Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


Yirik mevali eman (Quyercus macrocarpa)



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə52/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

Yirik mevali eman (Quyercus macrocarpa)

Katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 40 m ga, diametri 2 m ga yaqin, shox-shabbasi yumaloq yoki yoyiq. Po‘stlog‘i yorilgan, to‘q qo‘ng‘ir rangda. Shoxida qanotsimon po‘kakli o‘siqlari bor. Novdasi awal kulrang tuk bilan qalin qoplangan bo‘ladi, so‘ngra bu tuklar to‘kilib ketadi. Barglari yirik, teskari tuxumsimon, tubi ponasimon, bo‘laklari chuqur kesikli, barg plastinkasining o‘rtasi yirik tomirigacha chuqur kesilgan bo‘ladi. Yong‘og‘i bittadan bo‘lib, yuqorigi barglar qo‘ltig‘ida joylashadi. Ular yumaloq, oval shaklda.


Bu eman Shimoliy Amerikaning sharqiy rayonlarida tarqalgan. Bu yerdagi o‘rmonzorlarda boshqa turdagi eman bilan birga o‘sadi. MDH da ushbu o‘simlik xushmanzara o‘rmon daraxti sifatida ekiladi. Moskva, Riga va Tallin shaharlarida o‘sadi. Sovuqqa hamda qurg‘oqchilikka chidamli. Emanning shox-shabbasi piramidasimon shakldagi turi ham bo‘lib, u nihoyatda chiroyli daraxt. Botanika bog‘ida o‘stirilib, sinovdan o‘tkazilmoqda va ekish uchun shaharlarga tarqatilmoqda.Ushbu manzarali daraxt turidan bugungi kunda shahar ko‘kalamzor-lashtirish sohasida keng foydalanilmoqda. Uning Q.alba, Q.bicolor va boshqa turlari ham o‘sadi. Istirohat bog‘lari va shifoxonalar, shuningdek, oromgohlar atrofida ekilsa, tashqi shovqindan himoyalaydi.





125



Soxta kashtan ( Aesculus hippocastanum L) Shox-shabbasi yoyilgan va shirasimon shakldagi, balandligi 20

m gacha yetadigan, o‘ta manzarali daraxt. Barglari qarama-qarshi, murakkab barmoqli, kuchli bandda joylashgan. Kuchli rivojlangan bargchalarining uzunligi 20 sm gacha va kengligi 10 sm gacha boradi.


* ■Xе'



11.2-rasm. Chorrahali yo‘llar atrofini ko‘kalamzorlashtirish.

Yapon saforasi, sadaqayrag‘och, mirzaterak, piramidasimon eman va boshqa bir necha turdagi manzarali yaproq hamda nina bargli butasimonlar joylashtirilib boriladi. Natijada yo‘lda hara-katlanayotgan avtomashinalardagi yo‘lovchilar, uzoq-yaqindan tashrif buyurgan mehmonlar atrofda barpo etilgan har xil uslubdagi kompozitsion ko‘rinishlardan zavq oladi, shuningdek, odamlaming yashil o‘simlik dunyosini sevib ardoqlashi uchun manzil bo‘ladi.


Kashtan o‘zining chiroyli to‘q yashil barglari va juda ajoyib oppoq gullari, keng yaproqlari bilan go‘zallik namoyon etadi va xushbo‘y hidli gullari bilan estetik manzara ham ko‘rsatadi. Kashtan daraxti o‘zining manzarali xususiyati bilan Toshkent shahrining eng asosiy joylari: Milliy bog‘, Oliy Majlis binosi, Istiqlol saroyi, Olimpiya shon-shuhrati qo‘mitasi va muzeyi, “8-mart” sihatgohi va Turkiston shtabi, Markaziy univermag





126

iitrolida o‘z ko‘rki bilan go‘zallik namoyon etmoqda. Haqiqatan ham, shahami ko‘kalamzorlashtirishda kashtan va yapon mil'orasi ko'chatlaridan keng foydalanish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2007-yilgi 186-sonli qarori ayni muddao bo‘ldi. Hu daraxt Bolqon, Qrim yarim orolida o‘sadigan eng chiroyli o'simliklardan biri hisoblanadi. MDHning Yevropa qismida Moskva va Sankt Peterburg shaharlari atrofida ekiladi, lekin bu yerlarda sovuqdan zararlanadi. Soxta kashtan - soyasevar o'simlik. U unumdor, nam tuproqli yerlami xohlaydi. Havoning issiq va quruq kelishi unga yomon ta’sir etadi. Bunday sharoitda yozning o‘rtalariga kelib barglari sarg‘ayib, qurib qoladi. To'nkasidan ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi. Uni qalamchadan ko‘paytirish ham mumkin. Umuman olganda, ko‘ka-lamzorlashtirish sohasida bugungi kunda ushbu manzarali daraxt turi dan keng foydalanilmoqda.





Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin