Murakkab qum tiqinlariga qarshi kurashish usullari


ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE



Yüklə 292,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix09.12.2022
ölçüsü292,97 Kb.
#73357
1   2   3   4   5
ARIMS1342

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
173 
Bu tizimda gazni yig‘ish uchun quduqlar (1,12,13) ustidagi bosim 0,5-0,6 
MPa atrofida saqlanib turilishi kerak. Bunday bosim neftni boshlang‘ich yig‘ish va 
o‘lchash punktlaridagi o‘lchov asbobiga va undan keyin esa gazni tayyorlash 
uskunalarigacha yetib borishini ta’minlaydi. Agar quduqlar ustidagi bosim 0,6 
MPa dan ortiq bo‘lgan hollarda quduq oldida maxsus gaz separatorlar (2) 
o‘rnatiladi va neftdagi erigan gaz ajratib olinib, yig‘ish tizimiga yo‘naltiriladi. Neft 
quduqlardan chiqib yo‘naltiruvchi quvurlar orqali o‘lchash asbobiga (3) yetib 
keladi. Bu yerda har bir quduq mahsulot miqdori navbati bilan o‘lchanadi. Bir 
o‘lchov asbobiga yettitagacha quduq qo‘llanilishi mumkin. O‘lchov asbobidan 
keyin ajratilgan gaz maxsus separatorga (5) yuborilib, u yerdan 0,1 MPa 
bosimgacha gazdan neft tomchilari ajratib olinadi va gaz quritgishga 
yo‘naltiriladi. Bu yerda gaz quritilib, tozalangandan so‘ng yuqori bosimli 
kompressorlar (11) ga uzatiladi. Kompressorlarda gaz yuqori bosimgacha siqiladi 
va gazdagi kondensatni ajratib olish uchun yana bir gaz-separator (10) ga 
yo‘naltiriladi. Bu yerdan chiqqan to‘liq tozalangan gaz gazni qayta ishlash zavodi 
(GQIZ) ga yoki gazlift usulida ishlovchi quduqlar (13) ga yuboriladi. O‘lchov 
asboblaridan chiqqan neft tindirgichlar (6) ga yo‘naltiriladi. Bu tindirgichlarda 
neftdan suv va qattiq moddalar (qum zarrachalari) ajratib olinadi. Tozalangan 
neft katta hajmdagi maxsus saqlagichlar (7) ga yuboriladi.Tayyor mahsulot 
holidagi neft saqlagichlardan neftni qayta ishlash zavodiga yoki temir yo‘ldagi 
neft quyish estakadalariga neft quvurlari orqali nasos stansiyasi yordamida 
haydaladi. 
Tindirgichlardan ajratib olingan suv va qum birgalikda qum separatorga 
kelib tushadi. Bu yerda qum suvdan ajratib olinadi, suvni maxsus suv yig‘iladigan 
hovuzlarga jo‘natiladi.U yerda suv yuzida yig‘ilgan neft nasoslar orqali tortib 
olinib tindirgichlarga yuboriladi. 



Yüklə 292,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin