi yoki xromli aralashma (kaliy bixromat bilan kons sulfat kislotasi 
aralashmasi) bilan chayiladi. Yuvilgan idishni qurituvchi disqqa osib qo’yiladi. 
Agar idishni tez quritish kerak bo’lsa uni qurituvchi shkafga qo’yiladi. O’lchagich 
idishlarni ishlatib bo’lgan zaxotiyoq yuvib qo’yiladi. O’lchagich idishlarni 
qurituvchi shkafida quritib bo’lmaydi. 



Kimyoviy idishlar nihoyatda toza bo’lishi kerak, bu shartni 
bajarmasdan turib ishlash mumkin emas. Shuning uchun idishni yuvish mukammal 
o’rganish va uni tozaligiga to’la ishonch hosil qilish kerak.
Idish yuvish usulini tanlashda har bir holatda quyidagilar zarur: 
1. 
Idishni ifloslantirgan moddalarni bilish; 
2. 
Ifloslikni suvda (issiq va sovuq), ishqor, har hil tuzlar va kislota 
eritmalarida eruvchanligidan foydalanish; 
3. 
Oksidlovchilarning xossalaridan foydalanish, ma’lum sharoitda 
organik va noarganik ifloslanishni oksidlab, eruvchan birikmalarga aylantirish
4. 
Yuvish vositasi sifatida sirt-faol xossasiga ega har qanday 
moddalardan foydalanish mumkin (sovun yuvuvchi vositalar, yuvuvchi gilmoyalar 
va x.k.) 
5. 
Idishni ifloslantiruvchi cho`kma barqaror bo`lsa undan tozalash uchun 
mexanik usullarni qo`llash mumkin. 
6. 
Yuvish uchun arzon kimyoviy reaktivlardan foydalanish maqsadga 
muvofiq. 
7. 
Idishlarni yuvishda baxtsiz xodisalar kuzatilishiga yo’l qo’ymaslik va 
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak. Laboratoriyaning har bir xodimi 
texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishgan bo’lishi shart.
Idish devorlaridan ifloslikni har xil usullar bilan yo’qotish mumkin; 
mexanik, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy yoki boshqa usullar.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin