Mustaqil ish topshirdi: 924-20-guruh talabasi: Mamatqulov Miromon Qabul qildi: reja



Yüklə 110,57 Kb.
səhifə1/2
tarix30.09.2023
ölçüsü110,57 Kb.
#151054
  1   2
Tarmoq iqtisodiyoti 2 MI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
“IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI
“TARMOQLAR IQTISODIYOTI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH

Topshirdi: 924-20-guruh talabasi: Mamatqulov Miromon

Qabul qildi:

REJA:

1. Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida NIZOM


2. Tugatuvchining vakolatlari va ularni to‘xtatish
3. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatish tartibi
4. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish tartibi
5. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish

1. “Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish maqsadida: 2007-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish (faoliyatini to‘xtatish)ning soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin.Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. ro‘yxatdan o‘tkazgan organ tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘xtatiladi, shu munosabat bilan yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish to‘xtatiladi;


muassislar (qatnashchilar)ning ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarishga yo‘naltirilayotgan mablag‘laridan soliq olinmaydi.
Ixtiyoriy tugatish, shuningdek tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish va faoliyatini tiklash tartiboti qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda ushbu qarorda belgilangan soliq imtiyozlari qo‘llanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin va tushuntirsin. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
2. Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida
Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb ataladi) ixtiyoriy tugatish va tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini to‘xtatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning qoidalari:
banklar va boshqa kredit tashkilotlarini;
sug‘urtalovchilarni;
Keyingi tahrirga qarang.
shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalarni;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarni tugatishda qo‘llanmaydi.
Ayrim korxonalar uchun qonun hujjatlarida ularni tugatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari belgilanishi mumkin. Korxonani ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari) tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:tugatuvchi — tugatish komissiyasi (uning a’zolari tarkibi) yoki jismoniy shaxs (pasporti ma’lumotlari);mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi.Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning qaroriga (arizasiga) ko‘ra amalga oshiriladi.Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning tegishli davlat reyestriga bu to‘g‘rida yozuvlar qayd etilgandan keyin korxona tugatilgan, tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs esa o‘z faoliyatini to‘xtatgan hisoblanadi. Korxona muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs tugatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash va tugatish jarayonini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.


Yüklə 110,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin