Murakkab tenglamalar yechish


Yig‘indisi 81 ga teng bo‘lgan uchta ketma-ket toq sonni toping. 7



Yüklə 69,29 Kb.
səhifə2/4
tarix18.05.2023
ölçüsü69,29 Kb.
#116156
1   2   3   4
Murakkab tenglamalar yechish must.ish

6. Yig‘indisi 81 ga teng bo‘lgan uchta ketma-ket toq sonni toping.
7. To‘rtta ketma-ket juft son berilgan. Agar chetki sonlar yig‘indisining ikkilanganidan o‘rtadagi sonlar musbat ayirmasining uchlangani ayirilsa, 22 hosil bo‘ladi. Shu sonlarni
toping.
8. 1) Yangi moslamani ishga tushirgach, ustaning mo‘ljallangan ishni bajarishga ketadigan vaqti 20 % ga kamaydi. Uning mehnat unumdorligi necha foizga oshgan?
2) Fabrikaga avtomat o‘rnatildi. U bir soatda ishchiga qaraganda 8 ta ortiq mahsulot ishlab chiqaradi. 2 soatdan keyin avtomat ishchining 6 soatlik rejasini bajardi. Avtomat
bir soatda nechta mahsulot ishlab chiqaradi?
3) Ustaning mehnat unumdorligi 20 % ga ortsa, uning ish rejasini bajarishga ketadigan vaqti necha foizga qisqaradi?
9. Uzunligi 27 m bo‘lgan mis simni massasi va ko‘ndalang kesimi mis simnikidek bo‘lgan alumin sim bilan almashtirishmoqchi. Nima deb o‘ylaysiz, alumin simning uzunligi necha metr bo‘larkin?
10. Bir nechta do‘kon olma solingan 175 ta yashikni teng bo‘lib olishmoqchi edi. Ammo 2 ta do‘kon olmalarni olmasligini bildirdi. Natijada, qolgan har bir do‘konga
mo‘ljaldagidan 10 yashik olma ortiqcha berildi. Do‘konlar nechta ekan?
11. 1) Idishda qanchadir litr suv bor. Agar idishga 3 l suv quyilsa, idishning yarmi to‘ladi. Agar 3 l suv to‘kib tashlansa, qolgan suv idishning qismini egallaydi. Dastlab
idishda necha litr suv bo‘lgan?
2) Idishning ichidagi suv bilan birgalikdagi massasi 12 kgga teng. Idishdagi suvning qismi gullarga quyilgach, idishning massasi ichidagi suv massasidan 2 marta kamligi aniqlandi. Idishning massasi necha kilogramm ekan?
12. 1) Neft omborida 6340 t benzin bor edi. Ikkinchi kuni ombor birinchi kundagidan 423 t ko‘p, uchinchi kuni esa ikkinchi kundagidan 204 t kam benzin tarqatdi. Shundan
so‘ng omborda 3196 t benzin qoldi. Ombor birinchi kuni necha tonna benzin tarqatgan?
2) Do‘konda uch kunda 110 kg yog‘ sotildi. Ikkinchi kuni birinchi kundagining 37,5 % qismicha, uchinchi kuni esa dastlabki ikki kunda qancha yog‘ sotilgan bo‘lsa, shuncha
sotildi. Do‘konda birinchi kuni necha kilogramm yog‘ sotilgan?
13. 1) Usta va o‘g‘li buyurtmani 10 kunda bajarishlari kerakedi. Ular yangi moslamani ishlatib, har kuni rejadan tashqari 27 ta mahsulot tayyorlab, 7 kunda topshiriqni bajaribgina qolmasdan, balki ortiqcha yana 54 ta mahsulot tayyorlashdi. Usta va o‘g‘li bir kunda nechta mahsulot tayyorlashgan?
2) Zavod mashina ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmani 15 kunda bajarishi kerak edi. Zavod yangi texnologiyani joriy etib, har kuni rejadan tashqari 2 ta ortiq mashina ishlab chiqarib, muddatga 2 kun qolganda faqat rejani bajaribgina qolmasdan, rejadan ortiq yana 6 ta mashina ishlab chiqardi. Zavod 15 kunda reja bo‘yicha nechta mashina ishlab chiqarishi kerak edi?

Yüklə 69,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin