Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 433,99 Kb.
səhifə116/117
tarix28.12.2022
ölçüsü433,99 Kb.
#78066
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
Psixologiya rozimboy

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI


Hozirda axborot tarqatish jarayoni butun insoniyatni qamrab olmoqda. XX asrning so`ngi yillariga kelib xalqaro miqyosda kompyutaer tarmog`i – internet tizimining vujudga kelishi va shu bilan birga butun dunyoni qamrab olishi, axborot almashinuvi jarayonlarining tezlashib borishi bir tarafdan biz uchun katta qulayliklar tug`dirsa ikkinchi tarafdan esa misli ko`rilmagan g`oyaviy ta`sir o`tkazish ko`lamining kengayib borishi bo`lib qolmoqda.
Internet insoniyatning muhim bir yutuqlaridan bo`lib, axborot va kommunikatsiya jarayonlarini ham misli ko`rilmagan darajada tezlashtirdi. Isnsonlar uchun qulayliklar yaratdi. Misol tariqasida, AQSH va Yevropada internet tarmog`i orqali amalga oshiriladigan bozor munosabatlari, amalga oshirilayotgan savdo-sotiq aylanmasining umumiy hajmi 5 trilliondan dollordan oshib ketgani buning yaqqol isbotidir. Bunga ko`ra esa 2002 yilda ishlatilgan dollorning yarmi internet tarmog`i orqali ishlatilgan.

TADQIQOT NATIJALARI


IDS taxlilchilarining ma’lumotiga ko`ra, hozirda yer yuzining to`rtdan bir qismidan iborat 1.4 milliard kishi internet tarmog`idan muntazam ravishda foydalanadi. Hamda yaqin 8 yillikda bu ko`rsatkich 2 milliarddan oshib ketishi kutilmoqda. Hozirgi kunga kelib internet tarmog`idan foydalanuvchi insonlarning 90 foizi rivojlangan davlatlarga to`g`ri keladi. Dunyoning qolgan aholisi esa shu kichik doiraning mafkuraviy tasirida hayot kechirishadi.
Hozirda eng qulay va tez kuchli mafkuraviy ta’sir ko`rsatish vositasi bo`lgan internet tizimi o`ta jiddiy muommolarni keltirib chiqarmoqda. Bu tizim bo`yicha qo`poruvchilik, g`oyalarini “eksport” qilish, odamlar ongini zaxarlash maqsadida foydalanish esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtirib kelmoqda. Odamlarni elektron xurujlar kiberterrorizm qarshisida chorasiz qilib qo`yadi.
Yirik terrorchi guruhlarning internet tizimida olib borayotgan qo`poruvchilik harakatlari insoniyatni juda ko`p tashvishlarga solib qo`ymoqda. Chunki cheksiz, bepayon internetning olamida ularning bu harakatlarini toppish va ularning ildizini toppish o`ta mushkul ishdir. Shu tariqa axborot yovuz kuchlar – uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo`lida havfli bo`lgan qurollarga aylanmoqda. Malumotlarga qaraganda axborot taxdidini uyushtirish ustida 120 ga yaqin davlat “hamjihatlilik” bilan ish olib bormoqdalar. Bundan kelib chiqadiki yagona axborot makonini yaratish va undan axborot taxdidi yo`lida foydalanish shu darajaga yetdiki, axborot maydonidagi yuz berayotgan xurujlar yadro poligonlaridan ko`ra, xavfliroq bo`lib qolmoqda. Hozirgi kunga kelib 20 dan ziyod davlatlarda yadro qurolini ishlab chiqarish borasida sa’yxarakatlar davom etayotgan pallada, axborot taxdidi bilan 120 dan ziyod davlatlarning jiddiy shug`ullanishi dunyoni yadro urushidan ko`ra axborot xuruji talvasaga solayotganidan dalolat beradi.

Yüklə 433,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin