Mundarija kirish qismi. Asosiy qism. Jaloliddin Manguberdi Vatan Qaxramoni. Jaloliddin Manguberdi jasur sarkarda. Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlari. Jaloliddin Manguberdi faoliyatini o’rganish ahamiyati


XARITADAAZIMUTLAR VA DEREKSION BURCHAKLARINI ANIQLASH



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə2/6
tarix19.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#116757
1   2   3   4   5   6
Mundarija kirish qismi Asosiy qism Jaloliddin Manguberdi Vatan

XARITADAAZIMUTLAR VA DEREKSION BURCHAKLARINI ANIQLASH

Tashqi ko‘rinishi jihatidan o‘xshash (cho‘l, o‘rmon, dasht, qir-adir va h.k.), shuningdek, mo‘ljalga juda taqchil bo‘lgan, tunda yo‘llar mavjud bo‘lmagan joylarda hamda ko‘rish maydoni chegaralangan


ob-havo sharoitlarida harakatlanish oldindan tayyorlangan Azimut bo‘yicha amalga oshiriladi (102-rasm).



102-rasm. Azimut bo‘yicha harakatlanish va uning chizmasi.




Azimut bo‘yicha harakatlanish deganda, harakatlanish yo‘nalishini berilgan yoki oldindan tayyorlangan azimutlar, masofa
va burilish nuqtalari bo‘yicha amalga oshirish tushuniladi. Harakatlanish yo‘nalishi navigatsiya asbobi yoxud kompas bilan tutib boriladi, masofa esa qadamlab yoki spidometr (shu jumladan, navigatsiya asboblarining spidometri) bilan o‘lchab boriladi.
Azimut bo‘yicha harakatlanish tushunchasi marshrut bo‘ylab harakatlanish tushunchasiga bir qadar mos keladi. Ularning o‘rtasidagi asosiy farq, bu azimut bo‘yicha harakatlanishning faqat yo‘llar mavjud bo‘lmagan va oriyentirlanishning noqulay sharoitlarida, marshrut bo‘ylab harakatlanishning esa barcha vaziyatlarda amalga oshirilishidadir.
Azimut bo‘yicha harakatlanish marshruti joyning o‘tish imkoniyati, niqoblanish va himoya xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu omillar jangovar vaziyatda qo‘shinlarga belgilangan marraga yashirin tarzda chiqish imkonini beradi. Odatda, harakatlanish yo‘nalishidan og‘ishmaslik uchun yo‘llar, so‘qmoqlar
va boshqa chiziqli obyektlar kiritiladi. Belgilangan marraga yashirin tarzda yetib borishni ta’minlash uchun tanlangan marshrut har tomonlama niqoblash sharoitiga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun ochiq joylardan va harakatlanuvchilarning qiyofasi ko‘zga tez tashlanadigan topografik yonbag‘irlardan yurish maqsadga muvofiq emas.
Joyda tez taniladigan mo‘ljallar burilish nuqtalari sifatida tanlanadi (minora turidagi inshootlar, chorrahalar, ko‘priklar va shularga o‘xshash boshqa turdagi obyektlar). Tunda harakatlanayotganda qorong‘ida yaxshi ko‘zga tashlanadigan obyektlar (yuzasi yaqqol ko‘zga tashlanadigan gidrografik obyektlar) tanlanadi. Umuman olganda, barcha vaziyatlarda maydonli obyektlarni (xususan, ular o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lsa, misol uchun: ochiq daladagi yo‘l, ko‘lga qo‘yilayotgan daryo va h.k.) tanlash maqsadga muvofiqdir. Burilish nuqtalarining soni va ular orasidagi masofa joy xususiyatlari, harakatlanish turi (piyoda yoki mashinada), qo‘llaniladigan vosita (kompas yoki navigatsiya asbobi) va sutkaning qismiga mos ravishda ishlab chiqiladi.
Kunduzi mashinada harakatlanayotganda oriyentirlar soni kamroq, tunda piyoda harakatlanayotganda esa ko‘proq bo‘lgani ma’qul. Mo‘ljallar va burilish nuqtalari orasidagi masofa kunduzi piyoda harakatlanayotganda 1 km.dan, mashinada harakatlanayotganda esa
6–10 km.dan oshmasligi lozim.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin