Murakkab tenglamalar yechish



Yüklə 69,29 Kb.
səhifə4/4
tarix18.05.2023
ölçüsü69,29 Kb.
#116156
1   2   3   4
Murakkab tenglamalar yechish must.ish

Testlar
1. tenglamaning ildizi bo‘lsa, ifodaning son qiymatini toping.
A) 50; B) 10; C) 5; D) 37.
2. tenglamaning ildizi x0 bo‘lsa, 18 : x0 ifodani hisoblang:
A) 6; B) 7; C) 7; D)
3. ( x 3):( x2)= 5:3 tenglamaning ildizi x0 bo‘lsa, 2x0 + 61 ifodaning son qiymatini toping.
A) 80; B) 70; C) 80; D) 81.
4. 4 :(2x 5) 2 :(3x- 2) tenglamaning ildizi x0 bo‘lsa, 4x0 + 11 ifodaning son qiymatini toping.
A) 18; B) 20; C) 19; D) 20.
5. 0,8 · (1,5x 2) 0,4x = 0,3 · (6x 5) 2,6 tenglamaning
ildizi x0 bo‘lsa, ifodaning son qiymatini toping.
A) 5; B) 1,25; C) 6,25; D) 5.

21. Firma buyurtmani 15 kunda bajarishi kerak edi. Firma har kuni rejadan tashqari 10 ta mahsulot tayyorlab, 12 kunda topshiriqni bajaribgina qolmay, balki qo`shimcha yana 24 ta mahsulot tayyorladi. Firma bir kunda nechta mahsulotni tayyorlashni rejalashtirgan edi?


22. Firma har kuni 42 tadan mahsulot tayyorlab buyurtmani ma’lum kunda bajarishi kerak edi. Firma har kuni rejadan tashqari 12 ta mahsulot tayyorlab, topshiriqni 2 kun avval bajaribgina qolmay , balki qo`shimcha yana 16 ta mahsulot beradi. Firma buyurtmani necha kunda bajarishi kerak edi?


23. Firma har kuni 25 tadan buyurtma tayyorlab, buyurtmani 12 kunda bajarishi kerak edi. Firma har kuni rejadan tashqari ma’lum miqdorda buyum tayyorlab, 10 kunda topshiriqni bajaribgina qolmay, balki qo`shimcha yana 20 ta buyum tayyorladi. Firma har kuni rejadan tashqari qancha buyum tayyorlagan?


24. “ Yangiobod” mahallasining “ Umid yulduzlari” bolalar futbol jamoasida 26 ta yosh futbolchi bor. Homiy tashkiloti jamoaning har bir a’zosiga futbol formasi, krosovka sovg`a qildi. Jamoa uchun 8 ta to`p ham berildi. Agar bitta krosovka 9230 so`m, 1 ta futbol to`pi 9650 so`m tursa, homiy tashkilot mahalla futbol jamoasi uchun necha so`m sarflagan?


25.Savdogarda 330kg o`rik bor. Agar u 1 kg o`rikni 600 so`mdan sotsa, 18 000 so`m zarar ko`radi. Savdogar o`zidagi hamma o`rikni sotib, 15 000 so`m foyda qildi. U o`rikning 1 kilogrammini necha so`mdan sotgan?


25.Savdogar uzumning har bir kilogrammini 900 so`mdan sotsa, 50 000 so`m zarar ko`radi. Agar uzumning har bir kilogrammini 1200 so`mdan sotsa, 100 000 so`m foyda qiladi. Savdogarda necha kilogram uzum bor? U bog`bondan uumning 1 kilogramini necha so`mdan sotib olgan?


26. Savdogar dehqondan 760 kilogram bodring sotib oldi va uni sotgani bozorga olib keldi. Bodringning 150 kilogrammi “urinib” qolgani uchun uning har bir kilogrammini olgan narxidan 80 so`m arzonga sotdi. Qolganining har bir kilogramini esa olganidan 120 so`m qimmatga sotdi. Yo`lkira va bozor xarajatlari uchun 15 000 so`m to`ladi. Savdogar necha so`m foyda ko`rgan?


27. 28 900 so`mni 86 ta kupyura (qog`oz pul) bilan to`lashdi. Kupyuralar 200 so`mlik va 500 so`mlik bo`lgan. Kupyuralardan nechtasi 200 so`mlik bo`lgan?


28. Uchta to`pda 224 m adras bor. Birinchi to`pda ikkinchisiga qaraganda 13 m kam, uchinchisiga qaraganda esa 5 m ko`p adras bor. Har bir to`pda necha m dan adras bor?


29. 5 ta daftar va 4 ta ruchka 310 so`m turadi. 1 ta daftar va 2 ta ruchka 110 so`m turadi. 1 ta daftar va 1 ta ruchkaning narxini toping.


30.2 ta tarvuz va 3ta qovun uchun 6700 so`m to`landi. Olingan 1 ta tarvuz va 1 ta qovundan 100 so`m qimmatga tushdi. 1 ta tarvuz va 1 ta qovunning narxini toping.


31. Shahar bo`ylab sayrga chiqish uchun har bir o`quvchidan 600 so`mdan pul yig`ish mo`ljallangan edi. Ammo 5 ta o`quvchi kelmadi. Shu sababli kelgan har bir o`quvchi mo`ljaldan 120 so`m ortiq pul to`ladi. Nechta o`quvchi sayrga chiqqan?


32.Bolalar futbol to`pi sotib olish uchun pul yig`ishmoqchi bo`lishdi. Agar har bir bola 1150 so`mdan pul bersa, to`p olish uchun 400 so`m yetmaydi. Agar har bir bola 1300 so`mdan bersa, to`plangan pul to`p narxidan 800 so`m ortiq bo`ladi. Bolalar necha nafar , to`pning narxi necha so`m?


33.Ahmad otaning qo`y va tovuqlari soni 48 ta, ularning oyoqlari soni 120 ta. Ahmad otada nechta qo`y va nechta tovuq bor?


34.Maktab matematika xonasidagi geometric shakllar – uchburchak va to`rtburchak shakllarning umumiy soni 19 ta, ularning uchlarining jami soni 65ta. Xonada nechta uchburchak va nechta to`rtburchak shakllari bor?


35.325 t yukni tashishda 5 t va 10 t yuk ko`taradigan mashinalar qatnashdi. Agar bu mashinalarning umumiy soni 46 ta bo`lsa, yuk tashishda nechta 5 t li va 10 t li mashina qatnashgan?


36.Ikki sonning yig`indisi 43 ga teng teng. Agar sonlardan birini 7 ga va 3 ga ko`paytirib, qo`shilsa, natija 229 ga teng bo`ladi. Shu sonlarni toping.


37.Ikki sonning ayirmasi 7 ga teng. Agar ulardan birini 5 ga, ikkinchisini 3ga ko`paytirib, ayrilsa, natija 107 ga teng bo`ladi. Shu sonlarni toping.


38. Agar mahalladagi har bir uy oldiga 6 tadan ko`chat o`tqazilsa, 70 ta ko`chat ortib qoladi. 9 tadan ko`chat o`tqazilsa 50 ko`chat yetmaydi. Ko`chadagi uylar nechta? Har bir uy oldiga necha tupdan ko`chat o`tqazilgan?


39. Uchta shkafda 885 ta kitob bor. Agar ikkinchi shkafdan: birinchisiga 10 ta, uchinchisiga 25 ta kitob olib qo`yilsa, uchta shkafdagi kitoblar soni o`zaro teng bo`lib qoladi. Dastlab har bir shkafda nechtadan kitob bo`lgan?


40. Uchta shkafda 585 ta kitob bor. Agar ikkinchi shkafdan: birinchisiga 5ta, ikkinchi shkafdan uchinchisiga 10 ta kitob olib qo`yilsa, uchta shkafdagi kitoblar soni o`zaro teng bo`lib qoladi. Dastlab har bir shkafda nechtadan kitob bo`lgan?


41.Uchta shkafda 800 ta kitob bor. Agar birinchi shkafdan 30 ta kitob olib, ikkinchi shkafga qo`yilsa, birinchi va ikkinchi shkafdagi kitoblar soni teng bo`lib qoladi, shunda uchinchi shkafdagi kitoblar soni (kitoblar kamaygan) birinchi shkafdagi kitoblar sonidan 2 marta ko`p bo`lib qoladi. Dastlab har bir shkafda nechtadan kitob bor?


42.1) Bir nechta natural sonlarning yig`indisi 189 ga teng. Agar shu sonlarning har biriga 5 ni qo`shib, yig`indi hisoblansa, u 224 ga teng bo`ladi. Qo`shiluvchilar soni dastlab nechta bo`lgan?


2) Bir nechta natural sonlarning yig`indisi 96 ga teng. Agar shu sonlarning har biridan 4 ni ayirib, yig`indi hisoblansa, u 64 ga teng bo`ladi. Qo`shiluvchilar soni dastlab nechta bo`lgan?

43.Tadbirkor bir shahardan ikkinchi shaharga 800 m mato olib keldi. Mato ikki xil bo`lib, birinchi xil matoning 1 metri 1 950 so`mdan, ikkinchi xil matoning 1 metri esa 1 280 so`mdan sotildi. Tadbirkor hamma matoni pullab, 1 278 600 so`mga ega bo`ldi. Birinchi va ikkinchi xil matolar necha metrdan bo`lgan?


44. 1) Bo`sh kvadrat va uchburchak o`rniga qanday sonlarni qo`yish mumkin?



+ =15
2) Ikki son yig`indisini 12 ga orttirish uchun qo`shiluvchilarni qanday o`zgartirish kerak? Turli hollarini qarang. Misollar tuzing.

45. Ikki sonning yig`indisi 9 856 ga teng. Sonlardan biri 0 raqami bilan tugaydi. Bu raqam o`chirilsa, ikkinchi son hosil bo`ladi. Shu sonlarni toping.


46. 1) Ikki sonning ayirmasi 2133 ga teng. Sonlardan biri 0 raqami bilan tugaydi. Bu raqam o`chirilsa, ikkinchi son hosil bo`ladi. Shu sonlarni toping.


2) Ikki sonning ayirmasi 1745ga teng. Sonlardan biri 8 raqami bilan tugaydi. Bu raqam o`chirilsa, ikkinchi son hosil bo`ladi. Shu sonlarni toping.

47. Ikki sonning yig`indisi 1440ga teng. Agar shu yig`indining ikki baravariga bu sonlar ayirmasi qo`shilsa, 3 120 hosil bo`ladi. Sonlarni toping.


48. Ikki sonning ayirmasi 1 097 ga teng. Agar kamayuvchi 10 marta orttirib, ayriluvchi 3 marta orttirilsa, u holda hosil bo`lgan sonlar ayirmasi 15 527 ga teng bo`ladi. Shu sonlarni toping.


49. Ikki sonning yig`indisi 1 877 ga teng. Agar birinchi sonni 5 marta, ikkinchi sonni 2 marta orttirib, yig`indi hisoblansa, bu yig`indi 5 401 ga teng bo`ladi. Shu sonlarni toping.


50. Raqamlarning o`rnini almashtirganda qiymati:


1) 9 ga; 2) 18 ga; 3) 27 ga; 4) 36 ga; 5) 45 ga; 6) 54 ga; 7) 63 ga; 8) 72 ga ortadigan natural sonlar nechta?

51. Ikki xonali sonning raqamlari yig`indisi 11 ga teng. Agar bu songa 45 qo`shilsa, berilgan sonning raqamlari o`rinlarini almashtirib yozishdan hosil bo`lgan son chiqadi. Berilgan sonni toping.


52. Abduqodir otasidan 25 yosh kichik. Otasi esa bobosidan shuncha yosh kichik. 5 yil avval ularning yoshlari yig`indisi 135 ga teng edi. Hozir Abduqodirning bobosi necha yoshda?


53. Otaning Yoshi o`zining kata o`g`li yoshidan 2 marta katta. Kichik o`g`lining yoshidan esa 39 yoshga katta. Katta o`g`ilning Yoshi ukasi yoshidan 2 marta katta bo`lsa, har birining yoshini toping.




54. Buvisi 104 yoshda, avarasi esa 28 yoshda. Necha yil avval avarasining Yoshi buvisining yoshidan 5 marta kichik bo`lgan?
Yüklə 69,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin