Mustaqil ta’lim topshiriqlari



Yüklə 223,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.04.2023
ölçüsü223,31 Kb.
#93441
  1   2   3
MUSTAQIL TA\'LIM TOPSHIRIQLARI



MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI 
1. «PARVONA» xususiy korxonasi (XK) mahsulot ishlab chiqarish faoliyati 
bilan shug‘ullanadi. Xususiy korxonada hisobot davri boshiga quyidagi aktivlari va 
passivlari mavjud bo‘lgan:
Asosiy vositalar – 88 154 000 so‘m, Ustav kapitali – 45 850 000 so‘m, 
Xaridorlardan olinadigan scho‘tlar -3 857 000 so‘m, Taqsimlanmagan foyda – 
18 746 000 so‘m, Materiallar – 9 665 000 so‘m, Budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlar 
– 8 552 000 so‘m, Boshqa kreditorlik qarzlari – 2 356 000 so‘m, Davlatning 
maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz – 3 767 000 so‘m, Idishlar – 
1 000 000 so‘m, Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlik – 3 500 000 
so‘m, Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish – 29 669 000 so‘m, Qisqa muddatli 
bank krediti – 60 000 000 so‘m, Kassadagi pul mablag‘lari – 1 000 so‘m, Mehnat 
haqi bo‘yicha qarz – 4 800 000 so‘m, Hisob-kitob scho‘ti – 74 563 000 so‘m. 
 
«PARVONA» XKda hisobot davrida quyidagi xo‘jalik operatsiyalari sodir 
bo‘lgan (shartli ravishda):
1. Boshqa kreditorlik qarzlari 2 356 000 so‘m 20xx yil 5-yanvarda hisob-kitob 
scho‘tidan to‘lab berildi. 
2. 20xx yil 7-yanvarda mol yetkazib beruvchilardan 3 000 000 so‘mlik 
materiallar qabul qilindi.
3. 20xx yil 4-yanvarda ishlab chiqarishga 9 500 000 so‘mlik materiallar berildi. 
4. Xaridorlardan 20xx yil 12-yanvarda hisob-kitob scho‘tiga 3 387 000 so‘m 
sotilgan tayyor mahsulotlar uchun pul kelib tushdi 
5. Xususiy korxonani budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlari 8 000 000 so‘m 20xx 
yil 15-yanvarda tuman soliq inspeksiyasiga o‘tkazib berildi. Shuningdek, davlatning 
maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz 3 500 000 so‘m ham shu sanada 
o‘tkazib berildi. 
6. Hisob-kitob scho‘tidan 20xx yil 18-yanvarda ish haqi uchun 4 800 000 so‘m 
naqd pul olindi. 
7. Kassadan to‘lov vedomostiga asosan 20xx yil 19-yanvarda 4 800 000 so‘m 
ish haqi tarqatildi. 
8. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga 20xx yil 15-yanvarda 1 500 000 
so‘mlik bo‘nak berildi. 
9. Ishlab 
chiqarishda 
ishlayotgan 
ishchilarga 
ish 
haqi 
hisoblandi
(28.01.20xx yil): 24 000 000 so‘m. 
- hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq (12 %) hisoblandi – 2 880 000 
so‘m; 
- ishchilarga hisoblangan ish haqidan daromad solig‘i hisoblandi – 2 880 000 
so‘m. 


10. Asosiy ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalarga 20xx yil 29-
yanvarda eskirish hisoblandi – 8 150 000 so‘m. 
11. 20xx yil 25-yanvarda mol yetkazib beruvchilarga 3 000 000 so‘m to‘lov 
topshiriqnomasiga asosan hisob-kitob scho‘tidan o‘tkazib berildi. 

Yüklə 223,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin