90
tahlil qilishga, to‘garaklarga qatnashishga, chiroyli ovoz hosil qilib kuylashga
qiziqishi va mas’uliyati oshib boradi. Keyinchalik esa ikki ovozli qo‘shiq
kuylashga qiziqishi ham ortib boradi. Ikki ovozli kuylash malakasi asta-sekin
singdiriladi. Bu to‘garak ishlarida o‘z natijasini ko‘rsatadi. Musiqiy asarni tinglang
va kuylash uchun albatta
musiqiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerakligi va hayotda musiqa
tarbiyasining ahamiyati haqida musiqa o‘qituvchisi tushuntirib borishi lozim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Beshinchi sinfda musiqa o‘qitishning ish mazmuni va metodikasi
nimalardan iborat?
2. Beshinchi sinf o‘quvchilarining fiziologik-psixologik xususiyatlari
nimada?
3. Beshinchi sinfda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va
o‘rgatish yo‘llari qanday?
4. Beshinchi sinfda o‘quvchilarning o‘qish davomida o‘zlashtirgan ko‘nikma
va malakalari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: