Nafas olish tizimi. Teri va uning hosilalari. Teri



Yüklə 23,16 Kb.
səhifə2/2
tarix22.12.2023
ölçüsü23,16 Kb.
#189764
1   2
Nafas olish tizimi

2. Nafasnafas olish — organizmga kislorod kirib, undan karbonat angidrid (CO2) chiqib ketishi, shuningdek, hujayra va toʻqimalarda kislorod yordamida kechadigan organik moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida organizm hayot faoli-yati uchun zarur boʻlgan energiya ajralib chiqishidan iborat jarayonlar majmui.

Nafas olish a'zolariga: burun bo'shlig'i, hiqildoq, kekirdak (traxeya), bronxlar, o'pkalar va plevra pardalari kiradi. Nafas olish sistemasi organizm bilan tashqi muhit o’rtasi-da gaz almashinishini ta’minlash vazifasini bajaradi. Nafas olish o’pka al’veolalarining ritmik (bir me’yorda) kengayish va qisqarish jarayoni bo’lib, atmosfera havosining o’pka al’veo-lalari devorlaridagi kapillyarlar qoni bilan bo’lgan aloqasini ta’minlaydi. Nafas olish sistemasi burun b o’ sh l i g’ i, h i q i l d o q, traxeya vabronxlardan iborat havo o’tkazish yo’llaridan hamda o’pka pufakchalari - al’veolalardan iborat respirator bo’limlardan tashkil topgan. Havo o’tkazish yo’llari-da havo namlanadi, isiydi va har xil chang zarrachalaridan tozalanadi. Respirator bo’limlarida esa qon va al’veolalar o’rtasida havo almashinadi. Taraqqiyoti. Nafas organlarining rivojlanishi ovqat hazm kilish nayi taraqqiyoti bilan birga kechadi. Burun bo’shlig’i og’iz bo’shlig’ining tanglay to’sitclari bilan bo’linishidan hosil bo’- ladi. Embrion hayotining 3-haftasida oldingi ichak (halqum) ning ventral devoridan toq xaltasimon bo’rtma hosil bo’ladi. U pastga qarab o’sadi va ichakdan ajraladi. Bo’rtmaning yuqori qismidan hiqildoq va traxeya, 2 ta pastki xaltachalaridan esa o’pka hosil bo’ladi (o’ng va chap bo’laklari). 4-5- oylar oxirlari-da bronxlar va bronxiolalar hosil bo’la boshlaydi. So’ngra, al’veola yo’llari rivojlanadi va al’veolalar paydo bo’ladi. Ularning devori tcilindrsimon va kubsimon hujayralardan iborat. Rivojlanish jarayoni davomida o’sayotgan bronx shoxla-rini o’rab turgan mezenximadan mushak elementlari, tog’aylar, bronxlarning elastik va fibroz to’qimasi hosil bo’ladi. Ayni vaqtda, mezenximadan qon tomirlar to’ri rivojlanadi. Ular bilan birgalikda o’pkaga nervlar o’sib kiradi. Plevraning vis-tceral va parietal varaqlari splanxnatom varaqlaridan hosil bo’ladi. Pusht rivojlanishining butun taraqqiyoti davomida al’veola pufakchalari bujmaygan bo’ladi. SHuning uchun ham o’lik tug’ilgan bola o’pkasining bir parchasi suvga tashlansa, bu bo’lak cho’kadi, aksincha, tug’ilib, bir oz yashab o’lgan bolaning o’pkasi suvda qalqib turadi. Bu hol sud meditcinasida ahamiyat-ga ega. Faqatgina bola tug’ilishi bilan olgan birinchi nafasi tufayli al’veola pufakchalari kengayadi. Buning natijasida al’veola bo’shlig’i keskin kengayib, devori yupqalashib qoladi va havo almashinishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Burun bo’shlig’ida dahliz va nafas olish qismi tafovut etiladi. Dahliz teri epiteliysining davomi bo’lgan ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy ostida yog’ bezlari va soch ildizlari joylashadi. Bu erda joylashgan ko’p-gina tuklar olinayotgan havodagi chang zarrachalarini tutib qoladi. Burun bo’shlig’ining nafas olish qismi ko’p qatorli prizmatik hilpillovchi epiteliyli ishlli^ parda bilan qop-langan. Bu erda 4 xil hujayralar: kiprikli, oraliq yoki bazal, mikrovorsinkali va 258 qadahsimon yoki bez hujayralari tafovut qilinadi. Kiprikli epiteliy uzunligi 3-5 mkm bo’l-gan hilpillovchi kiprikchalar tutadi. Bu hujayralar orasida apikal qismida mikrovorsinkalar tutuvchi hujayralar ham bor. Qadahsimon hujayralar shilliq ishlovchi hujayralardir. Bu-run bo’shlig’ining nafas olish qismi shilliq qavatning o’z xusu-siy qatlamida juda ham yuza joylashgan ko’pgina qon tomirlar joylashadi. Bu tomirlar nafas havosini ilitib o’tkazishda mu-him ahamiyatga ega. Burun bo’shlig’ining quyi qismida joylash-gan enlik venalar chigali ba’zi ta’sirlar tufayli qon bilan to’lganda shilliq qavat ko’payib, burun bitish alomatlari yuza-ga kelishi mumkin. Traxeya devori 4 parda: ishlliq, shilliq osti, fibroz-tog’ay va tashqi adventitcial pardalardan iborat . SHilliq parda (tunica mucosa)-traxeyaning zich qism-lari bilan yaxshi bog’langanligi sababli burmalar hosil qil-maydi. U ko’p miqdorda qadahsimon hujayra tutgan bir qavatli,. ko’p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan bo’lib, 4 xil hujayrani farq qilish mumkin: kiprikli, qadahsimon, bazal va endokrin. Kiprikli hujayralar prizma shaklida bo’lib api-kal yuzasida 250 ga yaqin kiprikchalar tutadi. Ular hiqildoq. tarafga harakat qilib, traxeyadan turli yot moddalarni tashqa-riga chiqarishga yordam beradi. Qadahsimon hujayralar shilliq hosil qiladi. Bazal hujayralar kambial hujayralar hisob-lanadi. Endokrin hujayralarning bir necha turi farqlanib, ular turli gormonlarni: serotonin, dopamin hosil qiladi. Bu gormonlar nafas sistemasining turli qismlari faoliyatini boshqarishdan tashqari boshqa a’zolarga ham ta’sir qiladi (masalan, noradrenalin bronx devorini kengaytiradi. O’pkalar havo o’tkazish yo’llari, bronx daraxti (arbor bronc-hialis) va nafas olish sistemasining respirator bo’limi - al’-veolalar sistemasidan tuzilgan (arbor alveolaris). Ung va chap o’pka 10 tadan bronx - o’pka segmentlaridan tuzilgan bo’lib, har bir segment o’pka parenximasining bir qismidir. Segmentda o’pka ichidagi yirik bronxlar va uning tarmoqlari hamda o’pka arteriyasi va venalar ham bo’ladi. Segmentlar bi-riktiruvchi to’qimali to’siqlar bilan ajralib turadi. Upkaning har bir bo’lagi biriktiruvchi to’qimali to’siqlar orqali bo’lakchalarga bo’linadi. Bu to’siqlarda turli kalibrda-gi bronxlar, qon tomirlar va nervlar joylashadi. Upkaning bronx daraxti. Bronx devori bronx da-raxti bo’ylab bir xil tuzilishga ega emas. Bronx diametrining kichrayishi bilan uning tuzilishi o’zgarib boradi. Bronxlarning shilliq pardasi traxeyadagi singari kiprikli tcilindrsimok, qadahsimon, bazal va endokrin hujayralar tutadi. Bronxlarning distal qismida va terminal bronxlarda yana mikrovorsin-kalar tutuvchi (hoshiyali), kipriksiz va sekretor hujayralar-ham uchraydi. Plevra ko’krak bo’shlig’ini qoplab turuvchi parda bo’lib, u ikki: parietal va vistceral varaqlardan iborat. Parietal plevra ko’krak bo’shlig’ini va ko’ks oralig’ini ichki tomondan qoplaydi. Vistceral plevra esa o’pkani tashqi tomon-dan o’rab turadi. Plevra pardasining asosi qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan bo’-lib, unda qorin tutqichi kabi 6 qavat farqlanadi: 1) mezoteliy, 2) bazal membrana, 3) yuza joylashgan kollagen tolali qavat, 4) yuza elastik tolali to’r qavat, 5) chuqur joylashgan bo’ylama elastik to’r qavat. 6) chuqur panjarasimon kollagen - elastik tolalar qavati. Vistceral plevrada elastik tolalar yaxshi rivojlangan bo’lib, ular to’r hosil qilib joylashadi. Upka to’qimasidagi elastik tolalar bilan vistceral parda elastik tolalari yagona sinch ho-sil qilib, o’pkaning funktcional faoliyatida muhim rol’ o’ynay-di. SHuning uchun ham vistceral pardani o’pka to’qimasidan ajratib olish ancha qiyin. Vistceral pardada yaxshi rivojlangan elastik tolalardan tashqari onda-sonda silliq mushak hujayra-lari ham uchrab turadi. Plevra bo’shlig’ining tashqi devorini qoplab turuvchi parie-tal varaqda"elastik tolalar oz miqdorda uchraydi, biriktiruv-chi to’qimali qavati esa sustroq rivojlangan. Plevraning ustki tomoni bir qavatli mezoteliy bilan qop-langan bo’lib, u o’pkaning holatiga qarab yassi yoki bo’ychan bo’li-shi mumkin. Plevrada qon va limfa tomirlari va ayniqsa, nerv oxir-lari yaxshi rivojlangandir. Ular plevraga o’pka ildizidan, qon tomirlar bilan birga hamda o’pka to’qimasidagi bo’laklararo biriktiruvchi to’qimadan o’tib keladi.
Yüklə 23,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin