Mundarija: Kirish


Ni Mltisim 14.0 daturi haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə3/6
tarix11.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#128567
1   2   3   4   5   6
kurs ishi Olmosbek

Ni Mltisim 14.0 daturi haqida umumiy ma’lumot

Electronics Workbench Multisim (EWB) dasturi real vaqt masshtabida ishlovchi, o’lchash asboblari bilan jihozlangan tadqiqotchining real ish joyiradioelektron laboratoriyani imitatsiya qiladi
. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va tadqiq qilish mumkin. Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat (2.1-rasm).
Menyu quyidagi komponentlarga ega: fayllar bilan ishlash menyusi (File), tahrirlash menyusi (Edit), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Circut), sxemalarni tahlil qilish menyusi (Analysis), oynalar bilan ishlash menyusi (Window), yordam fayllari bilan ishlash menyusi (Help). Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari bo’lgan knopkalar mavjud (2.1-rasm).
Knopkalar bosilganda ularga mos bo’limlar ochiladi, masalan, diodning tasviri bosilsa diodlar bo’limi ochiladi.

2.1-rasm. Multisim 14.0-dasturining interfeysi
Dasturning bosh oynasi 2-rasmda keltirilgan. Ko’rinib turganidek, dastur standart interfeysga ega. Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori qismida
joylashgan. Sxema oynasi dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o’zgartirishlar kiritiladi.
Belgilar (ikonalar) oynasi sxema oynasining yuqori qismida joylashgan. Yuqori qatordagi belgilar menyu komandalarini qaytaradi. Keyingi, ya`ni sxema oynasining yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va o’lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi.
Diodlarni (Diodes) va o’lchash asboblarini (Instruments) tanlash oynalari 2.1-rasmda ko’rsatilgan.
Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to’xtatish (Activate/Stop) hamda pauza (Resume) knopkalari dastur oynasining yuqori o’ng burchagida joylashgan. Activate/Stop knopkasi 0 va 1 raqamlariga ega. Ulardan birini bosish yo’li bilan sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to’xtatish mumkin. Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish maqsadga muvofiq emas. Chunki ma`lumotlarni uzoq vaqt davomida intensiv qayta ishlash natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi mumkin. EWB dasturida ishlash quyidagi uch etapni o’z ichiga oladi:
• sxemani tuzish;
• sxemaga o’lchov asboblarini ulash;
sxemani aktivlashtirish, ya`ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi jarayonlarni
hisoblash.

2.2-rasm. Multisim dasturining bosh oynasi
Dasturning bosh oynasi 2.2-rasmda keltirilgan. Ko’rinib turganidek, dastur
standart intsrfsysga ega. Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori qismida joylashgan. Sxema oynasi dastur oynasnning markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o’zgartirishlar kiritiladi. Beyagiyaar (ikonalar) oynasi sxema oynasnning yuqori qismida joylashgan. Yuqori qatordagi belgilar menyu komandalarini qaytaradi.
Keyingi, ya`ni sxema oynasnning yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va o’lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi.
Diodlarii (Diodes) va o’lchash asboblarini (Instruments) tanlash oynalari 2.1-rasmda ko’rsatilgan. Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to’xtatish (Activate/Stop) hamda
pauza (Resume) knopkalari dastur oynasining yuqori o’ng burchagida joylashgan. Activate/Stop knopkasi 0 va 1 raqamlariga ega. Ulardan birini bosish yo’li bilan sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to’xtatish mumkin . Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish maqsadga muvofiq emas. Chunki ma`lumotlarni uzoq vaqt davomida intensiv qayta ishlash natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi
mumkin. EWB dasturida ishlash quyidagi uch etapni o’z ichiga oladi:
• sxemani tuzish;
• sxemaga o’lchov asboblarini ulash;
• sxemani aktivlashtirish, ya`ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi jarayonlarni hisoblash
File menyusi -File menyu fayllar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. File menyusining
tashqi ko’rinishi quyidagicha
File/New -Ushbu amal bajarilganda joriy sxema yopiladi va yangi nomsiz oyna ochiladi. Undan yangi sxema tuzish uchun foydalaniladi. Sukut bo’yicha yangi sxemaning nomi Default.ewb bo’ladi.
File/Open -Mavjud faylni ochadi. Faqat .ca,.sa3, .sd3, .sa4 va .ewb kengaytmali fayllarni ochish mumkin.
File/Save -Joriy faylni saqlaydi. Saqlanadigan faylning joyi va nomi ko’rsatiladi. Saqlanadigan faylga .ewb kengaytma avtomatik ravishda beriladi.
File/Save as -28Joriy sxema yangi nom bilan saqlanadi. Dastlabki sxema (original) o’zgarishsiz qoladi. Ushbu komandadan sxemaning nusxasida eksperimentlar qilish uchun foydalanish mumkin
File/Revert to Saved (Revert) -Ushbu komanda sxemani oxirgi marta saqlanayotgan vaqtdagi ko’rinishgacha tiklaydi.
File/Import -Komanda sxemalarning nostandart fayllarini (.net yoki .sir kengaytmali) standart Electronics Workbench ko’rinishiga o’tkazadi.
File/Export -Sxema faylini .net, .scr, .cmp, .cir, .plc kengaytmalardan birida saqlaydi.
File/Print -Komanda sxema yoki asboblarni qisman yoki to’liq bosmaga chiqarish uchun
mo’ljallangan. Ushbu amalni bajarish uchun elementlar qanday tartibda bosmaga chiqariladigan bo’lsa shunday tartibda tanlanishi (ajratilishi) kerak.
File/Print Setup (Windows) -Ushbu amal printerni sozlash uchun mo’ljallangan.
File/Exit -Electronics Workbench paketi bilan ishlashni tugallash.
File/Install (Windows) -Electronics Workbench dasturining qo’shimcha komponentlarini o’rnatish. Buning uchun Electronics Workbench dasturining qo’shimcha komponentlari
yozilgan disk zarur bo’ladi.
Edit menyusi -Edit menyusi tahrirlash amallarini bajarish imkoniyatini beradi.
Edit/Cut -Sxema yoki matnning ajratilgan komponentlarini o’chirib tashlash. Bunda o’chirilgan komponentlar almashtirish buferiga olinadi, u erdan kerakli joyga qaytadan qo’yish mumkin.
Edit/Copy -Ajratilgan komponentlarning nusxasini almashtirish buferiga olish.
Edit/Paste -Almashtirish buferiga olingan komponentlarning nusxalarini aktiv oynaga qo’yish.
Edit/Delete -Ajratilgan komponentni yo’qotish. Ushbu komanda yordamida yo’qotilgan informatsiya qayta tiklanmaydi.
Edit/Select All -Aktiv oynadagi hamma elementlarni ajratish. Agar asbob ajratilgan elementlarning bir qismi bo’lsa Edit/Copy va Edit/Paste komandalari ishlamaydi. SHuning uchun bir necha elementdan tashqari hamma elementlarni tanlash kerak bo’lsa avval Select All komandasi bajariladi, keyin CTRL klavishasi bosilgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosib ortiqcha elementlardan ajratilish olib tashlanadi.
Edit/Copy as Bitmap -Rastrli tasvirning nusxasini almashtirish buferiga olish. Keyin ushbu tasvirdan matnli protsessorlarda yoki tasvirlarni qayta ishlash dasturlarida foydalanish mumkin. Rastrli tasvirning nusxasini olish uchun quyidagi amallar bajariladi:
a) Edit/Copy as Bitmap tanlanadi (kursor crosshair ga o’zgaradi);
b) sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda nusxasi olinadigan
elementlarning hammasi belgilanadi.
v) sichqonchaning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.
Edit/Show Clipboard -Almashtirish buferini aks ettirish.
Kabi bo’limlari mavjud .


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin