Mustaqil ish Mavzu: Embrional rivojlanish. Uruglanish. Mydalanish. Gastrulatsiya



Yüklə 27,61 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü27,61 Kb.
#181739
1   2   3
Embrional rivojlanish. Uruglanish.Mydalanish.Gastrulatsiya

Mezenxima - asosan mezodermadan kо`chib chiqqan о`simtali hujayralar bо`lib, ular guruh-guruh bо`lib homila varaqlari orasida joylashadi.
Amnion - (yun. atshop) , qogʻonoq — kjsak umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) murtak pardalaridan biri. Amnionning boʻlishi yoki boʻlmasligiga qarab umurtqalilar 2 guruhga:
amniotlar (yuksak umurtqalilar) va anamniyalar (tuban umurtqalilar)ga boʻlinadi.
Amnion bir qancha umurtqasizlar (hasharotlar, chayonlar, nemertinlar)da ham boʻladi.
Аllаntois - embrion qovugʼi (Allantois) — sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar — amniotalarning embrion pardalaridan biri. Orqa ichakdan hosil buladi, amnion bilan seroz parda orasida joylashadi. Embrionda nafas olish, chiqarish va oziqlantirish vazifasini bajaradi. Sudralib yuruvchilar va qushlarda Аllantois yaxshi rivojlangan. Sut emizuvchilarda embrion bachadonda taraqqiy etganligidan Аllantois bir qancha oʼzgarishlarga uchraydi va yuldosh (platsenta) shakllanishida qatnashadi. Аllantois devoridagi bir talay qon tomirlari embrion bilan tashqi muhit yoki embrion bilan ona organizmi urtasida gaz almashinuvini taʼminlaydi. Embrion rivojlanishining soʼnggi davrlarida Аllantoisning embrionda qolgan qismi qovuqqa aylanadi.
Epitelioxorial – yо`ldosh (chо`chqa, otda).
Desmoxorial - yо`ldosh (kavsh qaytaruvchilarda). Bu yо`ldosh xorionining vorsinkalari birmuncha masofada bachadon shilliq parda epiteliysini yemiradi va xorial epiteliy bachadon biriktiruvchi tо`qimasi bilan bevosita birikadi. Biriktiruvchi tо`qimaning tо`qima suyuqlig`idan xorionning vorsinkalari oziqa moddalarni sо`rib, moddalarni keyinchalik homilaning qon tomir sistemasiga о`tishini ta‟minlaydi. Bunday yо`ldosh kavsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydi.
Endotelioxorial - yо`ldosh (yirtqichlarda). Bu yо`ldoshning ona organizmi bilan aloqasi juda yaqin. Xorionning vorsinkalari bachadon biriktiruvchi tо`qimasini ham yemirib, bachadon qon tomirlar devorini qoplab turgan endoteliyga yetib boradi. Ular ona qonidan oziqa moddalarni qon tomirlar endoteliysi orqali oladi. Bunday yо`ldosh yirtqich hayvonlarda bо`ladi.
Gemoxorial - yо`ldosh (maymun va odamda) Bu tur yо`ldoshlar murakkab tuzilgan
va u primatlarda va odamda uchraydi. Bu yerda xorion bachadon shilliq parda iriktiruvchi tо`qimasinigina yemirib qolmasdan qon tomir devorlarini ham yemiradi va yemirilgan qismlar о`rniga qon quyiladi, keyinchalik esa bо`shliqlar (lakunlar) hosil bо`ladi. Yо`ldoshning bu turida homila о`zining taraqqiyoti uchun zarur bо`lgan moddalarni bevosita ona qonidan oladi.
Yüklə 27,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin