96
Musiqa savodidan o‘lchovlar, ladlar, ton va yarim ton, alteratsiya belgilari,
dinamik belgilari, intervallar, reprizalar bilan tanishtirib, musiqiy asarlari tahlil
qilish yaxshi natija beradi. Oltinchi sinfda o‘quvchilarni ovoz diapazoni 1-ovozlar
uchun (Do1 - Fa2). II-ovozlar uchun (Sikich-Re2), bu davrda o‘quvchilarga
qo‘shiqlarni ikki ovozlik qilib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu paytda,
ayrim o‘quvchilarda mutatsiya davri boshlanadi. Mutatsiya davridan oldin o‘g‘il va
qiz bolalar ovozi o‘rtasidagi farq uncha sezilmaydi. Mutatsiya paytida qo‘shiq
o‘rgatish o‘qituvchidan katta mas’uliyatni talab etadi. Qo‘shiqlar bolalarning ovoz
imkoniyatlariga mos tushishi va dars davomida ularningovozlarini asrab-avaylash
ishlariga yordam berishi lozim. Darsning asosiy qismini ashula aytishga sarf etib,
ovozlarini charchatmaslik kerak. O‘quvchilarni ikki ovozga ajratib qo‘shiqlarni
ikki ovozlik qilib, ularning ovozlariga moslash ovoz tarbiyasining muhim
vositasidir. Xor bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash faoliyatlari,
asarlarni tahlil qilishda mavzular asosida mantiqan bog‘lanadi. Yangi dastur
asosida yil mavzusi, chorak mavzusi va dars mavzusi bir-biri bilan bog‘lanadi.
Oltinchi sinfda musiqa madaniyati darslarida quyidagi qo‘shiqlar o‘rgatiladi:
«Bolalar», J. Jabborov she’ri, H. Rahimov musiqasi. «Munajjib bobo», P. Mo‘min
she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi. «Xush keldingiz», H. G‘ulomov she‘ri, S.
Boboyev musiqasi. «Dono bola», M. Mirzayev she’ri, N. Norxo‘jayev musiqasi.
«Go‘shtlar», K. Ganriguliyev she’ri, V. Ahmedov musiqasi.
Oltinchi sinfda quyidagi asarlar tinglanadi: O‘zbek xalq kuylari, «Jonon»,
«Norim-norim», «Gulizorim», A. Navoiy she’ri, Hoji Abdulaziz Abdurasulov
musiqasi. «Sharq taronalari», U. A’zim she’ri, D. Omonullayeva musiqasi.
«Qaydasan», T. To‘li she’ri, I. Akbarov musiqasi. «Elizaga», L.V. Betxoven
musiqasi.
Dostları ilə paylaş: