Mustaqil ish. Mavzu: milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati



Yüklə 201,93 Kb.
səhifə2/3
tarix01.02.2023
ölçüsü201,93 Kb.
#82115
1   2   3
Milliy Xavfsizlik

Agentlik nomining o‘zgarishi.
31-yanvar kuni 1995-yildan beri agentlikka rahbarlik qilgan Rustam Inoyatovning Mirziyoyev tomonidan iste’foga chiqarilishi hukumat MXXni isloh qilish niyatida qat‘iy ekanini ko‘rsatdi. Mirziyoyev Inoyatov o‘rniga sobiq bosh prokuror Ixtiyor Abdullayevni tayinladi.
Ushbu voqea ortidan, 14-mart kungi prezident farmoniga bilan MXX DXXga aylandi va yillar davomida odamlarni qo‘rquvga solgan qisqartma yo‘qoldi.
14-mart kungi farmonga berilgan rasmiy izohda “milliy xavfsizlik” tushunchasi juda keng ekani va vakolatlarning asossiz kengaytirib yuborilishga sabab bo‘lgani, “davlat xavfsizligi” esa idora faoliyatini davlat ahamiyatiga ega chinakam tahdidlarga qaratishi ta’kidlangan.
Farmon bilan DXXga terrorizm, esktremizm, uyushgan jinoyatchilik hamda qurol-yarog‘ va narkotiklar savdosiga qarshi kurash olib borish vazifasi yuklatildi.
Gazeta.uz xabariga ko‘ra, 30-mart kuni jurnalistlar oldida qilgan chiqishi chog‘ida Abdullayev, idora ushbu ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borishini tasdiqlagan.
Davlat xavfsizlik xizmati “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhi, Tolibon, Turkiston Islom harakati va Afg‘oniston shimolidagi boshqa jangari guruhlarning faollashuvi, shuningdek, jangarilar safida bo‘lgan Markaziy Osiyoliklarning turli joylardan mamlakatimizga kirib kelishga urinishi kabi muammolariga qarshi turishi kerak bo‘ladi, dedi u.
Shuningdek, idora o‘z sa‘y-harakatlarini ekstremistik adabiyotlarning tarqalishi hamda qurol-yarog‘ va narkotiklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash, radikalizmga qarshi qonunchilikka amal qilinishini ta’minlash, xorijdagi mehnat muhojirlarining ekstremistik oqimlarga jalb etilishiga qarshi kurashga qaratadi, dedi u.
Qonunga asoslangan nazorat.
O‘zining 26 yillik faoliyati davomida MXX qonunchilikka tayanib emas, balki 1991-yildagi qisqagina hukumat qarori asosida ish yuritib kelgan”, deydi toshkentlik huquqshunos Muslima Hakimova Karvonsaroyga. “Shu paytgacha uning faoliyatini tartibga soluvchi hech qanday hujjat qabul qilinmagandi.”

Yüklə 201,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin