O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi.
O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalarikommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim - kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya - bu kodlash
(o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).
Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) - haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) - radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko‘rish-eshitish) - ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar.
Ta’limning texnik vositalari.TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranliovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga airatish mumkin: axborot;aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizualvositalar. Ta’ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi: