Mustaqil ish №7


Mavzu yuzasidan vaziyatga doir masalalar



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə4/5
tarix08.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73226
1   2   3   4   5
7 - Mustaqil ish (3)

6. Mavzu yuzasidan vaziyatga doir masalalar:
1. Odamlarda rang ajrata olish geni (dominant) va daltonizm (retsessiv) geni X jinsiy xromosomada joylashgan. Daltonik erkak va normal ko’rish qobilyaitga ega ayol nikohidan daltonik qiz tug’uldi. Ota-onaning genotipini aniqlang.
2. Gipertirxoz Y xromosomaga birikkan bo’lib jinsiy balog’at yoshida yuzaga chiqadi. Ixtiozning bitta shakli retsessiv gen bilan belgilanib, X jinsiy xromosomada joylashgan. Har ikki belgi bilan normal bo’lgan ayol va gipertrixoz erkak oilasida ixtioz bilan bola tug’uldi. Tug’ulgan bolada gipertrixoz belgilarini kutish mumkinmi? Har ikki belgisi bilan normal bola tug’ulishi ehtimoli bormi?
Agar tug’ulsa uning jinsi qanday bo’ladi?
3. Odamlarda katarakta va polidaktiliya dominant gen bilan belgilanib autosomada joylashgan. Bu genlar o’zaro birikkan (krosingover bo’lmaydi). Har ikki tomonning otasi kataraktali bilan, onasi polidaktiliya bo’lgan digeterozigot ota-onalar nikohidan qanday genotip va fenotipli farzandlar tug’uladi?


7. Mavzu bo’yicha tavsiya etilgan testlar
1. Irsiyatning xromosoma nazariyasini o'rganishdan chiqarilgan xulosalarni ko'rsating ?
1. Bitta xromasomada joylashgan genlar bitta birikkan gen guruhini xosil qiladi
2. Genlar xromosomada bir chiziq bo'lib joylashadi
3. Meyoz paytida gomologik xromosomalar o'rtasida chalkashuv (krossingover) bo'ladi
4. Xromosomalarning barchasi doimo bir xil bo'ladi
5. Xromosomalar o'rtasida bo'ladigan chalkashuvning soni hromosomada joylashgan genlarning orasidagi masofaga proporsional
6. Bitta xromosomadagi genlarning soni kariotipdagi barcha xromosomalar soniga teng
7. Chalkashuv faqat yirik xromosomalar o'rtasidagina bo'ladi
8. Birikkan genlarning soni xromosomalarning diploid to'plamiga teng

2. Jinsini aniqlay olish mumkin bo’lgan 3 ta muddatni ko'rsating ?


1.Poligam 2.Singam 3.Geterogam 4.Monogam 5.Epigam 6.Progam

3. Jinsiy Y-xromosomada joylashgan genlar bilan yuzaga chiqadigan belgilarni ko'rsating ?


1. Axandroplaziya 2. Mushak distrofiyasi 3. Tish emalining qorayishi
4. Urug’donning rivojlanishi
5. To'qimalarning bir biriga muvofiqligining ta'minlanishi
6. Gipertrixoz

4. Odamlarda jinsiy xromosomaga bog’liq bo'lgan retsessiv belgilarni ko'rsating?


1. Gipofosfatomik raxit 2. Daltonizm 3. Fenilketanuriya
4. Dyushennmiopatiyasi 5. Alkaptanuriya 6. Gemofiliya

5. Jinsiy xromosomada joylashgan gen bilan yuzaga chiqadigan belgini ko'rsating.


1. Gemofiliya 2. Dalьtonizm 3. Gipertrihoz 4. Sindaktiliya
5. Polidaktiliya 6. Albinizm

6. Odamlarda jinslar nisbati qaysi davrlarda o'rganiladi ?


1. Embrional 2. Implantaciya 3. O'sish va rivojlanish
4. Zigota 5. Tug’ilish 6. Gisto va organogenez

7. Erkagi gomogametali bo'lgan organizmlarni ko'rsating ?


1. Aksolatlar 2. Fil 3. Ilonlar 4. Ko'rshapalak
5. Kapalaklar 6. Kit 7. Drozofilla 8. ?ushlar

8. Chalkashuv(krossingover) qachon, qaysi organizmda va qanday xromosomalar o'rtasida sodir bo’ladi ?


1. Profazada 2. Gomologik xromosomalarda 3. Barcha xromosomalarda 4. Interfazada 5. Urg’ochi organizmida 6. Barcha organizmlarda
9. Gemofiliya va daltonizm belgilarini yuzaga chiqaruvchi genlar resessiv bo'lib, jinsiy X-xromosoma orqali irsiylanadi va ular orasidagi masofa 9,8 m organidaga teng. Ushbu belgilar bo’yicha geterozigotali ayol(uni otasi xam daltonik, xam gemofilik bo'lgan) bilan, ham daltonik, ham gemofilik nikohidan tug’ilishi ehtimoli bo'lgan o’g’il bolalarning fenotipiva % foizini aniqlang ?
1. 22,55 % - Ikkala belgi bo’yicha sog’lom
2. 22,55 % - Ikkala belgi bo’yicha kasal
3. 2,45 % - Gemofilik, rang ajrata oladi
4. 2,45 % - Gemofiliya bo’yicha sog’lom, rang ajrata olmaydi
5. 22,55 % - Gemofilik, rang ajrataoladi
6. 22,55 % - Gemofiliya bo’yicha sog’lom, rang ajrata olmaydi
7. 2,45 % - Ikkala belgi bo’yicha sog’lom
8. 2,45 % - Ikkala belgi bo’yicha kasal

10. Gemofiliya va daltonizm belgilarini yuzaga chiqaruvchi genlar recessiv bo'lib, jinsiy X-xromosoma orqali irsiylanadi va ular orasidagi masofa 9,8 m organidaga teng. Ushbu belgilar bo’yicha geterozigotali ayol (uni otasi ham daltonik, ham gemofilik bo'lgan)bilan, ham daltonik, ham gemofilik nikohidan tug’ilishi extimoli bo'lgan qiz bolalarning fenotipiva % foizini aniqlang ?


1. 22,55 % - Ikkala belgi bo’yicha sog’lom
2. 22,55 % - Ikkala belgi bo’yicha kasal
3. 2,45 % - Gemofilik, rang ajrata oladi
4. 2,45 % - Gemofiliya bo’yicha sog’lom, rang ajrata olmaydi
5. 22,55 % - Gemofilik, rang ajrataoladi
6. 22,55 % - Gemofiliya bo’yicha sog’lom, rang ajrata olmaydi
7. 2,45 % - Ikkala belgi bo’yicha sog’lom
8. 2,45 % - Ikkala belgi bo’yicha kasal


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin