Murakkab qum tiqinlariga qarshi kurashish usullari


ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE



Yüklə 292,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix09.12.2022
ölçüsü292,97 Kb.
#73357
1   2   3   4   5
ARIMS1342

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
172 
esa gaz quduqlariga xaydaladi. Shu tarzda gaz quduqlari orqali xaydalgan gaz yer 
osti qatlamlarida jamlanadi. Kuz-qish mavsumida yer osti qatlamlarida 
to’plangan gaz zaxirasi yana quduqlar orqli gaz to’plash punktlarida yig’iladi va 
gazni tayyorlash sexiga uzatiladi. U yerda gaz past xaroratli separatorlarda 
tozalanadi, quritiladi va magistral gaz quvurlariga uzatiladi. 
Kon gazlari GSP va KRP larda yig‘iladi. GSP va KRP larda quyidagi jixozlar 
o‘rnatiladi:
1. Separatorlar – qattiq yoki suyuq qismlardan tozalash uchun separatorlar 
soni hisob-kitoblar orqali aniqlanadi, biroq ular kamida ikkita bo‘lishi lozim, biri 
buzilganda ikkinchisi ishlashi kerak. Har qaysi separator suv, kondensat va turli 
zarrachalarni chiqarib tashlovchi qurilmalar, shuningdek ishchi bosimdan 10-
15% 
katta bo‘lgan ehtiyot klapanlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
2. Nazorat o‘lchov asboblari. Bu asboblarga termometrlar, manometrlar, 
sarf o‘lchagichlar (rasxodomerlar) kiradi. 
3. «O‘zidan oldin» va «o‘zidan keyin» prinsiplarida ishlaydigan bosim 
boshqargichlari (regulyatorlari). 
4. Metanolli qurilmalar - gaz quvurlarida gidrat hosil bo‘lishini oldini olish 
va hosil bo‘lgan gidrat tiqinlarini bartaraf qilish uchun o‘rnatiladi. 
5. Maxsus hid beruvchi moslamalar - qurilma va quvurlarda sizilish yuz 
berganda darhol bilish uchun qo‘llaniladi. 
Gaz quduqlari mahsuloti gaz va minerallashgan qatlam suvlarining 
aralashmasini namoyon qiladi. Ko‘pincha gaz va suv tabiiy aralashish natijasida 
emulsiyani hosil qiladi. Bundan tashqari gaz quduqlari mahsuloti tarkibida 
gazdan tashqari suyuk fazalar tomchi ko‘rinishida va suv bug‘lari bo‘lishi mumkin. 
Shuningdek quduq mahsuloti tarkibida gaz va suyuqlikdan tashqari turli xil 
mexanik aralashmalar: qum va gil zarralari hamda gaz tarkibidan ajraladigan 
qattiq uglevodorodlar – parafinlar bo‘ladi. Shu sababli gazni yig‘ish va jo‘natishga 
tayyorlash hamda quduqdan chiqayotgan mahsulotni o‘lchash uchun kon 
hududida quvurlar, apparatlar va qurilmalar sistemasi quriladi. Konda gazni 
yig‘ish tizimi quduqdan to gazni tayyorlash qurilmalarigacha bo‘lgan quvurlar, 
o‘lchov asboblari va yig‘ish punktlarini o‘z ichiga oladi. Quduqlardan kelayotgan 
gazni yig‘ish va tayyorlashning bir necha tizimlari mavjud. 
Tazyiqli Baronyan–Vezirov yig‘ish tizimi1946 yilda Bakulik muhandislar 
tomonidan yaratilgan bu tizim birinchi yopiq holda ishlagan neft yig‘ish va 
tayyorlash tizimi bo‘lib hisoblanadi (1-rasm). 



Yüklə 292,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin