Axborotxarakteridagisavollar. Qo‘yilgan muammo bo‘yicha dalillarni, sanalarni aniqlashga qaratiladi. Bu guruhga kiradigan savollar ikki xil bo‘ladi: ular ochiq va yopiq savollardir. Ochiq savollar turli so‘roq gaplar orqali ifodalanib, turlituman javob berilishi ko‘zda tutiladi. Masalan: Siz daromadlarga belgilangan progressiv soliq stavkalariga qanday qaraysiz? Yopiq savollarbu savollarga javob «ha», «yo‘q», «ehtimol to‘g‘ri» tarzida olinishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘lib, odatda ular fe’lga «mi» qo‘shimchasi qo‘shilib hosil etiladi. Masalan:Talab egri chizig‘ini siljishiga modaning o‘zgarishi ta’sir kiladimi? Yoki yalpi ichki mahsulot hisoblaganda transfert to‘lovlarini qo‘shamizmi?
Muqobilsavollarikki variantda bo‘lib, ulardan nisbatan ishonchlirog‘i tanlanishi kerak. Berilgan savolni tushunish qiyin bo‘lsa, uni boshqacha tushunarliroq variantda beriladi.
Tasdiqlovchiyokimustahkamlovchisavollarvaziyatni aniqlash maqsadida beriladi. Masalan: a) talaba bildirilgan fikrlarni tushundimi, yoki tushunarli bayon qilindimi? Aytilgan fikrlarga hamma tushundimi? Yoki men aytganlarim tushunarlimi? tarzida qo‘yilishi mumkin.
Muloqoto‘rnatishuchunqo‘yiladigansavollarauditoriya bilan muloqot o‘rnatishga, keskin vaziyatlarni yumshatishga xizmat qiladi.
Yo‘llovchi,esgasoluvchiyordamchisavollarning mazmuni voqea, hodisaning bajarilishi, ro‘y berishi, ehtimoli yuqori darajadaligini ta’kidlaydi. Savol ohangi bilan to‘g‘ri javob berishga undaydigan savollar bo‘lib, talabaga to‘g‘ri javob berishga yordamlashadi.