Hayolning o‘ziga xos faoliyati xotira tasavvurlari tahlil va sintezida namoyon bo‘ladi. Hayolning jarayonlariga agglyutinatsiya, aksinterlash, sxematizatsiya, tiniqlashtirishdir. Xayolning sintez qiluvchi faoliyatining oddiy shakli agglyutinatsiyadir.
Agglyutinatsiya
Agglyutinatsiya- bir necha predmetlar qismlarini alohida bir yagona obrazda birlashtirish (yopishtirish)dir.
Hayolning murakkab xususiyatlari adabiy obrazlarni yaratishda aks etadi.
Masalan:[[ A. N. Tolstoy]] [[“Urush va tinchlik”]] romanidagi Natasha Rostova obrazini ikki qilish xarakteri xususiyatlarini birlashtirgan holda yaratgan, biri xotini Sof’ya Andreevna, ikkinchisi uning singlisi Tat’yana edi.
Hayol jarayonlarida xotira tasavvurlari kattalashtirish yoki obrazlarni yaratish kichiklashtirishda, predmet qismlarni ko‘paytirishda ifodalanishi mumkin.
Aksenlashtirish
Aksentlashtirish-u yoki bu xususiyatlarga urg‘u berish orqali yangi obrazlarni yaratish. Masalan: Bahodirlar, liliputlar, Guliver orazlari bunga misol bo‘ladi.
Sxemalashtirish
Sxemalashtirish- biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy boshining xususiyatlari to‘xtalishi.
Tiniqlashtirish
Tiniqlashtirish- bir xilda qaytariluvchi faktlarni konkret obrazda namoyon bo‘lishi.
[[A. S. Pushkin]] “Asl hayol genial bilimlarini talab etadi”, deb yozadi.
[[ K. D. Ushinskiy]] “Kuchli hayol faoliyatida aqlning maxsuli” degan.
Hayol turlari.
Hayol har xil turlarda namoyon bo‘ladi. Tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xayol – xayol turlari jumlasidan bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi.
Tasavvur hayoli
Tasavvur xayoli deb, hozir yoki o‘tmishda aslida bo‘lgan mavjud bo‘lsa ham, lekin bizning tajribamizda hali uchramagan va biz idrok qilmagan narsa va xodisalar to‘g‘risida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo‘lgan xayol turini aytamiz. Bu narsalarning obrazlari boshqa kishilarning aytib bergan so‘zlari asosida, shuningdek, yozma va boshqa xujjatlar asosida yaratiladi.