Mustaqil ish: 2-sinf darsligi 14-mashq



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə2/2
tarix18.05.2020
ölçüsü1,48 Mb.
#31288
1   2
Mustaqil ish .12.(1)


Reja

1. Aka-singil holsiz yotgan qushchani ko‘rib qoldilar.

2. Ular qushchani uyda parvarish qilishdi.

3. Qushchani uchirib yuborishdi.
O‘qing.

Elyor va uning singlisi Nilufar bog‘da aylanib yurishardi. Ular qor ustida holsiz yotgan qushchani ko‘rib qolishdi. Nilufar qushchani qo‘liga oldi. Aka-singil uni uyga olib kelishdi. Qushchani yaxshi boqishdi. Bahor keldi. Kunlar isidi. Ular qushchani qo‘yib yuborishdi.


O‘qiganlaringizni uch qismga bo‘ling va har bir

qismni xatboshidan boshlab yozing. Yozganingizni



tekshiring.
Hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga bo'lish, har bir qismga sarlavha topish, matnni qayta hikoyalashga mo'ljallangan rejani tuzish.
216-mashq. Rasmni ko‘zdan kechiring.

Reja bo‘yicha hikoya tuzing.



Reja

1. Shohida idishlarni yuvayotgan edi.

2. Ukasi oshxonaga kirdi.

3. Hikoyani davom ettiring...
O‘qing.

Kechki ovqatdan keyin Shohida idishlarni yuvayotgan edi. Suvning bosim bilan oqayotganini eshitgan ukasi Azizbek oshxonaga kirdi.

– Opa, qarang, suv bekorga oqib ketyapti, tugab qolsa nima qilamiz? – dedi u...

Sh. Karimova

Hikoyani o‘zingiz davom ettirib yozing. Harakatni bildirgan so‘zlarning tagiga chizing.


299-mashq. O‘qing.

YOSHLAR IJOD SAROYI

Mamlakatimizda bolalar ijodiyotiga katta ahamiyat beriladi. Toshkentda Yoshlar ijod saroyi bor. U 2008-yili barpo etilgan. Yurtimizda iste’dodli bolalar juda ko‘p. Ular rassomlik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, san’at va boshqa yo‘nalishlarda ijod qiladilar. Saroyda yosh ijodkorlarning asarlari namoyish qilib boriladi. Bu yerda ularga zarur maslahatlar ham beriladi.

Matnda nimalar haqida yozilgan? U necha qismdan iborat?

Topshiriq.

Matndan foydalanib, savollarga javob bering va

yozing.

1. Toshkentda qanday saroy bor?

2. Yoshlar ijod saroyi qachon barpo etilgan?

3. Saroyda kimlarning asarlari namoyish etiladi?
Yuqoridagi mashqni bajarish orqali o’quvchilar hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga bo'lish, har bir qismga sarlavha topish, matnni qayta hikoyalashga mo'ljallangan

rejani tuzishni o'rganadilar.


302-mashq. O‘qing.

MARKAZIY XOTIRA MAYDONI

Markaziy xotira maydoniga ziyorat uchun bordik. U yer muqaddas qadamjodir. Bu majmuani bunyod etishda Qo‘qon, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva ustalari fidokorona mehnat qilganlar.

Markaziy xotira maydoni haqida bilganlaringizni so‘zlab bering.

4-sinf darsligi.

17- mashq. Matnni o‘qing. Darak gap, so‘roq gap va buyruq gaplarni toping.
Sulton ismli bola o‘z o‘rtog‘i Yusufjonga dedi:

—Yusufjon, Ali akamning yong‘oqlarini ko‘rdingmi? Qanday yaxshi, shirin yong‘oqlar! Yur, shu yong‘oqlardan cho‘ntagimizni to‘ldirib olaylik. Men daraxtga chiqib, yong‘oq qoqaman. Sen yong‘oqlarni terib olasan. Bizni hech kim ko‘rmaydi.

—Hech kim ko‘rmasa ko‘rmasin, lekin vijdonimiz ko‘rib

turadi-ku! —dedi Yusufjon.



Siz Yusufjonning o‘rnida bo‘lganingizda nima qilardingiz? Fikringizni

uch-to‘rt gap bilan ifodalang va yozing.
Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi savollar yoki quyidagi kabi topshiriqlami bajartirish

asosida o'tkaziladi: „Siz shu vaziyatda o'zingizni qanday sezasiz? Bular rasmda tasvirlangan deb o'ylang. Shu voqealar ko'z oldingizdan o'tyapti, siz ko'ryapsiz, eshityapsiz va o'zingiz tasvirlayapsiz deb o'ylang". O'quvchilarga topshiriq sifatida matndagi tabiat tasviri, qahramonlarning tashqi ko'rinishi, portretini so'z bilan tasvirlash berilishi mumkin. Bu asosan og'zaki bajariladi, ayrim hollardagina bayon shaklida yozdiriladi.


20- mashq. Matnni o‘qing.

Bog‘da chiroyli kapalak guldan gulga qo‘nardi. Karimjon

do‘ppisini uning ustiga otib tutib oldi. Kapalak Karimjonning

barmoqlari orasida tinmay pitirlardi.


Karimjon to‘g‘ri ish qildimi?
82- mashq. Rasmni kuzating.

Rasm asosida uch-to‘rt gapli hikoya tuzing. Hikoyangizga sarlavha

qo‘ying.

87- mashq. Matnni o‘qing. Gaplar o‘zaro qanday bog‘langan?

FUTBOL O‘YINI TARIXIDAN

18- asrda futbol o‘yini keng tus oldi. Ba’zan o‘yinda har bir tomondan besh yuz kishi maydonga tushardi. To‘pni shahar bo‘ylab ma’lum bir joyga birinchi eltgan komanda g‘olib sanalardi. Qo‘y terisidan tikilib, ichiga latta-puttalar to‘ldirilgan to‘p tepilardi. Futbolni ingliz qirollari ko‘p marta taqiqlaganlar, lekin o‘yin davom etaverardi. 19- asrda futbol sport turiga kiritildi va o‘n uchta o‘yin qoidasi ishlab chiqildi.
Matnni nechta qismga ajratish mumkin? Matnga reja tuzing. Rejangiz asosida matnni qayta hikoyalang.
Hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga bo'lish, har bir qismga sarlavha topish, matnni qayta hikoyalashga mo'ljallangan rejani tuzish.
88- mashq. O‘qing. Gaplarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matn tuzing va sarlavha qo‘yib yozing.

Yoz fasli bo‘lganligidan har yerda suvlar quribdi. Bechora Qarg‘a suv yo‘qligidan nihoyatda qiynalibdi. Òillari osilib, har tarafdan suv axtaribdi. Nogoh ko‘zani ko‘rib qolibdi. Yoniga kelib boqsa, ichida suvi bor. Oz vaqt ichida ko‘zaning ostidagi suv ustiga chiqib, tosha boshladi. Aqlli Qarg‘a suvdan ichib, uchib ketdi. Lekin bo‘ynini suqib, ichay desa, bo‘yi yetmaydi. Biroz o‘yladi-da, tumshug‘i bilan toshlarni yig‘ib, ko‘zachaning ichiga tashlay boshladi... (Abdulla Avloniydan)


Yozganingizni tekshiring.
158- mashq. Hikoyani o‘qing.

CHUMCHUQ
Dadam har bahorda hovlimizga anvoyi gullar ektirar edilar. Ularning yashnab turishini yaxshi ko‘rardilar. Ammo rayhonlarni kimdir uzib ketardi. Dadam rayhonlarni qo‘riqlashni menga topshirdilar. Dam olish kuni edi. Men hovlida ham dars qilib, ham rayhonlarni qo‘riqlamoqchi bo‘ldim. Bir mahal rayhonlar yoniga bir chumchuq keldi. Tumshug‘i bilan rayhonni shart uzib olib, uchib ketdi. Men chumchuq rayhon yer ekanmi, deb hayron bo‘ldim.

O‘rik pishdi. Men o‘rik tergani daraxtga chiqdim. Qarasam, chumchuqning ini bor ekan. Inining atrofiga ilingan qora rayhonlarni ko‘rdim. Bu voqeani dadamlarga aytib berdim. Chumchuqlar o‘z bolalarini qurt-qumursqa, chumolidan saqlashda rayhondan foydalanar ekan. Rayhon hidiga hasharot kelmas ekan.

Olmos

Hikoyadan nimalarni bilib oldingiz?

Berilgan savollar asosida matnni qayta hikoyalang.

1. Dadasi qiziga nimani buyurdi?

2. Qizcha nimaga hayron bo‘ldi?

3. Qizcha nimani bilib oldi?

Reja tuzing va bayon yozing. Otlarni aniqlab, tagiga chizing.
224- mashq. Matnni o‘qing va reja tuzing. Reja asosida qayta hikoyalang va bayon yozing.
...Ibn Sino bir haftadan keyin saroyga keldi. Dori-darmonlar bemorga ta’sir qilganini ko‘rdi. Binni Mansur Ibn Sinoni ochiq chehra bilan qarshi oldi. Òabibga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Ibn Sinoga nimani istasa, shuni bermoqchi bo‘ldi. Ibn Sino saroyning kutubxonasida mutolaa qilish uchun ijozat so‘radi. Podsho puldan ilmni afzal ko‘rgan olimga kutubxonadan foydalanishga ruxsat berdi.

Mirkarim Osim
226- mashq. Matnni o‘qing. Jo‘nalish kelishigi so‘roqlariga javob bo‘lgan otlarni toping. Ularni ko‘chirib, o‘zak va qo‘shimchalarini belgilang.

CHUMCHUQ BOLASI



Boboxon chumchuq bolasini rosa qiynadi. Suvga solib suzdirdi. Ikki qanotini yoyib hilpillatdi. Keyin ikki oyog‘iga ip bog‘lab, ko‘chaga olib chiqdi. Boboxon chumchuqni Tal’atga yarimta o‘chirg‘ich bilan qizil qalamga almashdi. Tal’at chumchuqchaning oyog‘idagi ipni avaylab yechdi. Keyin osmonga qo‘yib yubordi.

(O‘ktam Usmonovdan)
Tal’atning o‘rnida bo‘lganda siz nima qilgan bo‘lar edingiz?


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin